Mehnat taqsimoti — bu har xil mehnat turlarining bir-biridan ajratilishini, pirovardida ishlab chiqarishda ishtirok etuvchi turli guruh kishilaming xilma-xil mehnat faoliyatlari bilan band bo‘lishidir.
Mehnat kooperatsiyasi — bu mehnat faoliyati jarayonidagi alohida ixtisoslashtirilgan ijrochilar o'rtasidagi aloqalarning o‘rnatilishi va mehnat faoliyatining tashkil etilishidagi eng muhim elementlardan biridir.
Mehnat resurslari — bu o‘zining aqliy va jismoniy mehnati bilan ijtimoiy ishlab chiqarishda ishtirok etadigan mehnatga qobiliyatli kishilar to'plamidir.
Mehnat salohiyati - jamiyatning mehnat sohasidagi imkoniyat quwatlari bo‘lib, jismoniy imkoniyat, ma’lumot, kasb-kor, malakaga ega bo‘lgan ishlab chiqarishda ishtirok etishga layoqatli bolgan barcha fuqarolarni o‘z ichiga oladi.
Mehnat resurslarini shakllantirish - bu ularning doimiy ravishda yangilanib turishidir.
Mehnat resurslari balansi - mehnat resurslarining faoliyat sohalari va turlari bo‘yicha taqsimlanishidan iborat ko'rsatkichlar tizimidir.
Mebuat resurslari prognoz balansi - hisobot balansi ko'rsatkichlari, mehnat resurslarining o'sishi, iqtisodiy tarmoqlarda taqsimlanishi istiqbollari. Ishga joylashtirish,
mehnat yoshidagi aholini ko'payishini aniqlash, fan-tehnika yutuqlarini joriy etish prognozini hisobga olgan holda tuziladi.
Mehnat bozori — bu, mehnatga qobiliyatli aholining ish bilan band bo'lgan va band bo‘lmagan qismlari va ish beruvchilar o‘rtasidagi munosabatlarni hamda ularning
shaxsiy manfaatlarini hisobga oluvchi kontraktlar (mehnat kelishuvlari) asosida «mehnatga qobiliyatlarini» xarid qilish - sotishni amalga oshiruvchi, shuningdek, ishchi kuchiga
talab va taklif o‘rtasidagi nisbatlami bevosita tartibga soluvchi, bozor iqtisodiyotining murakkab, ko‘p aspektli, o‘suvchi va ochiq ijtimoiy-iqtisodiy tizimchasidir.
Mehnat birligining bozor bahosi — bu, ish haqining miqdori (stavkasi) bo‘ lib, u shartnomada belgilab qo'yiladi va muayyan vaqt birligi ichida bajariladigan va muayyan kasb-malaka xususiyatlariga ega bo‘lgan mehnatga to'lanadigan haq darajasini belgilab
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |