Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining predmeti va mazmuni L l. Inson resurslari to‘g’risida tushuncha


Download 1.27 Mb.
bet75/82
Sana28.12.2022
Hajmi1.27 Mb.
#1009647
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   82
Bog'liq
Ayev В. Ch., ndKirish «inson resurslari iqtisodiyoti» fanining p

Ish bilan bandlar- a) pul bilan to'lanadigan yoki natural xolidagi haq evaziga yollanib, shuningdek, o‘z faoliyati evaziga qancha muddat haq yoki daromad olishidan qat’iy nazar, foyda yoki oilaviy daromad olish uchun yollanmasdan haftasiga kamida 2 soat mobaynida ish bajargan; b) kasalligi yoki jarohatlanganligi tufayli, bemorlarga qarab turish uchun; yillik mehnat ta’tili yoki dam olish kunlarida; o‘z ish joyidan tashqarida ta’lim olganligi uchun; ma’muriyat tashabbusi bilan ta’minoti saqlab qolingan yoki saqlab qolinmagan holda mehnat ta’tilida boigan va boshqa shunga o‘hshash sabablar bilan vaqtincha ishda
bo'lmagan; vjoilaviy korxonada haq olmasdan ish bajargan shaxslar hisoblanadi.
Ishsizlar — bu xalqaro tashkilotlaming bergan ta’rifiga binoan ishga ega bo'lmagan, ishlashga tayyor va ish izlayotgan fuqarolardir.
Iqtisodiy faol aholi - bu aholining tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar ko‘rsatish uchun ishchi kuchini taklif etishni ta’minlaydigan qismi. Iqtisodiy faol aholi soni ish bilan bandlarni va ishga joylashishga muhtoj shaxslarni o‘z ichiga oladi.
Iqtisodiy nofaol aholi - ishchi kuchi tarkibiga kirmaydigan mehnatga qobiliyatli aholi. Ular jumlasiga quyidagilar kiradi:
Ishlab chiqarishdan ajralgan holda ta’lim olayotgan o‘quvchilar va talabalar, o‘quv yurtlarining tinglovchilari va kursantlari;
Uy xo‘jaligini yuritishda, bolalarni, bemor qarindoshlarini parvarish qilishda band boMganlar va agar daromad keltiradigan ish taklif qilinsa, shu ishga kirishish imkoniga ega bo'lmagan boshqa shaxslar;
Ishlashni istamayotgan, ish bilan ixtiyoriy ravishda band bo'lmagan shaxslar shuningdek, ishlashni istaydigan, lekin ishga joylashish yoki o‘zini mustaqii daromad bilan ta’miniash uchun hech qanday harakat qilmaydigan shaxslar.
Ish haqi — bu, yollanma xodim daromadining elementi, unga tegishli ishchi kuchiga boigan mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqarish shaklidir. U mehnatning pul shaklidagi narxi bo‘lib, uni ishga yollaganlar mehnat qiluvchilarga ma’lum vaqt mobaynida, ma’lum miqdordagi va muayyan sifatli ishni bajarganliklari uchun to‘laydilar.

Download 1.27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   82




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling