IZOHLI LUG‘AT
Aholining tabiiy o‘sishi (kamayishi) - yil davomida tug’ilganlar va yil davomida o‘lganlar o‘rtasidagi farq.
Aholining mexanik o‘sishi (kamayishi) - yil davomida ko‘chib kelganlar va ko‘chib ketganlar o‘rtasidagi farq.
Aholini ijtimoiy muhofaza qilish — bu, biz aholiga davlat tomonidan yashash uchun barcha shart-sharoitlami yaratishga maqsadli yo‘naltirilgan kafolatlar tizimidir.
Aholi daromadlari — bu, aholi yoki uning oila a’zolari tomonidan ma’lum davr ichida olingan yoki ishlab chiqarilgan pul va natural mablag’lar yig’indisidir.
Davlat ijtimoiy ta’minoti — bu, 0 ‘zbekiston Respublikasi fuqarolarini keksayganda, kasatlik ro‘y berganda, mehnatga layoqatini qisman yoki butunlay yo'qotganaa, boquvchisini yo‘qotganda, shuningdek, bolali oilalarni moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko‘rsatish davlat tizimidir.
Yollanih ishlaydiganlar — bular korxona rahbariyati bilan mehnat faoliyati shartlari to'g’risidagi tuzilgan yozma kontrakt (shartnoma) yoki og’zaki bitim bo'yicha ishlaydigan shaxslar bo‘iib, ular ana shu faoiiyat uchun yollanish vaqtida kelishib olingan ish haqini oladilar.
Jamoa - bu birgalikda mehnat qiladigan shaxslar guruhi bo‘lib unda kishilar bir- birlari bilan shunday o‘zaro harakat qiladilarki, har kim boshqa shaxsga murojaat qiladi, ayni vaqtda uning ta’sirini ham his qiladi.
Inson resurslari - bu zarur uquv-farosatga, bilim va mahoratga, ishlash qobiliyati va malakasiga ega bolgan jamiyat a’zolari, mehnat ahlidir. Boshqacha aytganda, inson resurslari haqiqiy va salohiyatli hodimlardan iborat.
Inson omili - tashkilot va muassasalarning birgalikda faoliyat kechirishi uchun birlashgan kishilardir. Tarkibiy jihatdan u shaxs, ishchi guruhi, mehnat jamoasidir.
Inson kapitali - investitsiyalar natijasida shakllangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va sabablar zahirasidan iborat bo'lib, u shaxsning jismoniy, aqliy va psixologik
sifatlari hamda qobiliyatlarini aks ettiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |