Ayiqtovonkabilar sinfcha (ajdodcha)si Ranunculidae ppt


Download 242.44 Kb.
bet3/3
Sana27.10.2023
Hajmi242.44 Kb.
#1726872
1   2   3
Bog'liq
Ayiqtovondoshlar

O’rmalovchi ayiqtovon 15- 70 sm balandlikdagi ko’p yillik ildizpoyali o’t o’simlik bo’lib, ariq va soy bo’ylarida o’sadi. Poyasi Yer bag’irlab yoki Yerdan biroz ko’tarilib o’sadi, barglari bandli, 1 - 2 marta 3 bo’lak qismlarga bolingan bo’lib, ildiz yonidan chiqqan uchta -uchtalik yopirma barglari bor, gullari tsimoz tipda shoxlanadigan yoyiq to’pgul bo’lib turadi. Gulining qo’sh gulqo’rg’oni bor. Gulqo’rg’oni 5 ta, gulkosacha va sariq rangli 5 ta gultojibargidan tashkil topgan. Tojibarglarining ostida nektar bezlari bor. Changchilari hamda urug’chilari cheksiz, tugunchasi ustki. Har qaysi onalikdan changlanish va otalangandan so’ng ochilmaydigan quruq meva - yong’oqcha hosil bo’ladi. Bu turlarning hamma vakillari zaharli hisoblanadi. Shuning uchun ham ularni mollar yemaydi

O’zbekiston Respublikasii "Qizil kitobi" ga kiritilgan

  • Ayiqtovondoshlar oilasining quyidagi turlari - Knoring isfaragi. (Delphinium knorringianum). Zarafshon parpisi (Aconium syeravschanicum), oq parpi (Aconium talassicum), po’fanagi (Anemone protracta), tillarang sug’uro’t (Adonis chrysocyathus), tuksiz sug’uro’t (Adonis leiosepala), oltoy trolliusi (Trollius altaicus)..

Zirkdoshlar oilasi - Berberidaceae

  • Oilaning 14 ta turkumi, 650 taga yaqin turi mavjud bo’lib, O’zbekistonda 3 turkumga oid 8 ta turi o’sadi. 1,5 -3 metr balandlikdagi butalar, subtropik va mo’tadil iqlimli mintaqalarda keng tarqalgan. Barglari oddiy va murakkab. Gullari 2 jinsli, gulkosa va gultojbarglari 6 tadan. changchisi ham 6 ta. Zirklarning tarkibida berberin alkaloidi bo’ladi, undan tibbiyotda foydalaniladi. Mevasining rangiga qarab, qora va qizil zirklarga bolinadi. Qora zirk xalq tabobatida yurak, bosh og’rig’ini qoldirishda, qonni to’xtatish, haroratni pasaytirishda, uyquni yaxshilashda, ishtahani ochishda qo’llaniladi.
  • Zirkning mevasi kisel, sharbat, muzqaymoq kabilarni tayyorlashda ishlatiladi. Bargi tuzlanadigan sabzavotlarga solinadi. Bunday sabzavotlar uzoq vaqtgacha buzilmasdan, o’z sifatini yaxshi saqlab turadi. Ildizi va po’stlog’idan olinadigan sariq bo’yoqqa junli matolar bo’yaladi. Zirklar insonlar uchun shifobaxsh, ziravor o’simlik hisoblanadi. Zirk O’zbekistonning tog’li hududlarida, quruq, shag’alli adir va tog’ yonbag’irlarida keng tarqalgan. Gullari shingil, shoda shaklida to’pgulli. Oila vakili qora zirk-Berberis oblonga ziravor meva sifatida ishlatiladi. Zirkning gul formulasi : * ♀♂ Са3+3Со3+3 А3+3G1

Download 242.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling