Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi


Buyraklar funksiyasini boshqarilishi


Download 114.38 Kb.
bet4/10
Sana08.09.2023
Hajmi114.38 Kb.
#1674027
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
11-maruza

Buyraklar funksiyasini boshqarilishi. Buyraklar, siydik hosil bo‘lishi nerv va gumoral yo’l bilan boshqariladi. Simpatik nerv tolalari buyrak qon tomirlarini toraytirib, siydik ajralishini kamaytiradi. Parasimpatik nerv tolalari esa buyrak qon tomirlarini kengaytirib, siydik ajralishini ko‘paytiradi. Bu nervlarning markazi orqa va bosh miyada joylashgan. Bosh miyaning pastki sohasida joylashgan gipofiz bezining orqa miyaning bo‘lagida sintezlanadigan antidiuretik gormoni (ADG) buyrak egri-bugri kanalchalarining devoriga ta sir etib, reabsorbsiya jarayonini kuchaytiradi va siydik ajralishini kamaytiradi. Qalqonsimon bezda sintezlanadigan tiroksin gormoni, aksincha, reabsorbsiya jarayonini pasaytirib, siydik ajralishini ko'paytiradi. Ajartiladigan siydik miqdori iste’mol qilinadigan suyuqlik miqdoriga bog‘Uq, issiq shaoitda issiq vaqtda, jismoniy ish bajarganda siydik ajralish kamayadi, chunki ter ajralishi ko‘payadi.
Siydikning tarkibi peshob — odam va umurtqali hayvonlar moddalar almashinuvi mahsuloti (eksekret); buyraklarda ishlanib siydik yoʻllari orqali chiqarib yuboriladigan suyuqlikdik. Organizmdan siydik bilan birga suv, tuzlar va boshqa chiqindilar, shuningdek, organizmga kirgan yoki uning oʻzida hosil boʻlgan turli zaharli moddalar chiqib ketadi. Odamdagi meʼyoriy siydik tiniq, sargʻish rangda siydik ogʻ. 10101025 g/sm³; r-n=4,88,0 (S. reaksiyasi oqsilga boy ovqat isteʼmol qilinganda kislotali, oʻsimlik ovqatlar yeyilganda bir oz ishqoriydir). Siydik tarkibida 96% suv, 1,5% tuz, 2,5% organik moddalar (mochevina, siydik kislota va boshqalar) bor. Siydikda ham qon plazmasidagi kabi tuzlar, asosan, NaCl, shuningdek, sulfatlar, fosfatlar va kaliy, magniy, ammoniy karbonatlari uchraydi. Odam normada bir kecha kunduzda 1,2—1,6 litr cha siydik ajratadi. Uning miqdori va tarkibi suyuqlikning ichilish tartibi, ovqatning turi, tashqi muhit temperaturasi, funksional zoʻriqish va boshqa omillarga bogʻliq. siydik fizik kimyoviy xossalarining koʻrsatilgan omillarga bogʻliq boʻlmagan holda oʻzgarishi organizmdagi baʼzi oʻzgarishlardan darak beradi. Masalan toʻq rangli siydik ajralishi jigar funksiyasining buzilganligini, "goʻsht seli"ga oʻxshash siydik siydik aʼzolari jiddiy kasallanganligini koʻrsatadi. Siydikda oqsil paydo boʻlishi buyrak va qovuq yalligʻlanganidan, qand boʻlishi esa qandli diabet borligidan dalolat beradi. Shuning uchun siydikni tekshirish (tahlil) koʻpgina kasalliklarni aniqlashda muhim ahamiyatga ega. Tahlil uchun nahorgi siydikdan 100 -200 ml toza idishga solinib, ogʻzi yaxshilab berkitiladi.

Download 114.38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling