Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi
Download 114.38 Kb.
|
11-maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siydik ayrishining yoshga oíd xususiyatlari
Epidermofitiya kasalligi. Epidermisning shox qavatida parazitlik qilib yashaydigan va junga ta’sir qilmaydigan har xil turdagi zamburug’lar keltirib chiqaradi. Bu kasallikda oyoq gumbazlari, barmoqaro burmalar, chov burmalari terisi va boshqa joylar terisi shikastlanadi. Kasallik qichish bilan davom etadi. Terlash kuchayib shox qavati uvalanib turadi. Shuning natijasida kasallik qo’zg’atuvchilarining chuqurroq kirishi va ko’payishiga qulay sharoit tug’iladi.
Badanning qichishib turadigan joylarida suv bilan to’lib, bir-biriga qo’shilib ketishiga moyil bo’ladigan yaltiroq pufakchalar yuzaga keladi. Ular yorilib, bezillab turadigan katta-katta eroziya qoldiradi. Kasallik surunkasiga davom etadi va davo hamisha ham samara beravermaydi. Tavsiya qilinganidek avvaliga qichishish va og’riq bartaraf qilinadi, so’ngra esa parazit yo’qotiladi.Kasallikning oldini olish shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilishdan iboratdir. Siydik ayrishining yoshga oíd xususiyatlari. Buyrak bolalarda kattalarga qaraganda pastroqda turadi. Shunda ham o‘ng buyrak chap buyrakka qaraganda pastroqda joylashgan. 13 yoshgacha buyraklarning vazni, tuzilishi, funksiyasi o‘zgarib boradi. Yangi tug‘ilgan bolada buyrakning vazni 11-12 g, 1 yoshda 36-27 g, 5 yoshda 55-56 g, 7 yoshda 82-84 g, 13 yoshda 100-102 g, 15 yoshda 115- 120 g bo’ladi. Bola o‘sib rivojlangan sari buyrak massasi va fiziologik xususiyatlari o‘zgarib boradi, leldn bu jarayonlar ayniqsa bola hayotining birinchi yilida 13-15 yoshida (balog‘atga yetilishi) va 20 yoshida sezilarli darajada bo‘ladi. Yosh ulg‘aygan sari qovuqning hajmi 200 ml. ga teng bo‘lsa, 10 yoshli bolalarda 600 ml. ga 12 yoshli bolalarda esa 1000 ml. ga teng bo‘ladi. Biroq qovuq butunlay to‘lmasdan turib siydik chiqarilishi mumkin. Emadigan bolalarda siydik hosil bo'lishi bola tanasining har sathiga hisoblaganda kattalarnikidan 2-3 marta ortiq bo‘ladi. 7-9 yoshgacha kamayib jinsiy balog‘at yoshida bir oz ortadi. 1-3 yoshda bir kecha- kunduzda 760-820 sm3 5-6 yoshda 1 dm3 7-8 yoshgacha 1-3 dm3 12-13 yoshgacha 1,9 dm3 siydik hosil bo‘ladi. Bolalarda moddalar almashinuvi jadal borganidan siydikning tarkibi kattalarnikidan farq qiladi, tarkibida organik moddalar va mineral tuzlar nisbatan kam bo‘ladi. Yosh ortishi bilan siydikning tarkibi va xossasi o‘zgarib boradi. Bolalarda siydik ko‘proq hosil bo‘ladi. Bir yoshgacha bo‘lgan bola bir sutkada 350-380 mi, bir yoshda 750 mi, 4-5 yoshda 11 atrofida, 10 yoshda 1,5 1, 15-16 yoshda 2 1 siydik ajratadi. Bir yoshda siydik ajratishga shartli refleks hosil bo'lmaydi, shu sababli bola siydik tutib turolmaydi, chunki siydik chiqarish nerv markazlari yaxshi rivojlanmagan bo‘ladi. 2 yoshdan boshlab siydik tutib turishga shartli refleks hosil bo‘la boshlaydi va tobora rivojlanib boradi. Download 114.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling