Ayiruv tizimining yoshga oid fiziologiyasi va gigiyenasi
Download 114.38 Kb.
|
11-maruza
Yog’ bezlari. Yog’ bezlari bosh, yuz, orqaning yuqori qismida zich joylashgan bo’lib, 1 sutkada 30 g moy ishlab chiqaradi. Moy suvning teri orqali o’tishiga to’sqinlik qiladi, terini yumshatib, uni elastikligini ta’minlaydi; himoya vazifasini bajaradi.
Terida retseptorlar turli miqdorda tarqalgan bo’lib, ba’zilari epidermisda haqiqiy terining so’rg’ichsimon qismida joylashgan. Terining turli qismlarida issiqni sezuvchi retseptorlar soni 30000 taga yetadi, tahminan 1 sm2 da 3 ta, sovuqni sezadigan retseptorlar 250 000 taga yaqin bo’lib, 1 sm2 da 12-15 ta bo’ladi. Terida og’riqni sezuchi retseptorlar o’rta hisobda har 1 sm2 da 115-125ta bo’ladi. Terining sezish xususiyati, organizmning asab tizimi holatining ta’sir kuchiga qarab o’zgaradi. Terida taktil, og’riq va harorat tassurotlarni qabul qila oluvchi retseptorlar joylashgan.Terida taxminan 500 000 ta taktil retseptori bo’lib, ular o’rta hisobda 1sm2 da 25 tagacha joylashgan, barmoqlarning uchlarida zichroq bo’ladi. Teri turli sezgi bilan bog’liq bo’lgan afferent nerv orqali orqa miyaning orqa shoxi va bosh miyaning alohida qismlari bilan bog’langan bo’ladi. Teri analizatorlarining nerv markazi bosh miya yarim sharlar po’stlog’ining orqa markaziy chuqurligida joylashgan bo’ladi. Teri analizatori homilaning ona qornidagi embrional rivojlanish davridayoq shakllana boshlaydi. Yangi tug’ilgan bola terisi, retseptor tuzilmalari bilan juda yaxshi ta’minlangan bo’lib, uning yoshi ortishi bilan teridagi retseptorlar tuzilmalari morfologik va funksional tomondan rivojlanib boradi. Bola yura boshlashi bilan oyoq panja osti terisidagi retseptorlar soni orta boshlaydi. Bolaning bir yoshida terining retseptor tuzilmalari voyaga yetgan odamlarniki darajasiga yetadi. Terida bosim sezgisiga nisbatan moslanish hosil bo’ladi. Yangi tug’ilgan bolada taktil sezgisi ancha yaxshi rivojlangan. Yangi tug’ilgan va ko’krak yoshidagi bolalarda og’iz va ko’z, lab, kaftining ichki kaft yuzasi, oyoq tagi sezgirroq bo’ladi. Taktil sezgisi odamning butun hayoti mobaynida o’zgarib turadi. Odamning 35-40 yoshida terining sezgirligi eng yuqori bo’lib, so’ng keksalikda kamayadi. 4-5 oylik homilada ter bezlari shakllangan bo’lib, tug’ilish arafasida uning rivojlanishi tugaydi. Qo’ltiq ostidagi ter bezlari kechroq rivojlanadi. 7 yoshgacha ter bezlarining soni katta odamnikidan ko’p bo’lib, yosh ortishi bilan ularning soni kamaya boshlaydi. Bir oylik chaqaloqda ter bezlari o’z faoliyatini boshlamaydi, buning asosiy sababi ter bezlarining faoliyatini boshqaruvchi nerv markazi hali yetilmagan bo’ladi. Tironoqlar yangi tug’ilgan chaqaloqlarda yaxshi rivojlangan bo’lib, har kuni 0,1 mm gacha o’sadi. Yog’ bezlari yangi tug’ilgan chaqaloqlarda to’liq shakllangan bo’lib, ularning soni 1 sm2 da kattalarnikidan 4-8 marta ko’p. 7 yoshda yog’ bezlari soni kamayadi. Jinsiy balog’at yoshida ularning soni yanada ortadi. Download 114.38 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling