Ayiruv tizimlarining yosh xususiyati va gigienasi


Buyrak tuzilishining umumiy ko`rinishi


Download 343.34 Kb.
bet4/5
Sana09.06.2023
Hajmi343.34 Kb.
#1469370
1   2   3   4   5
Bog'liq
9-mavzu ayirish a\'zolari

Buyrak tuzilishining umumiy ko`rinishi.

8-rasm. Siydik ajratish sistеmasi.
I.-buyrak va qovuq; 1-buyrak; 2-buyrak usti bеzlari; 3-pastki kovak vеna; 4-qorin aortasi; 5-buyrak jomlari; 6-buyrakning miya va 7-po`stloq qavatlari; 8-siydik yo`li (o`rtasidan kеsilgan); 9-qovuq dеvori; 10-siydik yo`lining qovuqning ichki dеvoridagi tеshigi.
II.-Buyrakning uzunasiga kеsilgani: 1-buyrak artеriyasi; 2-buyrak vеnasi; 3-buyrak jomi; 4-siydik yo`li; 5-buyrakning ichki (miya) qavati; 6-tashqi (po`stloq) qavati; 7-buyrak kosachalari; 8-buyrak piramidalari.
III.-Buyrak piramidalarining mikroskop tuzilishi: 1-buyrak koptokchalari; 2-birinchi tartibdagi burama kanalcha(6)ga aylanadigan to`g`ri kanalcha; 7-piramidaning ichiga ochiladigan yig`uvchi naycha.
IV.-Buyrak koptokchasining tuzilishi: 1-artеriya stvolchasi; 2-koptokchaning qon kеltiruvchi tomirchasi; 3-koptokcha; 4-koptokcha kapsulasi (Shumlyanskiy Boumеn koptokchasining kapsulasi); 5-koptokchaning qon olib kеtuvchi tomirchasi; 6-siydik kanalchasi(boshi ochilgan davomi buralib kеtgan); 7-buyrak vеnasi.



3-slayd
Matnli prezentatsiya
Salomatlik haqida tushuncha. Bolalar va o`smirlar salomatlik holati. Sog'liq va salomatlik holati deganda organizmning tashqi muhit bilan turg'un munosabat holati va bu jarayonda kasalliksiz, og'riqsiz va o'zgarishlarsiz kechadigan holati tushuniladi. Keng ma'noda olganda salomatlik-insonning ruhiy, biologik (fiziologik) vazifalarini, uning aktiv hayot faoliyatining davomiyligini mumkin qadar saqlab qolgan holda eng ko'p mehnat qobilyatini, ijtimoiy jihatdan faolligini saqlash va rivojlantirish jarayonidir. Katta va kichik yoshdagi insonlarning sog'ligi-jamiyat boyligidir.Insoniyat paydo bo'lganidan beri sog'lom, baquvat bo'lishga, uzoq umr ko'rishga intilib, bosh qotirib kelmoqda.
Ma'lumotlarga qaraganda tug'ilgan har 1000 odamdan 1 tasi 100 yil yashar ekan. Toshbaqa, timsoh-100-200 yil, Qarg'a 100-120 yil, Lochin 160-170 yil, Meksika savri 15000 yilgacha yashaydi. Inson umri esa 70-100 yil bo'lib kelmoqda, vengriyalik er-xotin: Djon-172 yil, Sarra 120 yil, daniyalik Drakenberg 146 yil, angliyalik Djenkins 196 yil, Tomas par 153 yil yashagan va hakazo.
Salomatlikning antropometrik, kilinik, fiziologik va bioximik ko'rsatkichlari mavjud-ki, bu ko'rsatkichlar yoshga bog'liq ravishda, jinsga, ta'lim-tarbiya sharoitlariga, iqlimiy va geografik muhit sharoitlariga bog'liq ravishda o'ziga xos aniqlanadi.
Individual salomatlik tushunchasidan tashqari aholi sog'ligi tushunchasi ham mavjud bo'lib, bu tushuncha statistik ko'rsatkich sifatida muhimdir. Bu ko'rsatkichlar: tug'ilish, o'lish, bolalar o'limi, jismoniy rivojlanish darajasi, kasalliklarga chalinish, o'rtacha umr ko'rish ko'rsatkichlari sifatida aniqlanadi.
Bolalar va o'smirlar jmoasining salomatligi tahlilida bir qacha ko'rsatkichlar: umumiy kasallanish, yuqumli kasalliklarga chalinish; salomatlik indeksi, uzoq muddatli va tez-tez kasalga chalinishi;
Sog'lom va nosog'lom (ruhiy, jismoniy) shaxslar nisbati; salomatlik guruhlaridagi taqsimlanish va boshqa ko'rsatkichlar muhim ahamiyatga ega. Umumiy kasallanish (barcha kasaliklarning tarqalishi)-asosan aholining tibbiy yordamga murojat qilganliklari to'g'risidagi ma'lumotlarni yoki yoppasiga o'tkazilgan tibbiy ko'riklar natijalarini tahlil qilib aniqlanadi. Umumiy kasallanish yoshga bog'liq holda va tarbiya sharoitlariga bog'liq holda ko'zga ko'rinarli darajada o'zgarib turadi. 2-3 yoshdagi bolalar o'rtasida bu ko'rsatkich yuqori bo'lib, so'ngra susayadi, maktab davri boshlarida va jinsiy balog'at davrida bir muncha o'sish kuzatiladi va yana susayadi. Bu davrlarda bolalar va o'smirlar bir muhitdan ikkinchi muhitga tushib qoladi, moslashish qiyinroq kechishi kuzatiladi, organizmda nmmun sistema va imumiy reaksiya faoliyati susayadi, jinsiy balog'at yoshida bunday o'zgarishlar neyrodokrinologik jihatdan o'zgarishlar natijasi hisoblanadi.

Toifa o'rni
1-6 yosh

7-10 yosh

11-14 yosh

15-17 yosh

I

Nafas olish organ-lari kasalliklari

Nafas olish organ-lari kasalliklari

Nafas olish organ-lari kasalliklari

Nafas olish organlari ka-salliklari

II

Yuqumli

Kasalliklar

Travma (jarohat-lanish)

zaharlanish

III

Allergik kasalliklar

Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari

Nerv tuzilish va sezgi organlariga

oid kasallik-lar

IV

Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari

Travma (jarohatla-nish) va zaharlanish)

Teri va teri osti kletchatkasi kasal-liklari

ruhiy buzi-lishlar

V

Travma (shikastla-nish) va zaharla-nish.

Nerv tuzilish va sezgi organlari kasalliklari

Ovqat hazm qilish organlari kasallik-lari

Yuqumli ka-salliklar

Bunday ko'rinish asosan yoshga bog'liq holda morofunksional jihatdan asosiy fiziologik tizimlarning yetilishi va rivojlanishi, immun sistemasi xususiyatlari, gigiyenaga amal qilish, rejimga, mashq qilishga ko'nikish va boshqa xususiyatlarga bog'liq holda yuzaga keladi. Bundan tashqari o'quvchilarda yosh o'zgargan sari yaqindan ko'rish, qaddi-qomatning buzilishi, quloq, tomoq, va burunning surunkali kasalliklari miqdori oshib boradi.
Hozirgi davrda tibbiy tadqiqotlar natijasida bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra ularning salomatligi ko'rsatkichlari, mezonlari qabul qilingan. Ular quyidagicha: tekshirish davridagi surunkali kasalliklar mavjudligi yoki uchramasligi; 2 Organizmning asosiy organlar tizimi funksional holati darajasi; 3. Organizmning noqulay ta'sirlarga qarshilik ko'rsata olish darajasi.
Yuqoridagi mezonlarga ko'ra bolalar va o'smirlar sog'ligining holatiga ko'ra V guruhga bo'linadi. I va II guruh-sog'lom va amalda sog'lom bolalar. III va IV kasallik darajalariga ko'ra turli xil bemor bolalar. V-guruh maktabga qatnamaydigan va maxsus maktablarda o'qiydigan butunlay bemor bolalar kiritiladi.
Demak I guruhdagi bolalarning funksiyalari normal rivojlanganlik darajasiga ega;
II guruh-sog'lom, lekin o'tkir va surunkali kasalliklarga qarshilik ko'rsatish qobilyati pasaygan hamda ba'zi morfofiziologik o'zgarishlarga ega bolalar va o'smirlar.
III guruh- surunkali kasalliklarga chalingan, lekin funksional imkoniyatlari darajasi saqlanib qolgan bola va o'smirlar.
IV guruh-funksional holati pasaygan va surunkali kasalliklarga chalingan bolalar va o'smirlar.

Download 343.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling