Aylanma mablag'lar tejamkorligi va ularning samaradorligini oshirish yo‘llari


Kreditga layoqatlilikni baholashning qo`shimcha ko`rsatkichlari


Download 70.2 Kb.
bet6/11
Sana29.04.2023
Hajmi70.2 Kb.
#1401491
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Korxona iqtisodiyoti mustaqil ish

Kreditga layoqatlilikni baholashning qo`shimcha ko`rsatkichlari
Yuqorida ta`kidlaganimizdek, mijozning moliyaviy holatini baholashda aniq bir xulosaga kelish uchun kreditga layoqatlilikning asosiy ko`rsatkichlariga qo`shimcha sifatida kreditga layoqatlilikning qo`shimcha ko`rsatkichlari tahlil qilinadi. Korxonaning kreditga layoqatlilikning qo`shimcha ko`rsatkichlari asosan mijozning aylanma aktivlari holatini yanada chuqurroq tahlil qilishni ko`zda tutadi. Ma`lumki, qisqa muddatli kreditlar xo`jalik subyektlarining aylanma aktivlariga beriladi. Shuning uchun mijozning kreditni o`z vaqtida bankka qaytara olish qobiliyati ham uning aylanma aktivlaridan foydalanishidagi samaradorlik darajasiga qarab belgilanadi. Xo`jalik subyektlari aylanma aktivlardan qanchalik samarali foydalanayotgan bo`lsa va aylanma aktivlarning aylanish tezligi qanchalik yuqori bo`lsa, kreditdan foydalanish samarasi va uni o`z vaqtida bankka to`lash imkoniyati ham shunchalik yuqori bo`lishi mumkin. Biz aylanma mablag`larning samaradorlik ko`rsatkichlari to`g`risida oldingi paragraflarimizda kengroq to`xtalgan edik. Shu bois biz qisqacha bo`lsada kreditga layoqatlilikning qo`shimcha ko`rsatkichlarini keltirib o`tmoqchimiz. Bu ko`rsatkichlardan biri bu aylanma aktivlarning aylanish koeffitsiyenti hisoblanadi.
Aylanma mablag`larning aylanishi koeffitsiyenti (Kl) joriy aktivlarning aylanish tezligi va aktivlarga qo`yilgan mablag`larning pul mablag`lariga aylanish tezligini xarakterlab, u ma`lum davr (oy, kvartal, yil) ichida aylanma mablag`lari necha marta aylanganligini ifodalaydi:

Kobni hisoblash aylanishni prognozlash va kreditlash muddatini aniqlashga imkon yaratadi. Aylanma aktivlarning aylanishi koeffitsiyenti aylanma aktivlarning harakati tezligini ifodalaydi va tahlil qilina?tgan davrda mahsulotni sotishdan tushumlarning cheklanishi hamda aylanma aktivlarning o`rtacha qiymatini hisoblab borishga imkon yaratadi.
Shuningdek, aylanma aktivlarning kunlarda aylanishini ham hisoblash mumkin. Bu ko`rsatkich korxona aylanma mablag`larining bir marta aylanishi (P-T-I/CH-T-P) uchun necha kun ketishini ko`rsatadi (kunlarda):

Aylanma aktivlar aylanishiga qancha kam kun ketsa, korxonaning foyda olishi, binobarin kreditni bankka to`lashi shuncha tez amalga oshiriladi.



Download 70.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling