17 - jadval
Qarz oluvchining pul mablag`lari harakati to`g`risida hisobot.
Ko`rsatkichlar
|
Jami
|
Joriy yil
|
30 kundan ortiq
|
60 kundan ortiq
|
60 kundan ortiq
|
1 yildan ortiq
|
1. Daromadlar:
Maosh;
Mukofot;
Gonorar;
Nafaqa;
Kompensatsiya;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
2. Xarajatlar:
Soliqlar;
Kvartira to`lovlari;
Kommunal to`lovlar;
Bolalar tashkilotiga to`lovlar;
Kredit uchun foiz to`lovlari;
Boshqalar.
|
|
|
|
|
|
|
3. Ssudani qoplash uchun jami (1 - 2); Ortiqcha "q"; Yetishmovchilik "-".
|
|
|
|
|
|
|
Yuqoridagi jadval kelajakda ssudani qoplash imkoniyatini o`rganish uchun ishlatiladi.
Rivojangan mamlakatlarda mijozni kreditlashning muhim jihati kredit berish jarayonining (yuridik va jismoiny shaxslarga) markazida inson turadi. Masalan, Germaniyada qanday kredit olishdan qat`iy nazar, qarz oluvchi o`zining shaxsiy fazilatlari va to`lovga layoqatliligi to`g`risida bir qator hujjatlarni bankka berishi lozim.
Kredit berish jumbog`ini yechishda nemis bankini qiziqtiradigan muammolar quyidagilardan iborat:
tadbirkorning shaxsiy xarakteri: xulq-atvori, qiliqlari, tashqi ko`rinishi, odati, ta`sirchan talaffuzi, odillik darajasi(iqtisodiy va moliyaviy holati to`g`risida ochiq so`zlashi), yoshi, oilaviy holati, jamoat ishlarida o`rni, mansabi va xobbisi;
umumiy ma`lumoti: o`quv yurtini tugatganligi to`g`risidagi diplom nusxasi, kvalifikatsiyasi, riskka qo`l urishi, iqtisodga qiziqishi, rejalashtirish qobiliyati;
jismoniy holati: sog`ligi holati, (oldingi kasalliklarini xisobga olgan holda), sport bilan shug`ullanishi;
texnik bilim saviyasi: maxsus o`quv yurti, tajribasi, ishga ixtisoslashuvi;
mulki: tashkilot ishlarida qatnashish darajasi, shaxsiy mulki, ko`chmas mulkka egalik qilishi, daromadning boshqa manbalari, korxona daromadidan shaxsiy
foydasi, shaxsiy qarzlari, soliq majburiyatlari, oila a`zolarining mulkiy holati, musobaqalarda ishtiroki.
Savollarga javoblar bank bo`limida suhbat, telefon yoki anketa berish orqali aniqlanishi mumkin.
Nemis banklarida mijozning to`lovga layoqatliligini baholashda arizaning "Oylik daromad hisobi" bo`limi asosiy o`rin egallaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |