Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va aylanma mablag'larni normalashtirish reja: Kirish


Download 51.91 Kb.
bet1/4
Sana23.12.2022
Hajmi51.91 Kb.
#1045902
  1   2   3   4
Bog'liq
5-mavzu. Sanoat korxonalarining aylanma mablag’lari, ularning sh (2)


Aylanma mablag‘lardan foydalanish ko‘rsatkichlari va aylanma mablag'larni normalashtirish
REJA:
Kirish

  1. Korxonaning aylanma mablag’lari va aylanma fondlari tushunchalarining mohiyati, tarkibi va tasnifi

  2. Aylanma mablag’lardan foydalanish ko’rsatkichlari

  3. Sanoat korxonalarining aylanma mablag’laridan foydalanish samaradorligini oshirish ko’rsatkichlari

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish va shu asosda bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tib borishda aylanma mablag‘lar muhim o‘rin tutadi. Hozirgi kunda O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirish, pul muomalasini barqarorlashtirish asosida milliy pul birligini mustahkamlashning asosiy yo‘llaridan biri - ishlab chiqarishni rivojlantirish va uni takomillashtirishdan iborat. Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va uning samaradorligini oshirish, xom ashyo, materiallar, yoqilg‘i, energiya va boshqa resurslardan to‘g‘ri foydalanish, ularni ishlab chiqarishda qo‘llash, iqtisodlilik tamoyiliga rioya qilish, material xarajatlarini kamaytirish, arzon, lekin sifatli materiallarni ishlab chiqarishda qo‘llash yo‘li bilan amalga oshirilishi mumkin. SHuni ta’kidlashimiz lozimki, ishlab chiqarishni tashkil qilish va uning samaradorligini oshirish avvalom bor aylanma mablag‘lardan to‘g‘ri foydalanishga bog‘liq.


Aylanma aktivlar uzoq muddatli aktivlardan farq qilib, ishlab chiqarish jarayonida bir marta qatnashadi va yaratilgan mahsulotga o‘z qiymatini to‘la o‘tkazadi, shakli o‘zgaradi.
Aylanma aktivlar aylanish jarayonida uch bosqichni bosib o‘tadi: pul, ishlab chiqarish va tovarlarni sotish bilan bog‘liq bosqichlar.
Aylanishning birinchi bosqichida ishlab chiqarish vositalari sotib olinadi (P-T(i/v)). Korxonalarning ajratilgan pul fondlari ishlab chiqarishning ashyoviy omiliga aylanadi. Birinchi bosqichning xususiyati shundaki, bu bosqichda ba’zi korxonalar o‘z mablag‘lari etarli bo‘lmagan hollarda qarzga bank kreditini oborotga jalb qilishlari mumkin.
Aylanma aktivlar aylanishning ikkinchi bosqichi - ishlab chiqarish bosqichi (T-i/ch-T') bo‘lib, bunda ishlab chiqarish omillari (ish kuchi va ishlab chiqarish vositalari) qo‘shilishi yuzaga keladi va bu jarayon aylanma aktivlarilari aylanishi iqtisodiy mohiyatini yanada chuqurroq ifodalashga yordam beradi. CHunki, ikkinchi bosqich asosiy va hal qiluvchi bosqich hisoblanadi. Bu bosqichda yangi qiymatga ega bo‘lgan yangi mahsulot yaratiladi. Ikkinchi bosqich, ishlab chiqarishda samaradorlikka erishish omillariga boy bo‘lgan bosqich bo‘lib, mahsulot ishlab chiqarishni ko‘paytirish uchun: ishlab chiqarishni moddiy resurslar bilan to‘liq va o‘z vaqtida ta’minlash; material resurslarini iqtisod qilgan holda ishlab chiqarilgan mahsulotning tannarxini arzonlashtirish; mehnat resurslaridan to‘g‘ri foydalanish zarur.
Aylanma aktivlar aylanishining uchinchi bosqichi, (T'-P')da yangidan yaratilgan mahsulot realizatsiya qilinadi. Oxirgi bosqichda aylanma mablag‘lar yana boshlang‘ich shakl - pul shakliga o‘tadi va bu esa aylanish jarayonini boshidan boshlash imkonini beradi.
Aylanma aktivlar aylanishining uchala bosqichi bir-biri bilan chambarchas bog‘liq va ularni o‘rganish katta ahamiyatga ega. Ishlab chiqarish jarayonini to‘g‘ri tashkil qilish, uning uzluksizligini ta’minlash, aylanish bosqichlari bo‘yicha aktivlarni to‘g‘ri taqsimlash ishlab chiqarishda samaradorlikka, korxonalar moliyaviy faoliyatining yaxshi natijalarga erishishiga olib kelishi mumkin.
Fondlar aylanishining asosiy shakli - pul shakli ishlab chiqarishni tashkil qilishda asosiy rol o‘ynaydi. SHuning uchun ular aylanishining asosiy shakli, jarayon boshlanishida pul mablag‘larini avanslashtirish va jarayon tugashida aktivlarning pul shakliga o‘tishidir. Haqiqatda pul mablag‘larini avanslashtirmasdan turib fondlar aylanishini boshlash mumkin emas va shundan kelib chiqqan holda boshqa bosqichlar o‘z-o‘zidan amalga oshirilmaydi.
Korxonalarning avanslashtirilgan mablag‘lari natural-ashyoviy shaklda va boshqa shaklda, ya’ni qiymat shaklida bo‘lishi mumkin. Aktivlarning qaysi bir turini moslashtirishga qarab, ular asosiy va aylanma mablag‘larga bo‘linadi.
Avanslashtirishning xususiyati shuki, mablag‘lar korxona oborotida doimiy ravishda bo‘lib turadi va aktivlarning aylanishiga qarab o‘z shaklini o‘zgartirib turadi. Aktivlarning aylanishi davomida aylanma mablag‘lar pul shaklidan ishlab chiqarish zahiralari shakliga, ishlab chiqarish zahiralari shaklidan tugallanmagan ishlab chiqarish (tayyor bo‘lmagan mahsulot)ga, tugallanmagan ishlab chiqarishdan tayyor mahsulot shakliga o‘tadi. Oxirgi bosqichda mahsulot sotiladi, ya’ni tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi va jarayon boshida avanslashtirilgan mablag‘lar kelib tushgan tushum hisobidan tiklanadi. Aylanma aktivlari va ularning iqtisodiy mohiyati to‘g‘risida oxirgi yillar ichida birorta ham yirik iqtisodiy adabiyot yozib, chop qilingan emas. SHuning uchun aylanma aktivlar to‘g‘risidagi ba’zi bir munozara bo‘yicha 80-90 yillar adabiyotlarigagina murojaat qilishimiz mumkin.
Aylanma aktivlar iqtisodiy kategoriya sifatida bir necha xususiyatlarga ega. SHulardan biri - aylanma ishlab chiqarish va muomala aktivlari uchun avanslashtirilgan qiymatlarni bir iqtisodiy kategoriya - aylanma aktivlar kategoriyasiga birlashishidadir. Ba’zi iqtisodchilar aylanma aktivlarni iqtisodiy kategoriya sifatida qaramaydilar. Ularning fikricha, aylanma fondlargina iqtisodiy kategoriya sifatida tovar ishlab chiqarish jarayonining asosini tashkil qiladi. Aylanma aktivlarning yana bir xususiyati - ularning tashkil qilinishi va ulardan foydalanishdir.




  1. Download 51.91 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling