Aylanma mablag'larning korxona faoliyatidagi ahamiyati


Download 110.6 Kb.
bet4/9
Sana29.03.2023
Hajmi110.6 Kb.
#1305722
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
AYLANMA MABLAG\'LARNING KORXONA FAOLIYATIDAGI AHAMIYATI

NR = O *D
Bu yerda: O – bir kunlik xarajat, ishlab chiqarish tannarxida; D- zahira kunlari soni.
Aylanma mablag'lar buxgalteriya balansi aktivining 2-bo'limida, ya'ni “oborot aktivlari” degan bo'limida aks ettiriladi. Aylanma mablag'lar 3 guruhga bo'linadi:

  1. Ishlab chiqarish zahiralari va xarajatlar (xom-ashyo, materiallar, energiya, yoqilg'i, tugallanmagan ishlab chiqarish va hakozo);

  2. Pul mablag'lari va qisqa muddatli moliyaviy qo'yilmalar;

  3. Debitorlik qarzlari.

Aylanma mablag'larning alohida qismlari turli xil vazifalarni bajaradi. Aylanma mablag'lar ishlab chiqarish jarayonidagi roliga qarab, ishlab chiqarish fondlari va muomala fondlariga bo'linadi.
Ishlab chiqarish fondlari – bu ishlab chiqarish jarayonidagi mehnat predmetlaridir, ya'ni: xom-ashyo, asosiy va yordamchi materiallar, tugallanmagan ishlab chiqarish, yoqilg'i va boshqalar.
Muomala fondlari muomala jarayoni uchun xizmat qiladi, muomala, realizatsiya jarayonida qatnashadi. Bunga tayyor mahsulot, yuklab jo'natilgan tovarlar, pul mablag'lari, debitorlik qarzlari kiradi.
Aylanma mablag'lar rejalashtirish, nazorat qilish, boshqarish amaliyotiga qarab me'yori belgilanadigan normativ va me'yori belgilanmaydigan aylanma mablag'larga bo'linadi.
Korxonalar o'z mablag'lari hisobiga ishlab chiqarish zahiralari, tugallanmagan ishlab chiqarish va ombordagi tayyor mahsulot qoldig'ini shakllantiradilar. Bu zahira va qoldiqlar miqdorini korxona o'zi rejalashtiradi va ular me'yori belgilanadigan aylanma mablag'lar deb yuritiladi. Bir qator aylanma mablag'lar elementlariga (jo'natilgan tovarlar, pul mablag'lari, hisob-kitobdagi mablag'lar) me'yor belgilanmaydi va me'yori belgilanmaydigan aylanma mablag'lar deyiladi. Ularni shakllantirish manbai jalb qilingan mablag'lardir.
Aylanma mablag'larni moliyalashtirish manbaiga ko'ra, o'z mablag'lari va jalb qilingan mablag'larga bo'linadi.
O'z aylanma mablag'lar mavjud summasi quyidagicha aniqlanadi:

Download 110.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling