Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari va ularni aniqlash mezonlari


Download 1.56 Mb.
bet1/5
Sana28.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1302010
  1   2   3   4   5
Bog'liq
BIA-80-2 Rajabov Aylanmadan olinadigan soliq

Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari va ularni aniqlash mezonlari

BIA-80-2 talabasi Rajabov Sh.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga tadbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati.

  • Iqtisodiy islohotlarni yanada erkinlashtirish va chuqurlashtirish jarayonida kichik biznesni rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Chunki, bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida xususiy tadbirkorlik, kichik biznesni rivojlantirish, mulkdorlar sinfini shakllantirish, bozorlarni tovarlar bilan to‘ldirish, raqobat muhitini yaratish, ishsizlikka barham berish mamlakat oldida turgan asosiy vazifalardan hisoblanadi. Soliqqa tortish tizimida olib borilayotgan islohotlarning muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, kichik biznes subektlarini soliqqa tortish mexanizmini takomillashtirish hisoblanadi.

Soliq solishning soddalashtirilgan tartibini soliq amaliyotiga tadbiq etilishi, uning iqtisodiy mohiyati.

  • O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998 yil 15 apreldagi 159- son “Kichik korxonalar uchun ixchamlashgan soliqqa tortish tizimiga o‘tishni qo‘llash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan mikrofirma va kichik korxonalar soliqqa tortishning umumbelgilangan tartibidan soddalashtirilgan, ya‘ni ixchamlashtirilgan soliq rejimiga o‘tkazildi. Bunda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lash yoki umumbelgilangan tartibda soliq majburiyatlarini bajarish ixtiyoriy ekanligi qat‘iy belgilandi. Kichik korxonalar uchun yagona soliqning o‘rnatilishi soliq hisob-kitobini tuzishni osonlashtiradi hamda ular bir nechta soliq turi o‘rniga faqatgina bitta yagona soliq bo‘yicha soliq idoralariga soliq hisob-kitobini topshirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Natijada korxona hisobchilarining ishi birmuncha osonlashdi.

Aylanmadan olinadigan soliq, uning to‘lovchilari va to‘lovchilar tarkibiga kiritish mezoni.

  • Mikrofirmalar va kichik korxonalarni jadal rivojlantirishni yanada rag‘batlantirish hamda uning mamlakat iqtisodiyotida ahamiyati va ulushini tubdan oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi PF-3620-sonli «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag‘batlantirish borasidagi qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Farmoniga muvofiq 2005 yilning 1 iyuldan boshlab O‘zbekiston soliq tizimida kichik biznes sub‘ektlarining ba‘zi toifalari uchun yagona soliq to‘lovi joriy qilindi.

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling