Aylanmadan olinadigan soliq to‘lovchilari va ularni aniqlash mezonlari


Aylanmadan olinadigan soliq birxillashtirilgan bo‘lib, quyidagi majburiy to‘lovlarni to‘lash o‘rniga joriy qilingan


Download 1.56 Mb.
bet2/5
Sana28.03.2023
Hajmi1.56 Mb.
#1302010
1   2   3   4   5
Bog'liq
BIA-80-2 Rajabov Aylanmadan olinadigan soliq

Aylanmadan olinadigan soliq birxillashtirilgan bo‘lib, quyidagi majburiy to‘lovlarni to‘lash o‘rniga joriy qilingan:

  • - yagona soliq;
  • - budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi;
  • - Respublika yo‘l jamg‘armasi;
  • - Maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armasiga majburiy ajratmalar.

Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisobkitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l va maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida to‘lanmaydi.

  • Yagona soliq to‘lovini to‘lovchilar uning summasini soliq solinadigan baza va tasdiqlangan stavkalardan kelib chiqqan holda hisob-kitob qiladilar. Bunda soliq organlariga davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalar bo‘yicha hisobkitoblar alohida taqdim etilmaydi, shuningdek pensiya, yo‘l va maktab ta‘limini rivojlantirish jamg‘armalariga majburiy ajratmalar summalari alohida to‘lanmaydi.
  • Yagona soliq to‘lovi faqat kichik biznes sub‘ektlari - mikrofirmalar va kichik korxonalarga tatbiq etiladi.

Aylanmadan olinadigan soliq amalga kiritilishi

  • O’zbekison Respublikasining 2019 yil 30 dekabrdagi O’RQ-599-son Qonuniga muvofiq, yagona soliq o’rniga, 2020 yil 1 yanvardan boshlab, aylanmadan olinadigan soliq amalga kiritildi.

Aylanmadan olinadigan soliqni to‘lovchilar (461-modda) deb quyidagilar e’tirof etiladi:

  • 1) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingan jami daromadi bir milliard so‘mdan oshmagan O‘zbekiston Respublikasi yuridik shaxslari;
  • 2) soliq davrida tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilishdan olingandaromadi yuz million so‘mdan oshgan, lekin bir milliard so‘mgacha bo‘lgan yakka tartibdagi tadbirkorlar.

Aylanmadan olinadigan soliq quyidagilarga nisbatan tatbiq etilmaydi:

  • 1) O‘zbekiston Respublikasining bojxona chegarasi orqali tovarlarni olib kirishni (importni) amalga oshiruvchi yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarga;
  • 2) aksiz solig‘i to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) ishlab chiqaruvchi va foydali qazilmalarni kavlab olishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;
  • 3) yuridik shaxslar — qishloq xo‘jaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga, basharti ularda ellik gektar va undan ortiq sug‘oriladigan qishloq xo‘jaligi ekin maydoni mavjud bo‘lsa;
  • 4) benzin, dizel yoqilg‘isi va gazni realizatsiya qilishni amalga oshiruvchi yuridik shaxslarga;

Download 1.56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling