Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibining umumiy qoidalari
Download 46.25 Kb.
|
Soliq Ganiev
- Bu sahifa navigatsiya:
- Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibining umumiy qoidalari.
Reja: Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibining umumiy qoidalari. Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetini shakllantirish va undan foydalanish Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish. Yakuniy qoidalar Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibining umumiy qoidalari. Ushbu Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qo‘llaniladi: soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti (bundan buyon matnda shaxsiy kabinet deb yuritiladi) — O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytiga joylashtirilgan, soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishni ta’minlaydigan axborot resursi; (1-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) soliq to‘lovchilar — O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq zimmasiga belgilangan soliqlar hamda yig‘imlarni to‘lash majburiyati yuklatilgan yuridik va jismoniy shaxslar; (1-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son) shaxsiy kabinetni aktivlashtirish — soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlarining soliq to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlarida nazarda tutilgan huquq va majburiyatlari amalga oshirilishi bilan bog‘liq bo‘lgan o‘zaro munosabatlarni elektron tarzda amalga oshirishga o‘tish; (1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son) Download 46.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling