Soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetidan foydalanish tartibining umumiy qoidalari


Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish


Download 46.25 Kb.
bet4/5
Sana10.02.2023
Hajmi46.25 Kb.
#1183937
1   2   3   4   5
Bog'liq
Soliq Ganiev

3.Soliq to‘lovchilar va davlat soliq xizmati organlari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali amalga oshirish
10. Soliq to‘lovchi shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga:
a) Davlat soliq xizmati organlari bilan o‘zaro munosabatlarni shaxsiy kabinet orqali amalga oshirish (amalga oshirishdan voz kechish) to‘g‘risidagi arizani;
b) davlat soliq xizmati organiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
v) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan davlat soliq xizmati organlariga murojaatlarni yuborishi mumkin.
Soliq to‘lovchilar tomonidan shaxsiy kabinet orqali davlat soliq xizmati organlariga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
11. Soliq to‘lovchilar tomonidan hujjatlar davlat soliq xizmati organlariga soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti orqali yuborilganda — jo‘natilgan kun, pochta orqali yuborilganda besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
(11-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
12. Soliq to‘lovchilar elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni davlat soliq xizmati organlariga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi.
13. Shaxsiy kabinetga yangi hujjat kelib tushganda soliq to‘lovchining arizasida ko‘rsatilgan mobil telefoni raqamiga avtomat tarzda SMS xabarnoma yuboriladi.
14. Soliq to‘lovchi o‘z shaxsiy kabinetida saqlanadigan elektron hujjatlarni ko‘rishi, kompyuteriga yuklab olishi va chop etishi mumkin.
15. Soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinet orqali yuborilgan elektron hujjatlar O‘zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi va boshqa qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda ko‘rib chiqiladi.
(15-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
16. Davlat soliq xizmati organlari shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga:
a) soliq to‘lovchiga shaxsiy kabinet orqali yuborilishi O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksida nazarda tutilgan hujjatlarni;
b) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini berish rad etilganligi to‘g‘risidagi xabarnomani;
v) soliq to‘lovchiga beriladigan fiskal xotiraga ega bo‘lgan nazorat-kassa mashinasining ro‘yxatdan o‘tkazish kartochkasini;
g) boshqa hujjatlarni (ma’lumotlarni), shu jumladan soliq to‘lovchilarni davlat soliq xizmati organlariga qilgan murojaatlariga javob xatlarini yuborishi mumkin.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchilarga yuboriladigan elektron hujjatlarning ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining rasmiy veb-saytida joylashtiriladi.
17. Davlat soliq xizmati organlari elektron hujjatlarni aktivlashtirilgan shaxsiy kabinet orqali yuborganda ushbu hujjatlarni soliq to‘lovchilarga qog‘oz shaklida yuborish talab etilmaydi.
18. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq to‘lovchining shaxsiy kabinetiga yuborilgan elektron hujjatlar soliq to‘lovchi tomonidan o‘qib chiqilganidan keyin, lekin ushbu hujjat jo‘natilgan sanadan e’tiboran uch kundan kechiktirmay olingan deb hisoblanadi.
Agar soliq to‘lovchida shaxsiy kabinet mavjud bo‘lmasa, hujjatlar buyurtma xat qilib pochta orqali yuboriladi va ular jo‘natilganidan so‘ng besh kundan keyin olingan deb hisoblanadi.
Hujjatlar soliq to‘lovchiga yoki uning vakiliga shaxsan mazkur hujjatlar olingan sana ko‘rsatilgan holda imzo qo‘ydirib topshirilishi mumkin.
(18-band O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasining 2020-yil 27-fevraldagi 2020-07-sonli qarori (ro‘yxat raqami 2926-2, 31.03.2020-y.) tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 31.03.2020-y., 10/20/2926-2/0390-son)
19. Davlat soliq xizmati organlari tomonidan shaxsiy kabinet orqali soliq to‘lovchiga elektron hujjatlar yuborilgan kuni soliq to‘lovchi tomonidan shaxsiy kabinetning amal qilishini to‘xtatib turish to‘g‘risida ariza berilgan taqdirda yoki soliq to‘lovchining elektron raqamli imzo kaliti sertifikatining amal qilish muddati tugagan yoki bekor qilingan bo‘lsa, mazkur hujjatlar soliq to‘lovchiga uch ish kuni ichida qog‘oz ko‘rinishida jo‘natiladi.


Download 46.25 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling