Aylanmadan olinadigan soliq


Shular bilan bir qatorda soliq solinadigan baza quyidagi soliq to’lov va yig’imlarga ham kamaytiriladi


Download 1.09 Mb.
bet2/2
Sana29.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1308775
1   2
Bog'liq
Aylanmadan olinadigan soliq

Shular bilan bir qatorda soliq solinadigan baza quyidagi soliq to’lov va yig’imlarga ham kamaytiriladi:
  • avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalari uchun:

  • jismoniy shaxslardan transport vositalariga benzin, dizel yokilgisi va gaz ishlatganlik uchun olinadigan Soliq so’mmasiga;
    benzin, dizel yokilgisi va gazning avtomobillarga yokilgi kuyish shoxobchalarining belgilangan eng yukori ustamadan oshadigan chakana narxi bilan olish narxi o’rtasidagi Mahalliy byudjetga o’tkazilishi lozim bo’lgan farq so’mmasiga;
  • lotereya uyinlarini tashkil etish bo’yicha faoliyatni amalga oshirish doirasida yuridik shaxslar uchun – yutuq (mukofot) fondining so’mmasiga, biroq tarkatilgan chiptalarga chiqqan yutuqlarning (mukofotlarning) umumiy so’mmasidan ortiq bo’lmagan miqdoriga;
  • brokerlik tashkilotlari uchun – bitim so’mmasidan birjaga o’tkaziladigan vositachilik yig’imi so’mmasiga;
  • vositachilik, topshirik shartnomasi bo’yicha vositachilik xizmatlari ko’rsatuvchi yuridik shaxslar uchun – realizasiya qilingan tovar ulushida tovarlarni import qilishda to’langan bojxona to’lovlari so’mmasiga.

Aylanmadan olinadigan soliqimtiyozlari.
Aylanmadan olinadigan soliqto’lovini to’lashdan kaysi subyektlar ozod qilinadi?
Aylanmadan olinadigan soliqto’lovini to’lashdan nogironlarning jamoat birlashmalari, «Nuroniy» jamg’armasi va «O’zbekiston chernobilchilari» assosiasiyasi mulkida bo’lgan, ishlovchilari umumiy sonining kamida 50 foizini nogironlar, 1941-1945 yillardagi urush va mehnat fronti faxriylari tashkil etadigan korxonalar ozod qilinadi. Savdo, vositachilik, ta’minot-sotish va tayyorlov faoliyati bilan shug’ullanuvchi yuridik shaxslar ozod kilinmaydi.
2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi.
Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi.
Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi:
  • buxgalter yollash shart boʻlmaydi (bunda buxgalterga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi;
  • soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi;
  • bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi.

  • Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari m avjud. jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli. Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi. Misol uchun, jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchi 2023-yil 1-apreldan boshlab yiliga 20 mln soʻm boʻlgan stavkada qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanladi. Mazkur holatda soliq summasi 12 ga boʻlinib, bir oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi aniqlanadi. Bunda, soliq summasi 9 oy uchun hisoblanadi va shu yil uchun soliq summasi 15 mln soʻmni tashkil etadi (20 mln soʻm/12 oy x 9 oy). Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq organiga shaxsiy kabineti orqali keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi yetarli boʻladi. 

Soliq hisobini tag’dim etish va uni to’lash muddatlari
Kichik biznes subyektlari – mikrofirma va kichik korxonalar birinchi chorak, yarim yil va 9 oy yakunlari bo’yicha davlat Soliq inspeksiyasiga hisobot choragining keyingi oyining 25-kunidan kechiktirmay, yil yakunlari bo’yicha esa — yillik moliyaviy hisobotni tag’dim etish muddatida aylanmadan olinadigan soliqto’lovi bo’yicha hisob-kitoblarni tag’dim etadilar. Hisob-kitoblar belginlangan shakllarda tag’dim qilinadi.
E’tiboringgiz uchun raxmat
Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling