Aylanmadan olinadigan soliq


Download 1.09 Mb.
bet1/2
Sana29.03.2023
Hajmi1.09 Mb.
#1308775
  1   2
Bog'liq
Aylanmadan olinadigan soliq


Aylanmadan olinadigan soliq
Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqto’lovi joriy etildi.
Soliq obyekti
Kichik biznes subyektlariga Soliq solish obyekti bo’lib , yalpi tushum hisoblanadi.
Yalpi tushum quyidagi daromadlardan tashkil topadi:

Soliq solinadigan baza
Yalpi tushumdan Soliqka tortilmaydigan daromadlarni hamda yalpi tushumni kamaytirish uchun belgilangan Soliq va to’lovlarni chegirib tashlash orkali Soliq solinadigan baza aniqlanadi.
Yalpi tushumdan chegirib tashlanadigan daromadlarga quyidagi lar kiradi:
  • davlat qimmatli qog’ozlari bo’yicha daromadlar;
  • to’lov manbaida Soliq solinadigan dividendlar va foizlar tariqasida olingan daromadlar;
  • dividendlar tariqasida olingan va kaysi yuridik shaxsdan olingan bo’lsa, usha yuridik shaxsning ustav fondiga (ustav kapitaliga) yo’naltirilgan daromadlar.
  • hisobot yilida aniqlangan o’tgan yillardagi daromadlar. Mazkur daromadlarga ular kaysi davrda paydo bo’lgan bo’lsa, usha davrdagi qonun xujjatlariga muvofik Soliqlar va boshqa majburiy to’lovlar bo’yicha o’tkazilgan hisob-kitoblar inobatga olingan holda Soliq solinishi kerak;
  • ko’p oborotli qaytariladigan taraning qiymati, agar uning qiymati tovarlarni (ishlar va xizmatlarni) realizasiya qilishdan olingan tushumning tarkibiga ilgari kiritilgan bo’lsa;
  • mahsulot yetkazib beruvchilarning siylovi (skidka) tariqasida va asosiy vositalarni tugatish natijasida olingan boshqa daromadlar.


Download 1.09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling