Aylanmadan olinadigan soliq
Download 239.25 Kb.
|
Aylanmadan olinadigan soliq
Aylanmadan olinadigan soliq 2023-yil 1-yanvardan boshlab aylanmadan olinadigan soliqni qat'iy belgilangan summada to‘lash tartibi joriy etildi. Bunda soliq to‘lovchilarga jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmaganda yiliga 20 mln soʻmlik, jami daromad 500 mln soʻmdan oshganda esa yiliga 30 mln soʻmlik qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanlash huquqi berildi. Shuni taʼkidlash joizki, mazkur tartib boʻyicha soliq toʻlash ixtiyoriy hisoblanadi. Ushbu tartibni tanlash tadbirkorlik subyektlari uchun quyidagi yengilliklarni yaratib beradi: buxgalter yollash shart boʻlmaydi (bunda buxgalterga toʻlanadigan ish haqi xarajatlari qisqaradi), shuningdek tovarlar hisobini yuritish talab etilmaydi; soliq organlariga moliyaviy hisobotlar va aylanmadan olinadigan soliq hisobotini taqdim etish majburiyati yuzaga kelmaydi; bank hisobvaragʻidan dividend tarzida yechib olinadigan mablagʻlar soliqqa tortilmaydi. Aylanmadan olinadigan soliqni qatʼiy belgilangan summada toʻlashning oʻziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, aylanmadan olinadigan soliq toʻlovchi kalendar yilning istalgan oyidan ushbu tartibga oʻtishga haqli. Bunda, aylanmadan olinadigan soliqni umumiy tartibda toʻlashga navbatdagi soliq davridan boshlab qaytiladi. Misol uchun, jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan soliq toʻlovchi 2023-yil 1-apreldan boshlab yiliga 20 mln soʻm boʻlgan stavkada qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashni tanladi. Mazkur holatda soliq summasi 12 ga boʻlinib, bir oy uchun toʻlanishi lozim boʻlgan soliq summasi aniqlanadi. Bunda, soliq summasi 9 oy uchun hisoblanadi va shu yil uchun soliq summasi 15 mln soʻmni tashkil etadi (20 mln soʻm/12 oy x 9 oy). Ushbu tartib boʻyicha soliq toʻlashga oʻtish uchun soliq toʻlovchilar soliq organiga shaxsiy kabineti orqali keyingi oy boshlanishidan 10 kun oldin xabarnoma yuborishi yetarli boʻladi. Bunda soliq toʻlovchilar 2023-yil yanvar oyidan oʻtish uchun xabarnomani 2023-yil 25-yanvargacha taqdim etishga haqli. Misol uchun, 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshmagan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 20 mln soʻmlik qatʼiy stavkasini tanlashi mumkin. Agar 2022-yilda soliq toʻlovchining jami daromadi 500 mln soʻmdan oshgan boʻlsa, 2023-yildan ilk marta qatʼiy belgilangan summada soliq toʻlashga oʻtganda yiliga soliqning 30 mln soʻmlik stavkasini tanlashi lozim boʻladi. Shuningdek, soliqning yiliga 20 mln so‘mlik stavkasini tanlagan soliq to‘lovchilar jami daromadi 500 mln so‘mdan oshgan taqdirda, soliqni 30 mln so‘mlik stavkada to‘lashga o‘tishlari lozim. Misol uchun, yiliga 20 mln soʻmlik stavkani tanlagan soliq toʻlovchining jami daromadi 2023-yil 17-avgust kuni 500 mln soʻmdan oshgan. Mazkur holatda, jami daromadning koʻrsatilgan miqdordan oshishi roʻy bergan oydan boshlab soliq 30 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda: yanvar – iyul oylari uchun yiliga 20 mln soʻmlik stavkadan kelib chiqib, (20 mln soʻm/12 oy)*7 oy= 11,7 mln soʻm; avgust – dekabr oylari (5 oy) uchun esa 30 mln soʻm – 11,7 mln soʻm= 18,3 mln soʻm soliq toʻlanadi. Mamlakat iqtisodiyotining rivojida kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari salmog’i kun sayin ortib bormoqda. Masalan, ularning YaIM-dagi ulushi 2009 yilda 49%ni, 2010 yilda 52% ni tashkil qilgan, 2011 yilda 54 % ga yetkazish ko’zda tutilgan. Bu esa iqtisodiyotning barqaror rivojlanishini ta’minlash bilan birga aholi o’rtasida ishsizlik muammosining bartaraf etilishida ham muhim omil bo’ladi. Shu bois, yurtimizda mazhur sohani yanada rivojlantirish, ichki bozorni raqobatbardosh va sifatli mahsulotlar bilan to’ldirish, yangi ish o’rinlarini yaratish orqali aholi daromadlarini ko’paytirib, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida keng ko’lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Mamlakatimiz Prezidenti va hukumati bu sohaga alohida e’tibor berib kelmoqda. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 20 iyundagi «Mikrofirmalar va kichik korxonalarni rivojlantirishni rag’batlantirish borasidagi qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-3620-sonli Farmoniga asosan 2005 yilning 1 iyulidan boshlab, kichik biznes subyektlari uchun aylanmadan olinadigan soliqto’lovi joriy etildi. Ushbu farmon kichik biznes subyektlarini iqtisodiy rag’batlantirishni samarali tashkil etish orqali ularni yanada rivojlantirish va ularning Iqtisodiyotdagi ulushini oshirish maqsadida qabul qilindi. Ilgori to’lanib kelingan quyidagi majburiy to’lovlar urniga Ushbu aylanmadan olinadigan soliqqabul kilindi: — yagona Soliq; — byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi; — Respublika yo’l jamg’armasi; — maktab ta’limini rivojlantirish jamg’armasiga majburiy ajratmalar. Aylanmadan olinadigan soliqto’lovi faqat kichik biznes subyektlari – mikrofirmalar va kichik korxonalarga tadbik etiladi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2003 yil 30 avgustdagi PF-3305-sonli farmoniga ko’ra kichik biznes subyektlari tarkibiga 2004 yil 1 yanvardan boshlab, quyidagi lar kiritilgan: yakka tartibda tadbirkorlik faoliyati bilan shug’ullanuvchi lar; xodimlarining urtacha yillik soni: — ishlab chiqarish tarmoklarida 20 kishidan; — xizmat ko’rsatish soxasida 10 kishidan; — ulgurji, chakana savdo va umumiy ovqatlanish soxasida 5 kishidan oshmagan mikrofirmalarda; quyidagi tarmoklarning urtacha yillik xodimlari soni: — yengil va oziq-ovqat sanoati, metalga ishlov berish va asbobsozlik yogochni qayta ishlash, mebel sanoati va qurilish materiallari sanoati 100 kishidan; — mashinasozlik metallurgiya yokilgi-energetika va Kime sanoati, Qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish va qayta ishlash, qurilish hamda boshqa sanoat ishlab chiqarish soxalari 50 kishidan; — Fan, ilmiy, transport, aloqa, xizmat ko’rsatish soxasi (sug’urta kompaniyalaridan tashqari), savdo va umumiy ovqatlanish hamda boshqa ishlab chiqarishga aloqador bo’lmagan soxalar 25 kishidan oshmagan kichik korxonalar. Download 239.25 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling