Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


-mavzu. G‘arb falsafasi tarixida “kultura” tushunchasining


Download 1.17 Mb.
bet16/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

6-mavzu. G‘arb falsafasi tarixida “kultura” tushunchasining
talqin etilishi.
Reja:
1.Qadimgi va O‘rta asr Yevropasida madaniyat tushunchasining
talqin etilishi.
2.Yangi davr faslafiy tafakkurida madaniyat masalasiga
yondoshuvlar.
3.XVII-XVIII asrlar Yevropa ma’rifatparvarlik harakati
vakillarining madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari.
4.Nemis faylasuflarining madaniyat to‘g‘rsidagi qarashlari.
5. XIX-XX asr G‘arbiy Yevropa madaniyatshunos
faylasuflarining madaniyat to‘g‘risidagi qarshlari.
6.Hozirgi zamon ilmiy nazariyasida madaniyatning talqin
etilishi. Lesli Uaytning texnologik, ijtimoiy va mafkuraviy
madaniyat to‘g‘risidagi qarashlari.
“Kultura” atamasini birinchi bo‘lib fanga 1871 yili tarixchi va
etnograf E.Taylor kiritgan. Uning ko‘rsatishicha o‘sha paytda madaniyatning bor-yo‘g‘i 7 tagina ta’rifi bo‘lgan.
E.Taylor o‘zining «Pervobыtnaya kultura» («Ibtidoiy madaniyat») nomli asarida «Madaniyat» «Kultura» tushunchasini quyidagicha ta’riflab beradi: «Madaniyat yoki sivilizatsiya keng ko‘lamli etnografik tushuncha shaklida insonning jamiyat a’zosi sifatida egallab olgan bilimlari, diniy e’tiqodlari, san’ati, ahloqi, huquqi, marosimlari va boshqa odatga aylangan qobiliyatlari yig‘indisidir». Albatta bu ta’rifda E.Taylorning madaniyatga etnograf sifatida yondashuvi ko‘zga tashlanadi.
Arxeologlar, faylasuflar va madaniyatshunoslar madaniyat tushunchasiga ta’rif berishganida E.Taylor singari madaniyatni ma’naviy hodisa sifatida olib qarash bilan birgalikda moddiy predmetlar, narsalar va boyliklar, shuningdek inson tomonidan amalga oshiriladigan ishlab chiqarish jarayonlarini ham nazarda tutadilar.
Agar «kultura» tushunchasini ifodalashga bo‘lgan harakatlar tarixiga nazar tashlasak, bu jarayonlar uzoq davom etganligi va XX asrning birinchi yarmigacha mazkur muammoni hal qilishi quyidagi yo‘nalishda olib borilganligini ko‘ramiz.
1.Antropologik. 2.Filosofik.
3.Fenomenologik. 4.Etnosotsiologik.
Birinchi yo‘nalishda asosiy e’tibor atamaning dastlabki mazmunini, ya’ni inson ruhiyatiga ta’sir ko‘rsatish va parvarishlash, inson shaxsini shakllantirish, inson va tabiat, inson va jamiyat munosabatlarini aniqlashga qaratiladi.
Atamaning bu mazmunda qo‘llanilishi so‘nggi Rim imperiyasi davrida faoliyat ko‘rsatgan shoirlar, faylasuflar asarlarida uchraydi (masalan, yuqorida ta’kidlaganimizdek, Mark Tuliy sitseron va shoir Goratsiylar «kultura» atamasini «kultura anima» shaklida qo‘llasalar, buyuk faylasuf Lukresiy «ruhning osoyishtaligi» ma’nosida ishlatadi.
«Kultura» atamasiga bu shaklda yondoshish Yevropa Uyg‘onish davrining ayrim gumanistlari hamda XVII-XVIII asrlar Yevropa ma’rifatparvarlik harakati vakillari (masalan, Sharl Montesk’e, Fransua Volter va boshqalar) asarlarida uchraydi.
Yevropa Uyg‘onish davri gumanistlaridan «gumanizmning otasi» nomini olgan Francheska Petrarka (1304-1379) o‘zining asosiy e’tiborini antik davr madaniyati va ma’rifatiga qaratadi hamda uni tiklash va rivojlantirish g‘oyasini ilgari suradi. U inson onggi va ruhiyatiga ta’sir qilish orqali o‘ziligini namoyon qilish mumkinligi, insonning ichki ma’naviy-ruhiy va axloqiy dunyosi masalalariga e’tibor beradi.
Fransuz gumanizmining yirik vakili Mishel Monten (1533-1592) esa, madaniy taraqqiyotga erishgan jamiyatda inson va shaxs o‘z erkinlikka erisha oladi. Chunki bunday jamiyatni qonunlar boshqaradi. Inson tabiatning bir qismi bo‘lganligi uchun ham ona-tabiat nimani o‘rgatsa shunga amal qiladi, deb ta’kidlaydi.
Fransuz ma’rifatparvarlik harakati vakili, faylasuf Sharl’ de Montesk’e (1689-1776) o‘z asarlarida birinchidan, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy taraqqiyotini moddiy boyliklar ishlab chiqarish sohasi va uning qay darajada yo‘lga qo‘yilganligini belgilab berishini ta’kidlab o‘tadi.
Jamiyatning moddiy boyliklar ishlab chiqarishi eng avvalo texnika taraqqiyotiga, so‘ngra, dehqonchilik va hunarmandchilikning rivojiga bog‘liq. Chunki texnika taraqqiyoti o‘z navbatida jamiyat ma’naviy hayoti, ma’naviy boyliklar ishlab chiqarishni belgilab beruvchi ilm-fanning rivojini zaruratga aylantiradi.
Ikkinchidan, «Fors xatlari» nomli asarida feodal tuzumini tanqid qiladi va davlatni boshqarishning bu shakli jamiyat taraqqiyotini orqaga suradi, inson ong tafakkuri taraqqiyotiga, inson ruhiy olamini tarbiyalashga xalal beradi, deb hisoblaydi.
aqlli mavjudotlikka xos ruhiy, ya’ni bunyodkorlikka, jo‘shqinlikka xos kuchlarga egadir
Uningcha jamiyat hayotining har tamonlama rivoji ma’rifatparvarlik g‘oyalarining amalga oshivuga, inson ongi va ruhiyatini tarbiyalash kuchiga ega bo‘lishiga shart-sharoit yaratib beradi.
Uchinchidan, Rim imperiyasining ham iqtisodiy, ham madaniy, ham harbiy qudratini rimliklardagi Vatanparvarlik ruhining o‘ta qudratli kuchga aylanganligidadir.
Vatanparvarlik va jon fido qilish qudratining asosiy sababini rimliklarning yuqori madaniyatga erishganligida, ya’ni ruhiy tarbiyalanganligi, siyosiy ongliligi va siyosiy erkinlikning shakllanganligida, siyosiy ong va siyosiy erkinlikning so‘nishi davlat va jamiyatni tanazzulga olib keladi, deb ta’kidlaydi.
To‘rtinchidan, kishilarning tabiiy munosabatlari, ya’ni tabiiy qonunlar insoniyatning jamiyatgacha bo‘lgan davri (ibtidoiy davri)ga hukmronlik qilgan bo‘lsa, davlatchilik shaklidagi jamiyat, ya’ni ijtimoiy tuzumga ijtimoiy qonunlar hukumronlik qiladi.
Tabiat qonunlari odamlarning xuddi o‘ziga o‘xshash hayot kechirayotgan boshqa to‘dalar bilan tenglikda yashash, bir-biriga suyangan holda borlig‘ini saqlab qolishga harakat qilganliklarini, natijada qalb madaniyatining shakllana borganligi ya’ni ong-tafakkur va ruhiyatda boshqalarga mehr, asrab-avaylash, o‘zaro yordam tuyg‘ulari shakllanganligini ko‘rsatadi.
Shuning uchun ham ruhiyatida o‘z zamonasiga mos keladigan insoniy tuyg‘ularni shakllantirish va singdirish masalasi «kultura» atamasining mazmunini tashkil etishini ta’kidlab o‘tadi.
Fransua Volter (1694-1778) o‘z asarlarida kultura atamasini yangicha «kultura de lespuit» ya’ni «ruhiy madaniyat» shaklida talqin qiladi.
Uningcha, ruhiy madaniyatni jamiyat ma’naviy boyliklarining ijodkorlari ya’ni kishilarning fe’l-atvorini yumshatuvchi shoirlar, ixtirochilar va san’atkorlar yaratadilar. Insonning tabiatini, fe’l-atvori va odatlarini o‘zlari yaratgan ma’naviy boyliklar belgilab beradi, deb hisoblaydi.
Xulosa qilib aytganda «kultura» atamasining mohiyatini aniqlashga qaratilgan antropologik qarashlar madaniyatning inson shaxsini shakllantirish bilan bog‘liq jihatlarini ochib berishga harakat qiladi.
Nemis klassik falsafasining yirik vakillari madaniyatni falsafiy nuqtai nazardan tahlil qiladi. Masalan, I.Kant axloqiy taraqqiyot madaniy taraqqiyotni belgilab beradi, deb hisoblasa, Gegel falsafa taraqqiyoti madaniy taraqqiyotni belgilab beradi, deb ta’kidlaydi.
Umuman nemis klassik falsafasi vakillari madaniyatning mohiyatini inson, ya’ni yakka shaxs ma’naviy rivojlanganligi va jamiyatning siyosiy yetukligi darajasiga erishganligi tarzida talqin qiladilar. (Falsafa. Qomusiy lug‘at. 231-bet)
Fridrix Shiller (1759-1805) asosiy e’tiborni ma’naviy madaniyatning tarkibiy qismi hisoblanuvchi insonning badiiy tafakkuri mahsuli - san’atga alohida e’tibor beradi.
Shiller Kantning madaniyatning qarama-qarshi tarzda rivojlanishi, ya’ni inson kamolot pog‘onalaridan ko‘tarilib borishi bilan birga tubanlik jari tomon ham siljib boradi, degan g‘oyalarga qo‘shiladi.
Uningcha, insoniyat kamolotga qarab borgan holda sivilizatsiya zanjirlari siquvi ostida qoladi. Taraqqiyot kelishtirib bo‘lmaydigan ziddiyatlarga duchor qiladi. Insoniyatni faqatgina odamlar, ularning mehnati va qobiliyatlari saqlab qoladi.
Shiller san’atining go‘zallik yaratish vositasi ekanligiga alohida e’tibor berib, «faqat go‘zallik yordamida erkinlikka erishish mumkin... Odamlar tarbiyaga muhtoj. San’atkor uni go‘zallik yordamida tarbiyalashi mumkin va tarbiyalashi zarur», deb yozadi.
U «yovvoyilik» holatida istiqomat qilayotgan qabilalar hayotini o‘rganish insoniyat tarixi va ajdodlarining madaniy boyliklar yaratishi jarayonini tasavvur qilishga yordam beradi, deb hisoblaydi. Uningcha insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar eng yaxshi va oliyjanob odamlarning qoni evaziga yaratilgan, ko‘plab avlodlarning mehnati evaziga bunyod etilgan.
Umuman olganda, XIX asrning ikkinchi yarmigacha yashagan Yevropalik faylasuflar madaniyat tushunchasini yaxlit bir jarayon, ya’ni insoniyat faoliyati natijasida paydo bo‘lgan barcha madaniy boyliklar majmui sifatida emas, balki inson faoliyati va tafakkurining u yoki bu sohalari shaklida tasavvur qilganlar.
Nemis ma’rifatparvarlik harakatining ko‘zga ko‘ringan namoyandasi Gerder Iogann Gotfrid (1744-1803) o‘zining «Insoniyat tarixi falsafasi haqida g‘oyalar» nomli asarida ibtidoiy davr madaniyatini insoniyat tarixidan tashqarida deb hisoblaydi
Uning fikriga ko‘ra, insoniyat Osiyodan tarqalgan va bu yerda dastlabki tillar va yozuvlar paydo bo‘lgan. Shuning uchun ham Osiyo chorvachilik va dehqonchilik, qadimiy san’at va ilm-fanning vatani bo‘lgan.
Gerder insonni qayta ma’naviy tarbiyalashning quyidagi yettita tamoyilini ko‘rsatib beradi.
1.Urushga nafrat bilan qarash.
2.Bosqinchilik urushida ko‘rsatilgan soxta qahramonlikka ortiqcha izzat-ikrom ko‘rsatmaslik.
3.Hiyla-nayrang, aldamchilik, zo‘rovonlik bilan o‘z hududini kengaytirish va boylik to‘plashga asoslangan soxta davlatchilik san’atiga nafrat bilan qarash.
4.Ma’rifatli vatanparvarlik, ya’ni shovinizm(ashaddiy millatchilik)ga nafrat bilan qarash. (Uningcha inson qanchalik ma’rifatli bo‘lsa, u shunchalik shovinist (millatchi) bo‘ladi).
5.Boshqa xalqlarga adolatli bo‘lish va ular bilan hamjihatlikda yasha hissini shakllantirish.
6.Savdo-sotiqni rivojlantirish orqali boshqa xalqlar bilan bir-butunlikka erishish.
7.Faoliyat bilan shug‘ullanish, ya’ni mehnat qilish hissini tarbiyalash.
Gerder yevropaliklarning Amerika, Avstraliya, Afrika va ko‘pgina orollarni bosib olishi, ya’ni Yevropa sivilizatsiyasini majburan kiritishi tabiy-madaniy hayot kechirayotgan ko‘pgina qabilalar madaniyatining tag-tomiri bilan yo‘q bo‘lib ketishiga sabab bo‘lganligini ta’kidlab o‘tadi.
Gerderning fikriga ko‘ra, madaniyat alohida bir shaxsga o‘xshab rivojlanadi va muayyan ma’noda bu ularning bir xil hayot bosqichlaridan o‘tishining e’tirof etilishini taqozo qiladi. Madaniyat va millatlar xuddi tirik organizmlar singari tug‘iladi va o‘ladi, deb ta’kidlaydi.
Amerikalik antropolog va madaniyatshunos Lesli Uayt (1900-1975) esa o‘zining «Madaniyat evolyusiyasi» va «Madaniyat to‘g‘risidagi fan» nomli asarlarida madaniyatni turli xil timsol (simvol)lar yig‘indisi, deb hisoblaydi.
Uning fikriga ko‘ra timsollar umuminsoniy hatti-harakatlar (axloq) va sivilizatsiyaning tarkibiy (boshlang‘ich) elementi hisoblanadi.
Umuminsoniyatning xulq-atvori timsollaridan foydalanishga bog‘liq bo‘lib qolgan.
Chunki, odamiylik, insonparvarlik, adolat, baxt, burch, or-nomus, mehnatsevarlik va boshqalar timsoliy tushunchalardan iborat.
Aynan ana shu timsoliy belgilar odamsimon mavjudotlarning insonga aylanishiga yordam bergan.
Madaniyat nazariyasi bilan shug‘ullanuvchi fanlarni aynan madaniyatning elementlari hisoblanuvchi, urf odatlar, tartib (institut)lar, timsoliy belgi (simvol)lar, texnologiyalar, mafkuralar va boshqalarni o‘rganish bilan shug‘ullanishi kerak, deb hisoblaydi.
Qaysiki davrda jamiyat ma’naviy hayotiga diniy mafkura hukumronlik qilgan bo‘lsa, o‘sha davrdagi barcha falsafiy qarashlar, shu jumladan, madaniy-tarixiy jarayonlar to‘g‘risidagi fikrlar ham diniy nuqtai nazardan tahlil qilingan.
Madaniy-tarixiy jarayonning, shu jumladan sivilizatsiyalarning tarixiy taqdirini aniqlash, uning vujudga kelishi, rivojlanishi, hamda tanazzulga yuz tutish sabablari va qonuniyatlarini aniqlashda dekadentlik (fransuzcha - tushkunli, inqiroz) oqimi paydo bo‘ladi.
XIX asr oxiri va XX asrning boshlarida Yevropada paydo bo‘lgan dekadentlik oqim,
birinchidan, Yevropa madaniyatida tushkun kayfiyatdagi, umidsizlik va hayotdan yuz o‘girish g‘oyalarini ilgari sursa,
ikkinchidan, san’atda insonparvarlik g‘oyalarini inkor qilishib, go‘zallikni axloqsizlik bilan almashtirishga urinadilar.
Dekadentlik oqimi vakillarining fikriga ko‘ra, jamiyat taraqqiyotida harakatda bo‘lgan har qanday ta’limot, g‘oya va mafkura ijtimoiy-madaniy tarixiy jarayonga hukmronlik qiluvchi kuchlar manfaatlariga bo‘ysundirilganligidir.
Shu boisdan ham o‘sha davrda yaratilgan badiiy ijodiyot mahsullari ijtimoiy munosabatlar va ziddiyatlarga aralashmay, yakka shaxsning ichki olamini, ruhiy kechinmalari va axloqiy fazilatlarini tasvirlab bergan.
Dekadentlik oqimi ta’siri natijasida XVIII asr oxiri va XIX asrning boshlaridan boshlab Yevropada simvolizm (borliqni simvollar – ramziy ishoralar orqali ifodalaydigan tushkun noreaolistik oqim), futurizm(XX asr boshida san’at va ajabiyotda hukm surgan folmalistik oqim), kubizm(narsalarni geometrik shakllar bilan ifodalash), abstraksionizm(real narsalarni mavhum shakllar bilan tasvirlash) va syurrealizm (XX asr boshida adabiyot va san’atdagi ijodda aql-idrok va tajribaning rolini inkor qiluvchi oqim) kabi badiiy ijodiy uslublar vujudga keladi.
Ma’naviy boyliklarning yaratilishi jarayonida psixologik holatlarning o‘rni masalasini aniqlashga bo‘lgan nazariyalar orasida Z.Freydning psixoanaliz to‘g‘risidagi qarashlari ajralib turadi.
Avstriyalik vrach-nevropotolog Zigmund Freyd (1856-1939)ning fikriga ko‘ra, inson ikkita qudratli kuchga: biologik, ya’ni mavjudotlik xususiyati bilan bog‘liq bo‘lgan vayron etuvchi - tanatos (buzg‘unchi) kuchga:
aqlli mavjudotlikka xos ruhiy, ya’ni bunyodkorlikka, jo‘shqinlikka xos kuchlarga egadir.
Birinchi kuch ko‘proq insonda hayotga, jo‘shqinlikka, mavjud bo‘lgan narsalarga nafrat ko‘zi bilan qarashni vujudga keltirsa,
ikkinchi kuch insonni ko‘proq bunyodkorlikka, o‘zi yaratgan narsalardan zavqlanish, lazzatlanish hissini vujudga keltiradi. Bu ruhiy kechinmalar insonda umumlashgan holda mavjud bo‘ladi va ijtimoiy jarayonlarga, jumladan, madaniy-tarixiy jarayonga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
Uningcha, insonning ruhiy kechinmalarida mavjud bo‘lgan qarama-qarshi kuchlar, ayniqsa, hayotdan qoniqmaslik, nafrat, buzg‘unchilik dastlabki jamiyatlar, ya’ni qabilalardagi taqiqlar natijasida paydo bo‘lgan.
Ma’naviy boyliklar yaratish, ularga to‘g‘ri baho berish ularni asrab-avaylash ommaning umum ruhiyatiga to‘g‘ri kelmaydi, deb ta’kidlaydi.
Bu vazifalarni omma ichidagi turg‘un ruhiyatga ega bo‘lgan aql-idrokli kishilar, ularning say’-harakatlari, bu harakatlarning muhimligini umumga, ya’ni ommaga tushuntira oladigan kishilargina bajarishlari mumkin.
«Omma- deb yozadi Z.Freyd o‘zining «Omma psixologiyasi va insoniy menning tahlili» asarida, - sezgir, o‘zgaruvchan, tez hayajonlanuvchi va ta’sirga beriluvchan. Uni deyarli behushlik boshqaradi. Omma hech qachon haqiqatga tashna bo‘lmaydi va xom xayolga berilishni yaxshi ko‘radi.
Z.Freyd insondagi yovuzlikning o‘zini ikkiga: «tabiiy» (tug‘ma) va «madaniy», ya’ni shakllantiriladigan darajalarga bo‘ladi. Insonning hukmronlikka intilishi, ko‘pchilikning ozchilikka bo‘ysunishini «madaniy» darajaning bir ko‘rinishi ekanligini ta’kidlaydi.
U «Madaniyatdan qoniqmaslik» nomli asarida hayotning inson uchun nihoyatda og‘irligini, ko‘plab dard-alamlar, muammolar, ko‘ngilsizliklar olib kelishi, shu boisdan ham kishi manaviy-ruhiy taskin beruvchi va chalg‘ituvchi vositalarsiz yashay olmaydi.
Taskin beruvchi va chalg‘ituvchi vositalarni quyidagi turlarga bo‘lib ko‘rsatadi:
a) baxtsizliklarga kamroq e’tibor berishga yordam beruvchi, ya’ni chalg‘ituvchi vositalar;
b) g‘am-tashvishlarni kamaytirib ko‘rsatuvchi, ya’ni taskin beruvchi vositalar;
v) baxtsizliklar, jabru-jafolarga butunlay befarqlik bilan qarashga, ya’ni unutishga yordam beruvchi vositalar.
Chalg‘ituvchi vositalarga ilmiy faoliyat, ya’ni fan bilan shug‘ullanishni ko‘rsatib o‘tsa, san’at va din esa, g‘am-tashvishlarni kamaytirib va taskin beruvchi vositalardir.
Uchinchi vosita, ya’ni hayotning barcha jabru-jafolarga befarqlik bilan qarashga, unutishga yordam beruvchi vositalarga ichkilik va narkotik moddalarni ko‘rsatadi.
Ikkinchi - taskin beruvchi vositaga san’at va dinni behudaga kiritmaydi. Uning fikriga ko‘ra, oddiy hayotning san’atdagi badiiy obrazlar orqali talqin etilishi va kishilarning qisqa muddatga bo‘lsa-da, g‘am-tashvishlardan holi bo‘lishiga yordam beradi. San’at orqali ayrim hayotiy lavhalar, ulardagi dramatik, tragik va kulgili voqealar hamda ularning yechimi kishilarga taskin beradi.
Z.Freyd ta’limotida diniy hatti-harakatlar nevroz sifatida talqin qilinadi va
bir tomondan, nevroz kasaliga chalinganlarning hatti-harakatlari bilan diniy marosimlardagi hatti-harakatning o‘xshash jihatlarini ko‘rsatib o‘tadi,
ikkinchi tomondan esa, u diniy harakatlarning ongli harakat, nevrozga chalinganlarning hatti-harakatlarini esa ong osti harakatlari, deb hisoblaydi.
Ssientizm yo‘nalishi ana shu harakatlar-intilashlarning bir ko‘rinishi bo‘lib, unda ilm-fan madaniyat va madaniy taraqqiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchi deb hisoblanadi. Aslida bu g‘oyani nemis faylasufi, fenomenologiya asoschisi Edmund Gusserl o‘z asarlarida ta’kidlab o‘tgan edi.
Ssientizm (lotincha Ssienta-bilim, fan degan ma’nolarni anglatadi) Ssientizm - ilmga asoslangan bilim madaniyatning eng oliy cho‘qqisi va barcha madaniy qadriyatlarning a’losi, degan g‘oyani ilgari suruvchi nazariya hisoblanadi.
Ssientizm tarafdorlari ikki oqimga bo‘linib ketadilar. Birinchi oqim tarafdorlari ilm-fanni madaniyatning eng yuksak qadriyati sifatida tan olishadi va inson o‘z faoliyati jarayonida ana shu qadriyatga asoslanishi zarurligi g‘oyasini ilgari surishadi.
Ularning fikriga ko‘ra ijtimoiy va madaniy taraqqiyotning barcha bosqichlari ana shu qadriyat tufayli amalga oshirilgan.
Qaysiki davrda ilm-fan qadriyat darajasiga ko‘tarilmagan bo‘lsa, o‘sha davr ijtimoiy-madaniy hayotida tanazzullar vujudga keladi, insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar davr talabiga javob bermaydi, ehtiyojlar va manfaatlar qondirilmadi, umummadaniy-tarixiy jarayon orqaga surildi.
Ikkinchi oqim tarafdorlari aniq va tabiiy fanlarni mutlaqlashtirishga, bu fanlarning ijtimoiy-madaniy taraqqiyotdagi o‘rnini bo‘rttirishga harakat qiladilar. Ijtimoiy-gumanitar fanlarning umum ijtimoiy-madaniy jarayonda sodir bo‘lib turuvchi biror-bir muammoni hal qilishdagi imkoniyati cheklangan.
«Kultura» atamasiga yondoshuvning uchinchi bir yo‘nalishi fenomenologik yondoshuv hisoblanadi. Bu yo‘nalish tarafdorlari - nemis idealistik falsafasining vakillari Fixte, Shelling, Gegel va boshqalar madaniyat tushunchasining mohiyatini, uning ijtimoiy xarakterini ochib berishda fenomenologik nuqtai nazarni ilgari suradilar.
«Fenomen» - gr. Phainomenon - noyob, kam uchraydigan hol, «yuz beruvchi» ya’ni his-tuyg‘ularimiz orqali payqab olishimiz mumkin bo‘lgan hodisalarni anglatadi..
Nemis faylasufi Iogann Fixte (1762-1814)ning fikriga ko‘ra, madaniyat tushunchasining asosini insonning ma’naviy yetukligi, erkinligi va farovon yashashi uchun zarur bo‘lgan ijtimoiy muammolarni hal qilish masalasi tashkil etadi.
Fixte o‘zining «Olimning tayinlanishi» nomli asarida bu muammolarni hal qilish uchun jamiyat insonning qonunlarga amal qilgan holda ish tutishiga erishmog‘i zarur, qachonki jamiyat qonunlar hukumronligiga ega bo‘la olsagina kishilarning erkin va farovon yashashiga, komillik darajasiga ko‘tarilishiga imkoniyatlar yaratib bergan bo‘ladi.
Buning uchun inson «qonunlar saltanatidan» «ma’naviylik saltanati»ga o‘tish erkiga ega bo‘lishi kerak, ya’ni inson majburiy qonunlar ta’siri ostida emas, jamiyatda yashash shartlari-jamiyat qonunlarini o‘z ma’naviy dunyosi me’yorlariga aylantirgan holda yashashi zarur.
Yana bir nemis faylasufi Georg Vilgel’m Gegel (1770-1831) o‘zining asosiy e’tiborini jamiyat ma’naviy hayotiga qaratadi. Uningcha jamiyat ma’naviy hayotining asosini oila, huquq, inson ma’naviy dunyosi, davlat va fuqarolik jamiyati tashkil etadi.
Jamiyat ma’naviy hayotining bu elementlarini bir-biri bilan chambarchas bog‘liq deb hisoblaydi. Uningcha huquqning barqarorligi erkinlikning amalga oshuvi uchun zamindir. Chunki fuqaroviy huquq ijtimoiy taraqqiyotning zaruriy shartidir.
Inson ichki ma’naviy dunyosini o‘zida namoyon qiluvchi tashqi madaniyat ko‘zga tashlanib turishi zarur. Ma’naviy yetuklik aqllilikning ichki shakli bo‘lib, inson u orqli mustaqil ravishda yaxshini yomondan ajratadi.
U «Ruh fenomenologiyasi» asarida madaniy taraqqiyot muayyan millatning o‘zligini anglash hodisasida yuz bergan holdagina amalga oshadi, o‘zini anglash esa inson, shu jumladan millat ruhiyatining qoloqlikda qolgan millatni qutqaruvchi g‘oyaga aylanishi natijasida sodir bo‘ladi, deb yozadi.
Gegel madaniyat tushunchasi to‘g‘risida to‘xtalar ekan, insoniyat tomonidan yaratiladigan ikkinchi tabiatni «Madaniylashgan tabiat» deb ataydi, va uning yaratilishi odamning o‘zini o‘zgartiradi, deb ta’kidlaydi.
«...odam tabiatga ishlov beradi va madaniylashgan tabiat, o‘z navbatida odamni o‘zgartiradi. Qo‘l tomonidan dalaga ishlov berish natijasida ortiqcha moddiy ne’matlar paydo bo‘ladi, ular yangi samaraliroq mehnat usullari va yaxshiroq qurollar yaratish uchun asos bo‘ladi. Bu esa, o‘z navbatida tabiatni madaniylashtirishga olib keladi».
Kishilarning ishlab chiqarish salohiyatini «Amaliy madaniyat» deb ataydi.
Uningcha, kishilar ishlab chiqarish jarayoni bilan shug‘ullanishlari natijasida amaliyotga chuqurroq kirib boradilar va o‘zlarining iqtidorlari, salohiyati, malaka va ko‘nikmalarini, bilim va tajribalarini, ya’ni umummadaniy dunyoqarashini boyitib boradilar.
Kishida mehnat qilish ehtiyojining mavjudligi va uning odatga aylanishini madaniyatlilikning asosiy mezonlari deb hisoblaydi.
Madaniyatga fenomenologik yondoshish masalasi nemis filosofi Edmund Gusserl (1859-1938) tomonidan davom ettiriladi. U o‘zining fenomenologiyaga bag‘ishlangan asarlarida («Mantiqiy tadqiqotlar», «Yevropa fanlarining krizisi va tarnssendental fenomenologiya», «Birinchi filosofiya» kabi asarlarida)
Madaniyat ham boshqa barcha ma’naviy hodisalar singari tarixdan tashqaridagi borliqda, ya’ni mutlaq ruh ta’siri ostida vujudga keladi.
Madaniyat makon va zamondan tashqaridagi mutlaq ruhning bir ko‘rinishi.
Madaniyat to‘g‘risidagi bu g‘oya birinchi navbatda moddiy va ma’naviy madaniyatlarning o‘zaro bog‘liqligiga rahna soladi, bir-biridan ajratadi.
Ularni inson mehnati va tafakkuri, ijodiy qobiliyati va salohiyatining natijasi emas, makon va zamondan tashqarida mavjud bo‘lgan mutlaq ruhning hosilasi, degan tushunchani ifodalaydi.
Uningcha, madaniyatning har bir hodisasi-biror bir ramzdir. Birgina madaniy simvol (ramz) hisoblangan tilga e’tibor bersak, uning kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqa bog‘lashga yordam beruvchi vosita ekanligini ko‘ramiz. U kishilarning jamoaga birlashishga, ijtimoiy munosabatlarni yetuklikka olib boruvchi jamiyatni vujudga keltirishga, tafakkur taraqqiyotiga shart-sharoit yaratadi.
Yoki madaniyatning eng qadimgi ko‘rinishlaridan biri sanaluvchi badiiy so‘z san’atini olib qaraylik. U kishilarning turmush tajribalari, malaka va ko‘nikmalarining, tabiat va jamiyat haqidagi qarashlari, tushuncha hamda tasavvurlarining obrazli so‘zlarga aylanishiga yordam berganligini ko‘ramiz.
Aslida, madaniyat inson ongi va qo‘l mehnati bilan yaratilgan barcha madaniy boyliklardir. Madaniyat insonni kamol toptirishga xizmat qiladigan barcha qadriyatlardir.
Madaniyat tushunchasiga yondoshuvning keyingi yo‘nalishi etnografik yo‘nalish hisoblanadi. Bu yo‘nalishga XIX asrda amerikalik etnograf va arxeolog L’yuis Morgan (1818-1881) va ingliz etnografi Eduard Taylor (1832-1917) lar asos solganlar.
Umuman olganda, yevropalik faylasuflarning asarlarida madaniyat masalasini insonning ma’naviy yetukligi va axloqiy barkamolligi nuqtai nazaridan talqin qilingan. Madaniyatni insonni ma’rifatli qilish va tarbiyalashning birdan bir yo‘li sifatida talqin qiladilar. Shuning uchun ham madaniyat tushunchasi jamiyat hayotida ma’rifatparvarlik harakati va g‘oyalari ustunlik qilgan davrda kishilarni ma’rifatli qilish va tarbiyalashning birdan bir yo‘li sifatida talqin qilingan. XVIII asr oxiri va XIX asr boshlarida, ya’ni madaniyat atamasi yangi va hali qo‘llash odatga aylanmagan davrda mazkur atama “ma’rifatlilik”, “insoniylik”, “aqllilik” hamda qadimgi grekcha ma’no – “paydeya” - “o‘qimishlilik” shaklida ishlatilgan.
Demak, Yevropada ma’rifatparvarlik harakati keng quloch yoygan davrda “madaniyat” (kultura) atamasidan, bir tomondan, insonni yuksaltirish, odamlarning ma’naviy hayoti va axloqini yaxshilash, jamiyatning yomonliklarini tuzatish vositasi sifatida talqin qilingan bo‘lsa, ikkinchi tomondan, madaniyat atamasidan, odamlarni ma’rifatli qilish, ong-tafakkurini o‘zgartirish masalasi talqin qilina borgan.
Shuningdek, madaniyat atamasidan, insonda mavjud bo‘lgan, lekin davrlar almashinuvi natijasida o‘zgarib turadigan odamlarning turmush tarziga, uning o‘ziga xosligiga, isonning aql-tafakkuri rivojiga, ilm-fan, san’at, ta’lim va ularning taraqqiyoti darajasiga nisbatan foydalanila boshlangan. Muayyan davrda, muayyan etnik birlik tomonidan yaratilgan madaniyat har doim ham “yaxshi”, ya’ni nafaqat ana shu etnik birlik, balki umuminsoniyat uchun ham har doim yaroqli, ma’qul, shuningdek aniq etnik birliknigina emas, balki boshqa etnik birliklarning taraqqiyotiga, ular o‘rtasidagi munosabatlarga salbiy ta’sir ko‘rsatishi ham (yaroqsiz bo‘lishi ham) mumkin. Masalan, insoniyat tarixining ayrim davrlarida, biror bir etnik birlik vakillari tomonidan yaratilgan ma’naviy madaniyatdagi ayrim mafkura va g‘oyalar yoki moddiy madaniyatning ayrim elementlari (Masalan, o‘q otar qurollarning ixtiro qilinishi) insoniyat boshiga ko‘plab kulfatlarni keltirib chiqarganligini insoniyat tarixi isbotlab bermoqda. Yoki xristianlik dinining yanada mustahkamlanishi, boshqa dinga e’tiqod qiluvchilar istiqomat qiladigan hududlarni bosib olishga, o‘zga diniy e’tiqoddar majburlab voz kechishga, milliy madaniyatlarning zabun qo‘lishiga olib kelgan.
Va ma’lum bir xalqning haqiqiy mavjud madaniyati va muayyan davrga kelsak, "inson aqli faoliyatining barcha mevalari"yaxshi" emas. Demak, insoniyat faoliyatini o‘zida mujassamlashtiruvchi madaniyat (haqiqiy madaniyat) inson faoliyatining nafaqat ijobiy, shuningdek, salbiy qirralarini ham o‘zida mujassamlatiradi. Chunki, biror hodisa, jarayonlardagi o‘zaro qarama-qarshi tomonlar yaxlit mavjud bo‘lgan taqdirdagina, ya’ni yaxshilik, go‘zallik, ulug‘vorlik, mukamallik, adolat, vijdon va boshqa ijobiy va salbiy hodisalar yaxlit bo‘lgan taqdirdagina inson uchun o‘ta ahamiyatli hodisalar, jarayonlar va boshqalarning qadriga yetiladi, asrab-avaylanadi.
Ma’rifatparvarlik harakatining vujudga kelishiga ham o‘sha davrgacha jamiyat va inson hayotiga tajovuz qilingan, uning erkinliklari va haq-huquqlari paymol etilganligi, jamiyat tomonidan insonning farovon turmush kechirishlariga shart-sharoitlar yaratib berilmaganligi, jamiyat va inson ma’naviy hayotining tarkibiy qismini tashkil qiluvchi dinning hukmronlik mavqeining ustunligi, o‘zga diniy qarashlarga qarshi ayovsiz olib borilgan kurashlar, boshqa xalqlarning o‘ziga bo‘ysundirib, uning haq-huqularining oyoq osti qilinishi kabilar, ma’rifatparvarlik oqimi vakillarining qadimdan foydalanib kelinayotgan “kultura”(madaniyat) atamasiga o‘zgacha tartibda yondoshuvni talab qilgan. "Madaniyat "atamasi qadimgi yunoncha “paideya” so‘zining ma’nosini anglatuvchi “ta’lim” ma’nosida ishlatila boshlangan. Ma’rifatparvarlik harakati davrigacha yunonlar ishlatgan “paideya” atamasi “madaniyatsiz” ma’nosini anglatib kelgan. Fransuz ma’rifatparvarlik harakati vakillari “kultura” atamasini “ma’rifat”, “insoniyat” va “oqilonalik” shaklida ishlata boshlaganlar.
4.Nemis faylasuflarining madaniyat to‘g‘rsidagi qarashlari.
Namis faylasuflaridan biri Osvald Shpengler “Yevropa quyoshining botishi” asarining so‘z boshisida shunday deb yozgan: “Bu kitobda kelajak tarixini aniqlashga harakat qilingan Vazifa shundan iboratki, nihoyasiga yetayotgan yer yuzasidagi yagona madaniyatning, ya’ni G‘arbiy Yevropa madaniyatining taqdirini o‘rganishdir”.
Insoniyat hayoti bu tarix. Lekin tarix madaniyat orqali tushuntiriladi. Har bir madaniyat aylanma harakatga ega, ya’ni tug‘iladi, ravnaq topadi va o‘ladi Yevropa madaniyati ham oxirgi, ya’ni uchinchi bosqich –o‘lish davrini bosib o‘tayotganligini ta’kidlab o‘tadi.
Uning ta’kidlashiga ko‘ra, madaniyat o‘zining qobig‘iga joylagan va boshqa madaniyatlarga o‘zining yutuqlarini bera olmaydi.U ana shu fikrdan kelib chiqqan holda, tarixni alohida, yashirin madaniyatlar-ning almashinuvidir, deb hisoblaydi.
Shpengler nafaqat muayyan millatning o‘z milliy madaniyati, shuningdek, ana shu millatni tashkil etuvchi kishilarning har birining o‘ziga xos madaniyatlari mavjud ekanligini ta’kidlab o‘tadi, chunki har bir tug‘ilgan odamlarning har birining doimiy yangi, ya’ni o‘z umrining yakuniga yetguniga qadar yashab o‘tadigan abadiy dunyosi mavjuddir. Kishilar, ularning madaniyatlari o‘zgaruvchan, shu boisdan kishilar vujudga keltiradigan madaniyatlar insonlar singari o‘zgaruvchandir.
Shpenglerning ta’kidlashicha, insoniyat tomonidan yaratiladigan madaniyatlarda kishilarning ruhiy kechinmalari, dunyoqarashi-yu his-tuyg‘ulari mujassamlashib kelganligi bois, madaniyatlar inson sifatida yashaydi, xuddi ular singari umr kechiradi. Demak, madaniyat inson sifatida vujudga kelish va ma’lum bir davrni boshdan kechirishi qonuniyat ekan, albatta madaniyat umrining ham oxiri bor, chunki, har bir madaniyatni taqdir boshqaradi.
Osvald Shpengler madaniyat va sivilizatsiya to‘g‘risida so‘z yuritar ekan, madaniyatni ruhiyat, sivilizatsiyani esa tafakkurdir, deb ataydi. Albatta uning bu fikri tagida yuqorida ta’kidlaganiimzdek, madaniyatni xuddi inson singari o‘zining mavjudligidan to umrining oxirigacha yashab o‘tadigan o‘z hayoti, demak u hayot kechirarkan, albatta unda ruhiyat mavjud bo‘lishini, sivilizatsiyani esa, yangidan yangi g‘oyalar, ixtirolar, o‘ziga xos qonuniyatlar, ya’ni yangicha madaniy boyliklarning yaratilishi uchun zarur bo‘lgan o‘ziga xos tafakkurga ega bo‘lishi zarurligini nazarda tutadi.
Madaniyatli insonda quvvat inson ichiga yo‘naltirilgan, chunki u tirik organizm, uning ko‘zga ko‘rinmas kuch-qudrati uning belgilangan o‘z umrini yashab o‘tishi uchun zarurdir. sivilizatsiya esa, o‘zining bor kuchini tashqariga, ya’ni inson ko‘ziga tashlanib turadigan yangidan yangi madaniy boyliklarni yaratishga yo‘naltiradi. Natijada, har bir madaniy bosqichda oldingi bosqichlardan farqlanib turadigan yangicha boyliklar yaratiladi. Chunki, sivilizatsiya tashqariga yo‘naltirib turiladigan kuch-qudratning natijasidir.
Madaniyat tarixi yaxlit tarixdan iborat emas, u alohida-alohida ko‘rinishlarga ega bo‘lgan madaniyat tarixidir. Ular tasodifan paydo bo‘ladi, rivojlanadi va halok bo‘ladi. Har bir madaniyat o‘z umrini yashab, tarix qatlariga singib ketadi.
Har qanday madaniyat insondek hayot kechiradi, Ularning o‘z bolaligi, o‘smirligi, o‘rta yoshligi va qariligi mavjuddir, deb yozadi O.Shpengler “Yevropa quyoshining botishi” nomli asarida. Shunday ekan, tirik organizm singari hayot kechiruvchi madaniyatni nima boshqaradi, degan savolni qo‘yadi va bu savolga “Mening fikrimcha, ularni taqdir g‘oyasi boshqaradi. O‘tib ketganlarning taqdiri ham shunday bo‘lgan, hozirgi G‘arbiy Yeqropa madaniyatini ham halokat kutmoqda”, deb ta’kidlaydi. (Shpengler O. Zakat Yevropы. M., 1992, S.20.)
Uning ta’kidlashicha, taqdir madaniyat hayotini boshqarsa, uning mazmunini ruh belgilaydi. Madaniyat o‘z imkoniyatlarini halqi, tili, e’tiqodi, san’ati, davlati va fani orqali to‘liq amalga oshirganidan so‘ng halokatga yuz tutadi va dastlabki ruhiy stixiyasiga qaytadi. (Shrengler O. Yuqorida ko‘rsatilgan asar. 113-bet.)
Nemis faylasufi Martin Xaydegger (1889-1976)ning fikriga ko‘ra, inson tafakkuri tomonidan yaratilgan texnika katta ahamiyatga egadir. Texnik rivojlanishga o‘tish butun sivilizatsiya va madaniyatni yangi bosqichga ko‘tarishni anglatadi. Leikn bu bosqich insonning tabiatidan uzoqlashish va begonalashuvga olib keladi. Hozirgi zamon texnikasi, yaratilgan kashfiyotlar va aloqa vositalari insonni yanada yolg‘izlanib qolishi va tabiatni his qilmasligiga, natijada esa, o‘z ichki olamida ham yo‘qdik, bo‘shliqning paydo bo‘lishiga olib keladi.
Inson tafakkuri qanchalik mukammallik darajasiga ko‘tarilar ekan, u o‘zini qurshab turgan tashqi tabiatga, o‘zi yashayotgan jamiyatga nisbatan ham shubha uyg‘ota boshlaydi. Natijada o‘zining shubhalarini tarqatish uchun, o‘zi aniqlab yeta olmagan voqea va hodisalar ning tagiga yetish uchun anglab yetmagan jarayonlarning tagiga yetish uchun intiladi, anglanmagan narsalarni aniqlash uchun yangidan yangi bililarni egallashga harakat qiladi. Insondagi bilimga intilish uning nafaqat o‘zidagi shubhalarni tarqatishga, balki, madaniyatning yangidan yangi ko‘rinishlarini yaratishga olib keladi (sabab bo‘ladi.
Nemis faylasufi Karl Yaspersning ta’kidlashicha, inson barcha narsalarda ilohiy belgilarni topadi, lekin ular uning uchun mavhum bo‘lib qoladi. Bu vaziyatdan chiqib ketish uchun inson ziddiyatlarni bartaraf etuvchi mutanosiblik, yang garmoniyaga intiladi. Bu holatni musiqadan, mifologiyadan, san’atdan, arxitekturadan axtaradi.
Gelenning fikriga ko‘ra, madaniy atropologiyada inson mohiyati transsendentla hissiyo va ma’naviyat asosida ochiladi. Inson madaniyat ijodkori va madaniyatning mahsulidir.
Falsafiy antropologiyaning umumiy tamoyili insonni faol mavjudot sifatida ta’riflash, konkret madaniyatlarni muayyan hayot tarzi sifatida talqin qilishdir. Nafaqat har qanday millatning, balki har bir kishining o‘ziga xos olami mavjud. Jumldan, turli muhitlarda yashaydigan inonlarning dunyoqarashi ham turlicha bo‘ladi. Ularning madaniyatlari ham o‘ziga xos tarzda shakllanib, bir-biridan farq qiladi. Masalan, yunonlarning san’ati rimliklarning san’atida farq qiladi, yoki inglizlarning turmushi nemislarning turmush tarzidan, dunyoqarashidan farqlanadi. Yakka shaxsda ayna shu holat, o‘z hayot tarziga ahamiyatli bo‘lgan “madaniyat”ni qabul qiladi. mavjuddir.
Lesli Uayt insoniyat madaniyati tarixini o‘rganish natijasida madaniyatni bir butun sistema (tizim) sifatida quyidagi uchta asosiy sohalarga bo‘lib chiqadi.
  1. Texnologik madaniyat. Kishilarning moddiy boyliklar ishlab chiqarish jarayonida tabiiy muhit bilan o‘zaro aloqasiga yordam beruvchi qurollar va texnik vositalar.


Bunga u a)ishlab chiqarish qurollarini;b)tirikchilik vositalarini;


s)turar-joy va boshqa binolarni; d)inshootlar qurishda ishlatiladigan materiallarni; ye)hujum va himoya qurollarni kiritadi.
  1. Ijtimoiy madaniyatga esa, kishilarning o‘zaro manosabatlari, qon-qarindoshlik, iqtisodiy siyosiy, estetik va kasbiy aloqalarni ifodalovchi munosabatlarni.


  2. Mafkuraviy madaniyat. turli xil g‘oyalar, e’tiqodlar, bilimlar, xilma-xil tillar, ya’ni nutq va boshqa ramziy belgilar (timsollar), mifologiya va dinlar, adabiyot, falsafa, fan, xalq donishmandligi va boshqalarni kiritadi.


U o‘z asarlarida ibtidoiy xalqlarning yozuvini kashf qilguniga qadar bo‘lgan davrini tahlil qilib chiqadi va ularning turmushini, ishlab chiqarish faoliyatini, o‘zaro munosabatlarini, qabilani boshqarishda qo‘l kelgan asosiy tasavvur hamda tushunchalarni tahlil qiladi, va ularni ibtidoiy kishilar tomonidan yaratilgan madaniyatni harakatga keltiruvchi timsoliy belgilar deb hisoblaydi.


Uningcha, ana shu timsoliy belgilar avloddan-avlodga o‘tib, insoniyat jamiyati va madaniyatini shakllantirishning harakatlantiruvchi kuchiga aylangan.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling