Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Reja: 1.Sivilizatsiya tushunchasi, xususiyatlari va sivilizatsion


Download 1.17 Mb.
bet14/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

Reja:
1.Sivilizatsiya tushunchasi, xususiyatlari va sivilizatsion
jarayonlar.
2.G‘arbiy Yevropa faylasuflarining sivilizatsiya to‘g‘risidagi
qarashlari.
3.Sivilizatsiya masalasiga zamonaviy yondoshuvlar:
a)unitar (yaxlit ko‘rinishdagi); b)bosqichli; s)mahalliy-
tarixiy yondoshuv.
4.Sivilizatsion jarayonlar to‘g‘risida E.Toffler va
S.Xantingtonlarning qarashlari.
5.Madaniyat va sivilizatsiya o‘rtasidagi tafovutlar to‘g‘rsidagi
G.Chayld nazariyasi.
6.Sivilizatsion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari.
1.Sivilizatsiya tushunchasi, xususiyatlari va sivilizatsion jarayonlar.
Insoniyat tarixi – bu sivilizatsiyalar tarixidir. Insoniyat tarixini sivilizatsiyalar tarixisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Tarix – eng qadimgi sivilizatsiyalar shumeriylar, Misr, klassik va qadimgi mayya sivilizatsiyalaridan keyingi davr – xristian va musulmon, shuningdek, xitoy hamda hind sivilizatsiyalarigacha – barchasini qamrab oladi.
sivilizatsiyalar tarixi bilan shug‘ullangan Maks Veber, Emil Dyurkgeym, Osvald Shpengler, Pitirim Sorokin, Arnold Toynbi, Alfred Veber, Alfred Kryober kabi ko‘pgina tarixchi, sotsiolog va antropologlarning tadqiqotlari barcha sivilizatsiyalarning bir-biriga o‘xshab ketadigan shakllanishi, yuksalishi, o‘zaro aloqadorligi, yutuqlari, tanazzuli va zavol topishi kabi o‘ziga xos bosqichlarni boshdan kechirganligini ko‘rsatadi.
Insoniyat tarixiy taraqqiyotiga e’tibor bilan nazar tashlansa, qaysiki davrda ilmiy tafakkur umum ijtimoiy-madaniy taraqqiyotga o‘z ta’sirini ko‘rsatgan bo‘lsa, o‘sha davrda sivilizatsion jarayon sodir bo‘lganligini ko‘ramiz. Masalan, Qadimgi Shumer-Bobil, Hind, Xitoy, Yunon-Rim, Mayya sivilizatsiyalarida ilmiy tafakkur, ya’ni bir qator aniq fanlar taraqqiyotining ta’siri kuchli bo‘lganligi bois Bobilning muallaq bog‘lari va minorasi, Misr piramidalari, Hindlarning falsafiy tafakkuri, Buyuk Xitoy devori, Yunon-Rim san’ati, Mayyalar, inklar, asteklar astronomiyasi hali-hanuzgacha kishilarni hayratga solib kelmoqda.
Keyingi davrlarda, ayniqsa, IX-XII asrlar Sharq va XIV-XVI asrlar Yevropa Uyg‘onish davrlari ilmiy tafakkuri, XVII asrdan boshlab tabiiy fanlar sohalarida qo‘lga kiritilgan yutuqlar insoniyat ilmiy dunyoqarashidagi tub o‘zgarishlarga turtki beribgina qolmay balki uning ham moddiy, ham ma’naviy ehtiyojlarining qondirilishiga, sanoat ishlab chiqarishining, umuman jamiyat hayotining barcha sohalarining texnika bilan jihozlanishiga sabab bo‘lgan.
Albatta fan va texnikaning insoniyat hayotiga hukmronlik qilishi bir tomondan insoniy ehtiyojlarning to‘la qondirilishiga, ikkinchi tomondan, o‘ziga xos muammolarning, ko‘proq ekologik, energetik, urush va tinchlik muammolarining vujudga kelishi va kuchayishiga olib keladi. Masalan, hozirgi kunda sanoat ishlab chiqarishi natijasida chiqindiga aylanayotgan zaharli moddalarning atmosferaga tarqalishi ozon tuynugi, ko‘plab suv toshqinlari, tufonlar va qurg‘oqchiliklarning vujudga kelishiga olib kelmoqda. Albatta tabiatdagi ekologik o‘zgarishlar XIX asrning oxiridayoq ayrim yevropalik olimlarning sivilizatsiyaga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lishiga sabab bo‘lgan.
sivilizatsiya muayyan davr ijtimoiy jarayonlar rivojlanishi nazariyasining mohiyatini ochib beruvchi va o‘z davrining global muammolarining kelib chiqishiga olib kelganligi aniqlashga qaratilgan g‘oyalarning mohiyatini ochib berishga yo‘naltirilgan bo‘ladi. sivilizatsiyaning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishi muayyan davrning tabiiy muhit hamda ijtimoiy jarayonlar bilan bog‘liq ravishda shakllanadi, sodir bo‘ladi. Aksar hollarda sivilizatsiyalarning barbod bo‘lishiga nafaqat uni amalga amalga oshirgan xalqning hayotida sodir bo‘ladigan tanazullar, ya’ni bosqinchilik urushlari, madaniy hayotdagi ziddiyatlar, davlat tuzilmalarining inqirozi, aholining noroziligi bir tomondan, ikkinchi tomondan esa, tabiiy ofatlar – iqlimdagi tub o‘zgarishlar, tez-tez sodir bo‘ladigan zilzilalar, toshqinlar va boshqalar sabab bo‘ladi.
Albatta, sivilizatsiyalashuv jarayonining o‘ziga xos belgilari, masalan, dehqonchlik va hunarmandchilikning yuksalganligi, sinfiy jamiyatning paydo bo‘lishi, davlatchilik mavjudligi va mustahkamligi, yirik shaharlarning sonining ko‘pligi, savdo sotiqning rivojlanganligi, hususiy mulk va pul muomalasining iqtisodiy munosabatlarni mustahkamlashdagi rolining yuqoriligi, hashamatli qurilishlar, yozuv hamda diniy e’tiqodning yuksak darajaga ko‘tarilganligi kabi ko‘plab belgilarga qarab aniqlanadi.
Sivilizatsiya so‘zi lotincha (civilis) so‘z bo‘lib, «grajdanlik» (fuqarolik) «grajdanlikka oid», «davlatga oid» «shahar», «shahar jamoasi» kabi ko‘plab ma’nolarni anglatadi. Hozirgi kunda madaniyat nazariyasiga oid fanlarda «sivilizatsiya» so‘zidan muayyan jamiyat rivojlanishining ma’lum bir taraqqiyotga erishgan davrini ifodalash uchun qo‘llash keng tarqalgan.
sivilizatsiya masalasi ijtimoiy-falsafiy fanlar tomonidan tadqiq qilinadi va har bir fan o‘zining tadqiqotdan ko‘zlangan maqsadi nuqtai nazaridan unga ta’rif beradi. Masalan, falsafa fani falsafiy nuqtai nazardan yondoshadi va sivilizatsiyaga, tarixiy jarayonning birligi va bu jarayon davomida insoniyat erishgan moddiy, texnikaviy va ma’naviy yutuqlar yig‘indisi, degan ta’rifni bersa, tarix fani, kishilik jamiyati rivojlanishining ma’lum bir bosqichi (masalan, Misr sivilizatsiyasi, Mesopatamiya sivilizatsiyasi va h.k); geografiya fani – geografik jihatdan farqlanuvchi birliklarni (masalan, Yevropa, Osiyo, Amerika, Afrika va b.q); dinshunoslik nuqtai nazaridan (xristianlik, islom va b.q.);.etnomadaniyat etnik madaniyatning yuqori darajaga eriguvi (Xitoy, Hind, Mayya, Grek-Rim va b.q) kabi ma’nolarni ifodalash uchun qo‘llanib kelinadi.
Aslida, sivilizatsiya tarixning, jamiyatning sifatiy o‘ziga xosligini, u yoki bu mamlakat doirasida amal qiladigan, ishlab chiqarish kuchlari, inson faoliyati, madaniyati tomonidan belgilanadigan umumijtimoiy qonuniyatlarning o‘ziga xosligini ifodalaydi.
sivilizatsiyaning mohiyatini tushunishda unga mansub bo‘lgan madaniyatning o‘rni va rolini anglash o‘ta muhim ahamiyatga ega. Agar ishlab chiqarish kuchlari sivilizatsiyaning moddiy asosini tashkil etsa, madaniyat ijtimoiy hayotning barcha sohalarini qamrab oladi, uning qiyofasini, o‘ziga xosligini belgilab beradi. Bu bilan madaniyat ijtimoiy hayotning tashkillashuvini, ya’ni sivilizatsiyaning shakllanishini, mavjud bo‘lishi va rivojlanishini belgilab beruvchi o‘ziga xos negiz, o‘q vazifasini o‘taydi.
Demak, sivilizatsiya madaniyatning aniq namoyon bo‘lishini, uning real mavjud hayotini aks ettiradi.(Qarang: Falsafa.Qomusiy lug‘at. Toshkent. Sharq matbaa nashriyoti. 2004 yil.)
Madaniyat nazariyasiga oid adabiyotlarda “sivilizatsiya” atamasining ishlatilishi dastlab fransuz mutafakkiri katta Mirabo(1715-1789)ning «Kishilarning do‘sti yoki aholi to‘g‘risidagi risola» asarida tilga olinganligi to‘g‘risida fikrlar mavjud. Lekin, so‘nggi davrlar adabiyotlarida sivilizatsiya atamasi bir muncha oldinroq ishlatilganligi to‘g‘risida ma’lumotlar ham uchraydi. Masalan, “sivilizatsiya” atamasini birinchi marta fransuz tarixchisi Lyusen Fevr (1878-1956) o‘zining “Sivilizatsiya: atamaning evolyusiyasi va g‘oyalar guruhi” nomli asarida mazkur atamani birinchi bor fransuz tarixchisi va filosofi Nikola Antuan Bulanje (1722-1759) щzining “Qadimiylik o‘z urf-odatlarini fosh qilmoq” nomli asarida ishlatganligini ta’kidlab o‘tadi: “Qachonki, yovvoyi xalq sivilizatsiyaga erishgan, ularga tugal va qarama-qarshi fikrlarni man qiluvchi qonunlar tortiq qilingan bo‘lsa, mazkur xalqni sivilizatsiyaga to‘liq erishgan deb bo‘lmaydi”. (Qarang: Bevenist E. Obщaya lingvistika. Moskva. Progress. 1974. s.387)
Albatta, mazkur fikrni baron Pol Anri Golbax(1723-1789) Bulanjening vafotidan so‘ng mazkur asarning xatolarini to‘g‘rilab, nashr qildiradi va o‘zining sivilizatsiya to‘g‘risidagi ayrim fikrlarini qo‘shadi va sivilizatsiya atamasini ko‘p marta ishlatadi hamda o‘zining “Jamiyatning tuzilishi”, “Tabiatning tarkibi” kabi asarlarida mazkur jarayonni ifodalovchi “sivilizatsiya”, “sivilizatsiyalashtirish”, “sivilizatsiyalashgan” kabi so‘zlarni ko‘p marta ishlatadi. Ana shu davrdan boshlab sivilizatsiya atamasi ilmiy muomalaga kira boshlaydi, hamda 1798 yili birinchi marta “Akademiya lug‘ati” deb nomalanuvchi lug‘at (slovar)ga kiritiladi.
Shveysariyalik tarixchi Jan Starobinskiy o‘zining tadqiqotlarida Bulanjeni ham, Golbaxni ham esga olmaydi va mazkur atamani birinchi marta fransuz iqtisodchisi Viktor Mirabo (1715-1791) “Insoniyatning do‘sti” nomli asarida ishlatganligini ta’kidlaydi. Shuningdek, fransuz tilshunosi Emil Benvenist (1902-1976) ham mazkur atamaning birinchi marta ishlatilishi Viktor Miraboga tegishliligi ekanligini ta’kidlaydi. Uningcha, fransuzcha civilisation (sivilizatsion)ancha kechroq paydo bo‘lgan.
sivilizatsiya atamasi shotlandiyalik tarixchi va faylasuf A.Fergyusson (1723-1816) asarlarida ham uchraydi. Uning fikriga ko‘ra, jahon tarixiy jarayonining ma’lum bir bosqichi sivilizatsiyadir.
Fransuz ma’rifatparvarlaridan Monteske, Volter va boshqalarning asarlarida sivilizatsiya atamasidan adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyatni ifodalashda qo‘llanadi. Chunki adolat va aql-idrokka asoslangan jamiyatgina kishilarga haqiqiy baxt-saodat olib kelishi, adolatsiz va bilimsizlikka asoslangan jamiyat esa kishilarga kulfat va nadomat keltirishi, insoniyatni ma’naviy-ma’rifiy tanazzulga yetaklashi ta’kidlanadi.
Shunday qilib, huquqiy ma’noni ifodalovchi mazkur atama, Angliyada
ham ijtimoiy ma’no-mazmunni ifodalay boshlagan
sivilizatsiya atamasi 1772 yildan so‘ng, ya’ni Miraboning asari chop qilingandan 15 yil o‘tgach, matbuotda qo‘llanila boshlangan.
Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalarining mohiyatini aniqlashda sivilizatsiyani madaniy rivojlanishning muayyan bosqichi, pog‘onasi, deb tushunish maqsadga muvofiqdir. Masalan, amerikalik etnograf va arxeolog L’yuis Morgan (1818-1881) «Qadimgi jamiyat» asarida sivilizatsiyaga insoniyat tarixining o‘ziga xos davri, jamiyat rivojining bir bosqichi, ya’ni madaniyatning asosiy pog‘onasi degan ta’rifni beradi. U sivilizatsiya tushunchasini aniqlashda yovvoyilik va johillik davrlarini insoniyatning ilm-fan va texnikani egallagan davri bilan solishtiradi.
Agar insoniyat tarixining eng dastlabki davri - ibtidoiy jamoa tuzumi davriga e’tibor bersak, o‘sha davrda yashagan turli xil qabilalar hozirgi davrda nazarda tutiladigan madaniy taraqqiyot - sivilizatsiyaga erishmaganlar. Taxminan eramizdan avvalgi 5 ming yilliklarga kelibgina yer yuzining ayrim mintaqalarida, ayniqsa, Sharqda (qadimgi Shumer, Misr) sivilizatsiyalar vujudga kela boshladi. Chunki kishilar hali ibtidoiy jamoa tuzumi davrida, sivilizatsiya me’yorlari hisoblanuvchi na moddiy, va na ma’naviy boyliklarni yarata olmaganlar.
sivlizatsiya tushunchasiga turli davrlarda, turlicha ta’rif berish ko‘zga tashlanadi. Olimlar sivilizatsiya tushunchasini quyidagi ta’riflar orqali ifodalaganlar.
1.Insoniyatning ibtidoiy davrni ortda qoldirib, insoniylik qiyofasi va turmush tarziga o‘tishi davrini ifodalovchi tushuncha.
2.Insoniyatning madaniy jihatdan taraqqiy etgan bosqichini ifodalovchi tushuncha.
3.Muayyan tarixiy-hududiy taraqqiyotni anglatuvchi, ya’ni etnik va ijtimoiiy tarixiy tuzilmaning vujudga kelishi, taraqqiyoti hamda tanazzulini anglatuvchi tushuncha.
sivilizatsiya atamasining ilmiy muomalaga kirishi va uning tadqiqot ob’ektiga aylanishida shotlandiyalik olim Adam Fergyusonning xizmatlari katta. U “Fuqarolik jamiyati tarixining tajribalari” nomli asarida insoniyat tarixini quyidagi uch bosqichga: yovvoyilik, vahshiylik va sivilizatsiyalashgan jamiyatlarga bo‘lib o‘rganish masalasini ilgari surgan. Lekin XX asr boshlariga kelib, mazkur yondoshuv o‘z ahamiyatini yo‘qotadi, va uning o‘rnini tarixni davrlarga (sikllar)ga bo‘lib o‘rganish g‘oyasi egallaydi.
Mazkur yondoshuvning tadqiqot ob’ektiga aylanishida Angliyalik arxeolog Gordon Chayld (1892-1957)ning roli beqiyosdir. U sivilizatsiyaning asosiy belgilari sifatida quyidagilarni ilgari suradi.
1.Sinflar va tabaqalarning mavjudligi. 2.Davlat tuzimining mavjudligi. 3.Yozuvning (ixtiro qilinganligi) mavjudligi. 4.Soliq tizimning mavjudligi. 5.Savdo-sotiqning rivojlanganligi. 6.Kasb-hunarning shakllanganligi. 7.Shaharsozlikning rivojlanganligi. 8. Maho-
batli qurilishlar (diniy inshootlar, saroylar va boshqalarning) qurilganligi. 9.Fan va san’at kurtaklarining shakllanganligi. 10.Yerni meros qilib qoldirish imkoniyatining mavjudligi..
Albatta yuqorida sanalgan belgilar orasida sivilizatsiya atamasiga tegishli, ya’ni sivilizatsiya atamasining lug‘aviy ma’nolaridan biri «shahar» ma’nosini anglatishning o‘zi ham atamaning shaharcha turmush tarzi va shahar madaniyatini nazarda tutayotganligini ko‘rsatadi.
Amerikalik tarixchi va etnograf Lyuis Morgan (1818-1881) ta’kidlaganidek, sivilizatsiya - insoniyat madaniyatining va jamiyat rivojining bir bosqichi, insoniyat tarixining o‘ziga xos bir davridir.
Fransuz faylasufi Jan Jak Russo (1712-1778) o‘z asarlarida insoniyat tomonidan yaratilgan madaniyat tabiatga tajovuz qilish natijasida uning tabiiyligiga rahna soldi, deb ta’kidlaydi. U o‘zining bu fikrini ilgari surarkan insonning o‘z ehtiyojlarini to‘laroq qondirishga bo‘lgan intilishlari bir tomondan tabiiy resurslardan pala-partish, ochko‘zlarcha foydalanishga olib kelganligi, ikkinchi tomondan, tabiatning ichki qonuniyatlarini bepisandlik bilan buzishi tabiatning tabiiyligiga tajovuz qilishga olib kelganligini ta’kidlaydi.
Shuningdek, J.J.Russo bu masalaga chuqurroq kirib borib madaniyatsiz insoniyatning kundan-kunga o‘sib boruvchi ehtiyojlarini qondiruvchi ikkinchi tabiatning bo‘lishi mumkin emasligiga ham alohida e’tibor beradi. Uning fikriga ko‘ra mehnatning tarixiy taqsimoti insoniyat madaniy-tarixiy jarayonini nafaqat rivojlanish bosqichiga olib chiqdi, balki kishilar o‘rtasidagi tabiiy munosabatlarga ham rahna soldi. Aqliy mehnat bilan shug‘ullanuvchi turli xil tabaqalarning paydo bo‘lishi, ayrim tabaqalarning boshqalariga tobe bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Sivilizatsiyalarning yemirilishiga ijtimoiy tengsizlik, ya’ni kishilarning mulk va mehnat vositalariga egaligidagi tengsizlik sabab bo‘lgan. Birinchi bo‘lib bir bo‘lak yerni o‘rab olib, «bu yer meniki», deb e’lon qilgan va bunga boshqa soddadil kishilarni ishontira olgan kishi bir tomondan zamonaviy jamiyatga asos solgan kishi hisoblansa, ikkinchi tomondan kishilar va tabiat o‘rtasidagi tabiiy munosabatlarga rahna solgan, sivilizatsiyalarning asta-sekin yemirilishini qonuniyat tusiga olib kirdi, deb yozadi, Jan Jak Russo o‘zining «Emil yoki tarbiya to‘g‘risida» nomli asarida.
U «Fanlarning ma’naviyatga ta’siri» nomli asarida o‘zi yashab turgan davrni sivilizatsiya davri, deb hisoblaydi. Lekin bu sivilizatsiyani tengsizlik sivilizatsiyasi deb ataydi. Chunki bu sivilizatsiya, uningcha, bir tomondan kishilarning tabiatga mensimasdan tajovuz qilishi hisoblansa, ikkinchi tomondan, tabiatdan olayotgan boyliklarning teng taqsimlanmayotganligini, uchinchi tomondan esa, bu sivilizatsiya hammaga bir xil farovonlik olib kelmayotganligini ta’kidlab o‘tadi.
Albatta, J.J.Russo o‘zining bu fikrlari bilan madaniyat va sivilizatsiyaga qarshi chiqmaydi. U madaniyatga, shu jumladan, fanga hujum qilmayotganligini, balki ezgulikni himoya qilayotganligini ta’kidlab o‘tadi.
2.O. Shpenglerning G‘arb sivilizatsiya to‘g‘risidagi qarashlari. Nemis faylasufi Osvald Shpengler (1880 – 1936) madaniyat hodisasiga katta e’tibor bilan qaraydi. Shpenglerning “Yevropa quyoshining botishi” nomli asarida (1918 yilda nashr etilgan) ilgari surilgan fikrlar “inson ruhi”ga asoslanadi. U inson shaxsini madaniyatning haqiqiy yaratuvchisi va harakatlantiruvchi kuchi sifatida talqin etadi.
O.Shpengler o‘zining asarida sivilizatsiyaga texnik-mexanik elementlarning umumiy yig‘indisi degan ta’rifni bersa, madaniyatni xalqning umum qalbini aks ettiruvchi va muayyan hayotiy jarayonni yashovchi biqiq organizm deb ataydi. Uningcha, sivilizatsiya induvidual taqdirga ega bo‘lgan, tug‘ilish, ravnaq topish va o‘lish davrlaridan iborat bo‘lgan ayrim jamiyatdir. Faylasufning fikriga ko‘ra, madaniyat vaqtda cheklangan. sivilizatsiyaning, ya’ni texnik taraqqiyot va sanoatning yuksalishi, yirik shaharlarning tezlikda ko‘payishi, siyosat, fan va iqtisodiyot sohasidagi eng yirik muammolarning paydo bo‘lishi madaniyatning halok bo‘lishini anglatadi. Xalqning tabiiy-insoniylik qalbini nobud qiladi. Madaniyat inqirozi jamiyat, xalq va millatni albatta halokatga olib keladi. Shpenglerning fikriga ko‘ra madaniyat quyidagi uch davrni bosib o‘tadi. Birinchisi tayyorlov davridir, ya’ni xaos (tartibsizlikning dastlabki holati, bolalik va kuchning to‘planishidir). Keyin madaniyat davri boshlanadi. Bu davr muayyan madaniyatning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga oshirishdir, sur’atli ijodiyotdir. Ana shu davrda barcha ma’naviy qadriyatlar shakllanadi, diniy e’tiqod mustahkamlanadi, metafizika (falsafiy tafakkur usullari) tizimlari tuziladi, san’atning noyob sohalari, yuksak saviyali asarlari vujudga keladi. So‘ngra, madaniyat o‘zining uchinchi, oxirgi davri – orqaga ketish davri, ya’ni sivilizatsiya davriga qadam qo‘yadi. Bu davrda ma’naviy hayot so‘na boshlaydi, diniy e’tiqod susayadi, falsafiy ta’limotlar yuzaki bo‘lib qoladi, san’at ham o‘ladi.
Madaniyatning yaqinda erishgan yutuqlari asta-sekin xotiradan chiqib boradi. Insonlar biologik mavjudotlarga aylanib qoladi. Mazmunsizlik, zoologiya hukmronlik qila boshlaydi, - deb yozadi Shpengler, - hamma narsaga befarqlik boshlanadi. Madaniy organizm tarixiy hodisa sifatida o‘ladi. Lekin bu hamma inson o‘lib ketishini eslatmaydi, balki ular faqat biologik mavjudot sifatida yashaydi.1
Demak, uning fikriga ko‘ra sivilizatsiya - jamiyatni maqtanarli holatga olib kelmaydi, balki jamiyatni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya har qanday madaniyatning tugallanuvchi bosqichi hisoblanadi.
O.Shpengler umuminsoniy madaniyat haqidagi an’anaviy g‘oyani rad etib, uni bir qancha mustaqil, o‘ziga xos va o‘zaro (bir-biridan ajaralib turuvchi) individual madaniyatlarga ajratadi. Ularning har biri o‘zidan oldingi sivilizatsiyalar: Misr, Hindiston, Bobil, Xitoy, Yunon-Rim, Vizantiya-arab, Mayya madaniyatlaridan ta’sirlanganli-gini ta’kidlab o‘tadi. Uningcha, har bir madaniyat insoniyatga "go‘zal, jo‘shqin va hayotbaxsh umrni boshdan kechirish" uchun yagona imkoniyat beradi.
Shpenglerning ta’kidlashicha, madaniyatlarning har biri, o‘ziga xos, rivojlanish, yuksalish va belgilangan umr kechirish muddatiga ega.
Uningcha, har bir madaniy-tarixiy jarayon yoshlik, kamolot, qarilik va o‘lish – halok bo‘lish davrlarini boshdan kechiradigan tirik organizm singaridir. sivilizatsiyalarning har biri ikkita asosiy bosqichni - yuksalish va tanazzul(sivilizatsiya) bosqichlarini bosib o‘tadi.
Birinchi bosqichda madaniyat va san’atning barcha sohalarida rivojlanish, yuksalish sodir bo‘ladi,
Bu bosqichning ikkinchi davrida yuz bergan, ya’ni qotib qolgan, turg‘unlikni boshdan kechirgan, o‘lim holatida bo‘lgan tarixiy-madaniy jarayonda asta-sekinlik bilan o‘zgarish – jonlanish sodir bo‘la boshlaydi. Natijada, texnologik jarayonlarda tub o‘zgarishlar yuzaga keladi, hayotda, ijtimoiiy jarayonlarda gullab-yashnash davri sodir bo‘ladi, ommaviy jo‘shqinlik, texnologik sur’atlar ko‘zga yaqqol tashlana boradi, madaniyatda jonli organizmdagi singari yasharish jarayoni yuzaga keladi.
O. Shpenglerning xizmati shundaki, u XX asr G‘arbiy Yevropaning zamonaviy madaniyatining fojiasini birinchilardan bo‘lib his etgan va bu to‘g‘risida bong urgan edi.
O.Shpenglerning “Yevropa quyoshiningbotishi” asari nafaqat G‘arbiy Yevropa, shuningdek Shimoliy Amerika (AQSh)madaniyatining XX asr, balki keyingi davrlarda sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan tanazzulining sabablari va oqibatlarini tahlil qilib bergan asardir.
Uningcha, sivilizatsiya – u yoki bu madaniyatning eng yuqori bosqichga ko‘tarilganligini yoki ijtimoiy taraqqiyotning eng yuksak darajasini ifodalovchi, ilm hamda texnik taraqqiyotning yuksak bosqichga ko‘tarilganligini, san’at va adabiyotning tanazzulga uchraganligini anglatuvchi tushunchadir.
O.Shpenglerning fikriga ko‘ra, sivilizatsiya - texnik-mexanik elementlarning umumiy yig‘indisi, madaniyat esa, xalqning umum qalbini aks ettiruvchi va muayyan hayotiy jarayonni yashovchi biqiq organizmdir. U induvidual taqdirga ega bo‘lgan, tug‘ilish, ravnaq topish va o‘lish davrlaridan iborat bo‘lgan ayrim jamiyatdir.
Madaniyat vaqtda cheklangan. sivilizatsiyaning, ya’ni texnik taraqqiyot va sanoatning yuksalishi, yirik shaharlarning tezlikda ko‘payishi, siyosat, fan va iqtisodiyot sohasidagi eng yirik muammolarning paydo bo‘lishi madaniyatning halok bo‘lishini anglatadi. Xalqning tabiiy-insoniylik qalbini nobud qiladi.
Madaniyat inqirozi jamiyat, xalq va millatni albatta halokatga olib keladi.
Shpenglerning fikriga ko‘ra madaniyat quyidagi uch davrni bosib o‘tadi. Birinchisi tayyorlov davridir, ya’ni xaos (tartibsizlikning dastlabki holati, bolalik va kuchning to‘planishidir).
Ikkinchisi, madaniyat davridir. Bu davr muayyan madaniyatning ichki imkoniyatlarini yuzaga chiqarish va amalga oshirish, sur’atli ijodiyotdir. Ana shu davrda barcha ma’naviy qadriyatlar shakllanadi, diniy e’tiqod mustahkamlanadi, metafizika (falsafiy tafakkur usullari) tizimlari tuziladi, san’atning noyob sohalari, yuksak saviyali asarlari vujudga keladi.
Uchinchi davriga kelib esa, madaniyat o‘zining oxirgi davriga qadam qo‘yadi, ya’ni, orqaga ketish davri, sivilizatsiya davri boshlanadi. Bu davrda ma’naviy hayot so‘na boshlaydi, diniy e’tiqod susayadi, falsafiy ta’limotlar yuzaki bo‘lib qoladi, san’at ham o‘ladi.
Oxirgi, uchinchi davrda:
a)madaniyatning yaqinda erishgan yutuqlari asta-sekin xotiradan chiqib boradi;
b)insonlar biologik mavjudotlarga aylanib qoladi;
s)mazmunsizlik hukmronlik qila boshlaydi, hamma narsaga befarqlik boshlanadi;
d)madaniy organizm tarixiy hodisa sifatida o‘ladi. Lekin bu hamma inson o‘lib ketishini eslatmaydi, balki ular faqat biologik mavjudot sifatida yashaydi.
Demak, uning fikriga ko‘ra sivilizatsiya - jamiyatni maqtanarli holatga olib kelmaydi, balki jamiyatni mushkul ahvolga solib qo‘yadi. Shuning uchun ham sivilizatsiya har qanday madaniyatning tugallanuvchi bosqichi hisoblanadi.
3.L.Morgan, O.Toynbi va V.Mirabolarning siviliatsiyalar to‘g‘risi- dagi qarashlari. sivilizatsion jarayonlar va ularning ko‘rinishlari.
A.Toynbi (1889-1975) ning fikriga ko‘ra, sivilizatsiya – asosini din va aniq texnologik taraqqiyot tashkil etadigan, ma’lum bir hudud va zamonda sodir bo‘ladigan o‘ziga xos ijtimoiy-madaniy fenomen(noyob hodisa)dir. Shuningdek, u sivilizatsiya atamasidan o‘ziga xos boshqa jamiyatlar va davrlardan ajralib turuvchi, cheklangan yopiq jamiyatni ifodalash uchun foydalangan. Uningcha har bir sivilizatsiyalar a)vujudga kelish; b)o‘sish; s)tanazzul; d)yemirilish bosqichlarini bosib o‘tadi.
Toynbi o‘zining 12 jildlik yirik asari «Tarix tadqiqoti» asarida turli xalqlarning turli davrlardagi madaniy hayotini tahlil qiladi va biror bir xalqda madaniy taraqqiyot uchun maxsus embrion (maxsus kurtak) mavjud emasligini ta’kidlab, madaniy taraqqiyot va tanazzul barcha xalqlar madaniyatiga xos xususiyat ekanligini, lekin bu jarayonlar turlicha darajalar va ko‘rinishlarda sodir bo‘lishini ta’kidlaydi.
“Tarixni anglash” nomli asarida esa, mustaqil sivilizatsiyalarni sanab o‘tadi. Uning fikricha, birgina dinning o‘zi madaniyatning xilma-xil shakllanishlarini bir-biri bilan bog‘lashi mumkin.
Anorld Toynbi o‘zining sivilizatsiya to‘g‘risidagi qarashlarida 37, hatto 39 tagacha sivilizatsiyalar to‘g‘risida fikr yuritadi. Ularning 13 tasini qaram bo‘magan sivilizatsiyalar deb atasa, qolganlarini tarmoqlanish natijasida vujudga kelgan “ikkinchi darajali” sivilizatsiyalar deb ataydi.
Uningcha, XX asrga kelib, insoniyat tarixida vujudga kelgan sivilizatsiyalarning 10 tasigina saqlanib qolganligini, ularning 8 tasi g‘arb sivilizatsiyasi ta’siri ostida assimilatsiya (tanazzulga uchrash) darajasiga yetib kelgan. Shunga qaramasdan, har bir sivilizatsiya ma’naviy va diniy nuqai nazardan olib qaraganda yagona tizim ko‘rinishiga ega bo‘lgan. U madaniy tanazzullarning qay darajada kechishi xalqning ong-tafakkurida vujudga keladigan, tanazzulning o‘ta chuqurlashib ketmasligi oldini olish yo‘llarini belgilab beruvchi g‘oyalarning ilgari surilishi, tanazzul natijasida yo‘qolib ketadigan madaniy boyliklar va merosga bo‘lgan munosabatning qay darajadaligiga bog‘liqligini ta’kidlab o‘tadi.
Shuningdek, Toynbi sivilizatsiyalarni amalga oshiruvchi kuchlar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tarkan, bu kuchlarni xalqni o‘z orqasidan ergashtira oluvchi tarixiy va buyuk shaxslar hamda sivilizatsiyalarni amalga oshirish yo‘llarining nazariy asoslarini ko‘rsata oluvchi tafakkur egalari va xalqni ilhomlantira oluvchi ijodkorlar qatlamidan iborat deb hisoblaydi.
Uning fikriga ko‘ra, sivilizatsiyalarni amalga oshirgan mazkur qatlamlar ro‘y berayotgan tezkor jarayondan foydalanib hokimiyat tepasiga keladilar. Lekin ular sivilizatsiyaning uchinchi bosqichi, ya’ni tanazzul davriga kelib o‘z siyosiy mavqelarini yo‘qotadilar va to‘rtinchi bosqich - barham topish bosqichida hokimiyat tepasidan ketadilar.
Albatta, Toynbi sivilizatsiyaning uchinchi va to‘rtinchi bosqichlarida sodir bo‘ladigan jarayonlarni batafsil tasvirlab, sivilizatsiyani amalga oshirgan kuchlarning so‘nggi ikkala bosqichga kelib tarixiy-madaniy jarayonning talablariga javob bera olmasligi hokimiyatni boshqara olmay qolishlariga sabab bo‘lishini, ularning xalq orasidagi nufuzining tushib ketishi, davlatni kuch orqali boshqarishga o‘tishi va oxir-oqibat hokimiyatdan ketishiga majbur bo‘lishini ko‘rsatib o‘tadi.
Aynan, Toynbi qadimgi Misr, Shumeriylar, Xitoy, Mayya va And sivilizatsiyalarini iqlimning tub o‘zgarishlari natijasida; qadimgi Minoy (Krit orolida vujudga kelgan) sivilizatsiyasi esa, yangi yerlarni egallashga bo‘lgan harakat natijasida; ellinlar sivilizatsiyasi qo‘shni davlat (qadimgi Rim)ning kutilmaganda hujum qilishi natijasida barbod bo‘lganligini, o‘z navbatida Qadimgi Rim sivilizatsiyasi esa, diniy tashkilot va ta’limotlarning jamiyat ma’naviy hayotidagi ustunlikka erishishi, ishlab chiqarish munosabatlarining orqaga ketishi, diniy tashkilotlarning ham iqtisodiy, ham ma’naviy hayot va davlat boshqaruvidagi ustunlikni qo‘lga olishi natijasida barbod bo‘lganligini ko‘rsatib o‘tadi.
Arnold Toynbi o‘z asarida quyidagi sivlizatsiyalarni sanab o‘tadi.
1.And sivilizatsiyasi. (Janubiy Amerikaning And tog‘larida vujudga
kelgan sivilizatsiya). 2.Qadimgi Xitoy sivilizatsiyasi. 3.Minoy sivilizatsiyasi. Mil.avv. III-II ming yilliklar oralig‘ida Krit orollarida sodir bo‘lgan deb taxmin qilingan sivilizatsiya. 4.Shumeriylar sivilizatsiyasi. 5.Mayyalar sivilizatsiyasi. 6.Shom – Suriya sivilizatsiyasi. 7.Qadimgi hind silizatsiyasi. 8.Xettlar sivilizatsiyasi. Mil.avv. 18-12 asrlarda Kichik Osiyo hududida vujudga kelgan podsholik. Xettlarning insoniyat madaniy taraqqiyotiga qo‘shgan ulkan hissasi - qurib ulgurmagan sopol parchalariga tushirilgan ideografik (yunoncha – “fikrni ifodalash”) yozuvni kashf qilganliklaridadir. Qadimgi Shumeriylar, misrliklar va xitoy yozuvlari ham ideografik yozuv hisoblanadi. (Sovetskiy ensiklopedeskiy slovar. 481, 597-betlardagi suratlarni ko‘chirish zarur.)
8.Ellinlar - qadimgi yunon sivilizatsiyasi. 9.G‘arbiy Yevropa sivilizatsiyasi.
10. Uzoq Sharq – Koreya va Yaponiya sivilizatsiyasi. 11.Xristianlikning pravosla oqimiga asoslangan Vizantiya va Bolqon sivilizatsiyasi. 12.Rossiya-ning pravoslav sivilizatsiyasi. 13.Uzoq Sharq sivilizatsiyasi. 14.Eron - Fors sivilizatsiyasi. 15.Arab –musulmon sivilizatsiyasi. 16.Qadimgi yahudiy sivilizatsiyasi. 17.Qadimgi Meksika sivilizatsiyasi. 18.Qadimgi Yukatan (Hozirgi Meksika hududi) Janubiy Amerika sivilizatsiyasi. 19.Qadimgi Bobil sivilizatsiyasi. 20. Umuman olganda Arnold Toynbi har qanday sivilizatsiya jamiyat a’zolarining ma’naviy takomil darajasiga erisha olganligining natijasi, deb hisoblaydi.
Sivilizatsiya atamasining muomalaga kiritilgan davridagi ma’nosi (XVIII asr oxiri) bevosita sanoat ishlab chiqarishini o‘zida mujassamlashtirgan shaharlar hayotini anglatishi tabiiy edi. Lekin keyinchalik mazkur atamani ifodalovchi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotda shaharcha turmush tarzi keyingi o‘ringa tushib ketadi. Oldingi o‘ringa hozirgi davrda inobatga olinayotgan iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy va ma’naviy-madaniy taraqqiyotni belgilab beruvchi boshqa omillar, ayniqsa, inson, uning erkinligi, farovon hayoti, huquqlarining himoya qilinishi, ya’ni jamiyatda qonun ustivorligi kabi omillar nazarda tutiladi.
Xulosa qilib aytganda, sivilizatsiya, birinchidan, insoniyatning farovonligini ta’minlaydigan, adolat to‘g‘risidagi azaliy orzularini ruyobga chiqaradigan jamiyat bo‘lsa, ikkinchidan, insoniyatni halokatga olib boruvchi, ahloqsizlik, adolatsizlik va yovuzlik hukmron bo‘ladigan, insonni insoniylik qiyofasidan marhum etuvchi jamiyatdir. Albatta bu ikkala qarash madaniyat va sivilizatsiyalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish hisoblanadi.
Hozirgi kunda ko‘plab olimlarning asarlari, ilmiy va ma’lumotnoma adabiyotlarida sivilizatsiya jamiyat rivojlanishining ma’lum bir bosqichini, ya’ni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan o‘zining madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turuvchi jamiyatni ifodalovchi tushuncha sifatida talqin qilinadi.
3.Sivilizatsiya masalasiga zamonaviy yondoshuvlar: a)unitar (yaxlit ko‘rinishdagi); b)bosqichli; s)mahalliy-tarixiy yondoshuv.
Bugungi kunda sivilizatsiyalashgan jamiyatni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan farqlash uchun quyidagi belgilarga alohida e’tibor berilmoqda:
  1. Jamiyatning xo‘jalik, harbiy va boshqa hayotiy faoliyat sohalarini


muvofiqlashtiruvchi boshqaruv tizimi va tashkilotlarga ega bo‘lgan davlatning mavjudligi.


  1. Boshqaruv va xo‘jalik faoliyatini yuritish uchun zarur bo‘lgan yozuvning


Mavjudligi. Yozuv hamiyat hayotini o‘zgartirib, ijodiy kuch va qobiliyatlarini rivojlantiradi, aqliy, axloqiy va badiiy estetik jihatdan takomillashadi.


  1. Ajdodlardan o‘tib kelayotgan an’anaviy qonun-qoidalar va huquqiy


normalar yig‘indisining mavjudligi. sivilizatsiyalashgan jamiyatda qonunlar sistemasining kelib chiqishi, mavqei, e’tiqodidan qat’iy nazar aholining barcha qatlamlari qonunlar tizimiga qat’iy bo‘ysunadi. Vaqtlar o‘tishi bilan sivilizatsiyalashgan jamiyatlarda qonunlar yozuv orqali mustahkamlanib borgan. Chunki, yozma qonunlar sivilizatsiyalashgan jamiyatning, urf-odatlar esa sivilizatsiyalashmagan jamiyatlarning asosiy belgilari hisoblanadi.


Albatta sivilizatsiya belgilarining barchasi birdaniga yuzaga kelmasligi, biri ertaroq, ikkinchisi bir muncha keyinroq vujudga kelishi mumkin. Yuqorida ko‘rsatilgan belgilarning bo‘lmasligi esa jamiyatni tanazzulga olib keladi. sivilizatsiyalashgan jamiyatda eng avvalo insonga alohida e’tibor beriladi, uning haq-huquqlari hisobga olinadi. Jamiyatning siyosiy va xo‘jalik yuritish mexanizmi bekamu-ko‘st ish yuritadi, insonning yaratuvchilik faoliyati uchun mo‘tadil imkoniyatlar yaratiladi. Qaysiki davrda inson omiliga, insonning buyuk bunyodkorlik salohiyatiga e’tibor berilgan bo‘lsa, o‘sha davrda jamiyat taraqqiyoti, uning moddiy va ma’naviy hayoti eng yuqori daraja - sivilizatsiyaga ega bo‘lgan. Misol tariqasida qadimgi Yunon va Rim, VIII-IX asrlar Xitoy va IX-XII asrlar arab-islom dunyosi, XVI-XVII asrlar G‘arbiy Yevropa sivilizatsiyalarini olib ko‘rish mumkin.
Sivilizatsiya - bu eng avvalo madaniy taraqqiyotdir. sivilizatsiyalar turli ko‘rinishlarda bo‘ladi. sivilizatsiya bir davlat hududida yoki bir davlatning ikkinchi bir davlatda o‘z hukmronligini o‘rnatish orqali, shuningdek, sivilizatsiyalar bir vaqtning o‘zida bir nechta mintaqada yoki birin-ketin kelishi ham mumkin.
Sivilizatsiya to‘g‘risida ilgari surilgan barcha tushunchalarni tahlil qilsak ularning mazmun-mohiyati muayyan jamiyatning ijtimoiy va moddiy taraqqiyotga erishganlik darajasini bildirishini anglab yetamiz.
4.E.Tofler va S.Xantingtonlarning zamonaviy siviliazsiyalar to‘g‘risidagi qarshlari. Amerikalik filosof, sotsiolog va futurolog
Elvin Toffler (1928-2016)ning fikriga ko‘ra, insoniyat informatsion yoki podindust-rial jamiyatga o‘tish davrida quyidagi ikki bosqichni: birinchi bosqichda yuqori agrar (dehqonchlik) to‘lqinni, ikkinchi bosqichda esa industrial (yuqori texnologiyaga asolangan) jamiyat bosqichini bosib o‘tadi, XX asr oxiri va XX1 asrda esa, nihoyatda murakkab jarayonlar va hodisalar, ijtimoiy konfliktlar va global muammolar bilan yuzma-yuz keladi.
Elvin Toflerning “Uchinchi to‘lqin” nomli asarida ko‘rsatilgan konsepsiyaga ko‘ra, insoniyat bir-biri bilan almashib turadigan qudratli to‘lqin, ya’ni birining o‘rnini boshqasi egallaydigan, dengiz to‘lqini kabi tabiat va jamiyat hayotida sodir bo‘ladigan kuchli jarayonlar bilan yuzma-yuz keladi va bu jarayon ichida yashashga majbur bo‘ladi.
Uningcha, birinchi to‘lqin – bu agrar nqilobning natijasi bo‘lib, u ovchilik va termachilik o‘rnini egallagan. Ikkinchi to‘lqin – bu industirial inqilob natijasi hisoblanadigan nuklear (farzandlari bor) oila, konveyer shaklida bilim olish hamda korporotiv (manfaatlari cheklangan) industrial jamiyat. Uchinchi to‘lqin – intellektual inqilob, ya’ni industrial jamiyatdan keyingi (podindustrial) jamiyat natijasida vujudga keladigan turli-tuman submadaniyat va o‘ziga xos hayot kechirish jarayonlariga duch keladi. Kuchli axborotlashuvning katta ko‘lami moddiy resurslarning o‘rnini egallashi va asosan turli xil assotsiatsiyalarga uyushgan ishchilar uchun manba bo‘lib qoladi.
U insoniyat taraqqiyotini to‘lqinlarga qiyoslaydi va ularni qishloq xo‘jaligi, sanoatlashgan va sanoatdan keyingi davrlarga taqsimlaydi hamda bu to‘lqinlarning dunyo bo‘ylab yoyilishini barcha elat va millatlar ana shu to‘lqin domidan qochib keta olmasligini ta’kidlab o‘tadi.
Elvin Tofflerning “Uchinchi to‘lqin” asarida ta’kidlanishicha, ijtimoiiy taraqqiyotda quyidagi to‘rt soha – texno-, sotsio-, info- va psixosferalar (sohalar) o‘zaro aloqada bo‘ladi. Ushbu aloqadorlikning birinchi ko‘rinishi – texnosfearaning o‘rni va roli beqiyos katta ahamiyatga ega. Chunki, jamiyat hayotidagi barcha o‘zgarishlar manbalari texnologik inqilob bilan bog‘liq holda yuzaga kelgan, jamiyat hayotidagi o‘zgarishlarni hosil qilgan “Birinchi to‘lqin”da asosiy boylik yer hisoblanib, yerga ishlov berishga, agrar faoliyatga katta e’tibor berilgan bo‘lsa, «Ikkinchi to‘lqin»da ishlab chiqarish, ya’ni yirik korporatsiyalar faollik ko‘rsatganlar. “Uchinchi to‘lqin” avtomatika, elektronika va kompyuterlashtirishning jamiyat miqyosida keng tarqalishi va reaktiv samolyotlar, kasallikka qarshi mahsus tabletkalarni ishlab chiqarish bilan belgilanadi.
Tofflerning “birinchi to‘lqin” nazariyasida ommaviy jamiyatga xos bo‘lgan texnika va texnologik jarayonni ekvivalentligi kuzatilgan bo‘lsa , «Ikkinchi to‘lqin»da industrlashtirish ustivorlik qilgan, “Uchinchi to‘lqin” esa, iqtisodiy, ijtimoviy tuzulmaviy, fan va aloqalar tizimidagi o‘zgarishlar bilan belgilanadi.
Toffler fan va texnika taraqqiyotini insoniyatning umummadaniy taraqqiyotining asosini tashkil qiluvchi gumanistik manfaatlar bilan uyg‘unlashtirishni taklif qiladi.
Uningcha, uchinchi to‘lqin jarayonida ijtimoiy turmush tarzi tubdan o‘zgaradi, ya’ni bunda shaxsning ehtiyojini qondirishga katta e’tibor beriladi. Bu esa insonni bilish qobiliyatni o‘zgartirib, uni ijodkorlik tomon yo‘naltiradi. Oxir oqibat esa insonda shijoatkorlik, uddaburonlik, tadbirkorlik, tashabbuskorlik kabi ijobiy axloqi sifatlar shakllanadi.
«Ikkinchi to‘lqin»da boylik va yalpi ishlab chiqarish ustivor o‘rinni egallagan bo‘lsa, uchinchi to‘lqinda bilim va ijodkorlikka keng yo‘l ochib beriladi, uchinchi to‘lqin «Ikkinchi to‘lqin»ga nisbatan kuchli va murakkabroq ahamiyat kasb etadi. Chunki uchinchi to‘lqindagi murakkab o‘zgarishlar jarayoni global va o‘zaro sodir bo‘ladigan konfliktlarni o‘z ichiga qamrab oladi.
Tofflerning ta’kidiga ko‘ra, agar insoniyat mavjud muammolarga befarq qaraydigan bo‘lsa dunyo sivilizatsiyasi halokatga uchrashi muqarrar. Insoniyat quyidagi oltita yetakchi prinsiplardan tarkib topgan tizimni ko‘radi. Bu olti prinsip: a)standartlashtirish, b)ixtisoslashtirish, s)uyg‘unlashtirish, d)konsentratsiya, ye)yiriklashtirish (kattalashtirish) va j)markazlashtirish. Bu prinsiplarni industrial jamiyatning kapitalistik qanotiga ham, sotsialistik qanotiga ham birdek tatbiq qilish mumkin, negaki, ular bir manbadan – ishlab chiqarish bilan iste’molchi o‘rtasidagi ajralishdan muqarrar tarzda o‘sib chiqqan. Demak, mazkur prinsiplarni ma’lum ma’noda «dastur» deb atasa ham bo‘ladi. Bu «dastur» ―«Ikkinchi to‘lqin»«ning hamma mamlakatlarida qay bir darajada bo‘lmasin amal qiladi.
Tofflerning fikricha ―har qaysi sivilizatsiyaning o‘z yashirin kodi bor – bu kod bamisoli yagona bir rejadek, jamiyat hayotining barcha sohalarida aks etuvchi qoidalar yoxud prinsiplar tizimidir.
Butun sayyora bo‘ylab industrializmning yoyilishi bilan unga xos bo‘lgai noyob ichki reja ko‘zga tashlanadai va ishga tushib qetadi. Yuqorida ko‘rsatilgan oltita bir- biri bilan bog‘liq prinsiilar millionlarning fe’l-atvoriii belgilab beradi. Bu prinsiplar ishlab chiqarish bilan iste’mol o‘rtasidagi ajralishdai tabiiy ravishda o‘sib chiqadi va inson hayotining hamma jihatlariga – seks bilan sportdan tortib mehnat-u urushgacha ta’sir ko‘rsatadi. (Toffler E. Tretya volna.M.:OOO Izdatelstvo AST, 2004.)
Tofflerning fikricha hozirgi davrdagi muammolarni yechimini tarixiy taraqqiyotdan izlashimiz kerak “Uchinchi to‘lqin”ning mohiyatini tushunishimizga bizga bir narsa yordam beradi – biz sanoat inqilobidan avval “Birinchi to‘lqin” iqtisodiyoti ikki sektordan tarkib topganini anglab olishimiz kerak. A sektorda odamlar o‘zlarining foydalanishlari uchun mahsulot ishlab chiqarganlar, V sektorida esa sotish va almashtirish uchun mahsulot chiqarilgan. A sektorining ko‘lami juda katta edi, V sektori esa juda kichkina edi. Shuning uchun ko‘pchilik odamlarga ishlab chiqarish bilan iste’mol tirikchilikning yagona yumushiga aylanib qolgan edi.
Toffler madaniyat muassasalarining yuzaga kelishining sabab va oqibatlari haqida to‘xtalib quydagi xulosaga keladi. Hukumat vazirliklari, sport klublari, cherkovlar, savdo palatalari, kasaba uyushmalar, professional tashkilotlar, siyosiy partiyalar, kutubxonalar, etnik birlashmalar, birgalikda dam oluvchi guruhlar va yana minglab boshqa tashkilotlar «Ikkinchi to‘lqin» izidan paydo bo‘ldi.
Uningcha, insoniyat yer osti boyliklarini tugab borayotganligidan emas yoki atom energiyasini jilovdan chiqib ketayotganligidan emas, balki insonlarning ruhiy zo‘riqishlarni ko‘tara olmay qolishlari natijasida qirilib ketishlari mumkin. Shu o‘rinda nagohon quydagi savollar tug‘iladi. Ular bunday tobora kuchayib borayotgan hodisalar (18) bosimiga dosh bera oladilarmi, bilimlar, fan, texnika, axborotning turli ko‘rinishlari jiddiy ijtimoiy va ruhiy oqibatlarga olib kelmaydimi?
Elvin Toffler bunday ma’naviy hodisalar jumlasiga ekzotik mazhablar, osiy dorilfununlar, Arktikadagi ilmiy shaharchalar, Koliforniyadagi o‘zaro xotinlarini almashtirish klublari, kabilarni misol qilib keltiradi. O‘n ikki yoshida qarib qolgan bolalar, ellik yoshida ham o‘n ikki yoshida to‘xtab qolib, undan chiqolmagan kattalar; qashshoqlardek umrguzaronlik qiluvchi badavlat odamlar, butun vujudi bangiga o‘xshab qolgan kompyuter ijodkorlari, kir-chir liboslarga burkanib, o‘zining mavjud tartiblarga mute’ligini yashirib yuradigan anarxistlar va aksincha, ashaddiy anarxist qalbiga ega bo‘lgan konformistlar… hayotimiz sathida nimalar lipillab o‘tmadi, “pop” va “op” lar ham, kinetik san’at(nazariy mexanikaning dinamik va statikani o‘z ichiga olgan bo‘limi) ham... qulupnayxo‘rlar klublari, gomoseksualistlar uchun kinoteatrlar, stimulyatorlar va trankvilizatorlar(asabni tinchlantiradigan dorilar)… g‘azab, farovonlik, loqaydlik... haddan tashqari ko‘p loqaydlik... Mana shunday g‘aroyib, ayqash-uyqash manzarani psixoanalitiklarning professional lahjasiga murojaat, qilmay ekzistensialistlarning mahzun qoliplarini yordamga chaqirmay tushuntirib berib bo‘larmikin? Aftidan, hayotimiz qa’rida allaqanday g‘alati yangi jamiyat pishib kelmoqda. Uni tushunmoqqa anglab, rivojini to‘g‘ri yo‘lga solmoqqa bizning imkonimiz bormi? U bilan til topisha olarmikinmiz? (E.Toffler. Ko‘rsatilgan asar. 22-23-betlar.)
Tofflerning ta’kidlashicha, so‘nggi avlodning ko‘z o‘ngida sivilizatsiyaning birlamchi asosi bo‘lib kelgan qishloq xo‘jaligi ko‘pgina mamlakatlarda o‘zining hukmron mavqeini yo‘qotib qo‘ydi. Bugungi dunyodagi o‘ndan ortiqroq yirik davlatda qishloq xo‘jaligida mehnatga layoqatli aholining 15 foizidan kamrog‘i band. Ayni shu avlodning hayoti davomida jamiyat insoniyat tarixida birinchi marta o‘laroq nafaqat yelkasidan qishloq xo‘jalik bo‘yinturug‘ini uloqtirib tashladi, balki bir necha qisqa o‘n yilliklar mobaynida qo‘l mehnatining zulmidan ham xolos bo‘la oladi. Hech qachon insonning o‘zi yashab turgan joyga munosabati hozirgidek mo‘rt va beqaror bo‘lgan emas.
Postindustrial yoki informatsion jamiyat erasi texnologik rivojlanishlar oqibatida yuzaga keldi. Lekin barcha mamlakatlar bunga tayyor emas. Agar biz postindustrial jamiyatni ishlab mahsulot chiqarishdan xizmat qo‘rsatish sohasiga o‘tish deb tushunadigan bo‘lsak, bunda Buyuk Britaniya, ya’ni G‘arbiy Yevropa, Qo‘shma Shtatlar va Yaponiya davlatlarini postindustrial asriga kirgan desak bo‘ladi. Mazkur davlatlardan AQSh va Yaponiyanigina axborotlashgan jamiyat deb atash mumkin, chunki ularning ilmiy potensial va kashfiyotlarini ―yuqori texnologiyalar saviyasiga javob beradi, deb atashimiz mumkin.
Texnologik zinadan yuqoriga siljish uchun har qanday davlat quyidagi uchta shartga javob bersagina iqtisodiy barqarorlik va ijtimoiy rivojlanishga erisha oladi. 1. Mamlakatda siyosiy barqarorlik. Bu investorlarga bozorni o‘rganishga va ishlab chiqarish uchun sarmoya kiritish uchun qulay sharoit yaratadi. 2. Tadbirkor, ishbilarmon, muhandis va yuqori malakali ishchilarning yetarli darajada ekanligi. 3. Kadrlar tayyorlashda ta’lim tizimining sifatliligi. (Toffler, Elvin. Ko‘rsatilgan asar, 782-bet.)
Jamiyat sivilizatsiyasi tarixiga nazar tashlasak, ber necha informatsion revolyusiyalar sodir bo‘lganligini anglab yetishimiz mumkin. Birinchi revolyusiya yozuvning paydo bo‘lishi. Bu ulkan hajmdagi katta siljish hisoblanib, insoniyat egallagan bilimlarni avloddan avlodga qoldirish imkonini yaratdi. Ikkinchi revolyusiya (XVI asr o‘rtalari) nashriyot sohasidagi rivojlanish. Uchinchi revolyusiya (XIX asr oxiri) elektr tokining kashf qilinishi bilan bog‘liq. Bu esa cheklanmagan tarzda, tez va yuqori sifatda axborotni uzatish imkoniyatiga ega bo‘lgan telegraf, telefon, radioni yaratilishiga olib keldi.
To‘rtinchi revolyusiya ( XX asrning 70-chi yillari) mikroprotsessorlik texnologiyalarning va personal kompterlarning paydo bo‘lishi bilan uzviy bog‘liq. Mikroprotsessor va integral tizmalardan kompterlar, kompyuter tarmoqlari, axborotlarni uzatish tizimi (informatsion komunnikatsiyalar) paydo bo‘ladi. Bu davr o‘zida uchta fundamental innovatsiyalarni aks ettiradi: a)ma’lumotlarni qayta ishlashning mexanik va elektrik vositalarini, elektronlashtirish; b)bog‘lam (uzel), qurilma, uskuna, mashinalarni miniatyuriyalashtirish, (kichiklashtirish); s)dasturiy-boshqaruv protsessor va qurilmalarni yaratish.
Demak, hozirgi informatsion inqilob ―informatsion sanoatni oldingi o‘ringa qo‘ymoqda. Yapon olimlarining fikricha informatsion jamiyatda kopyuterlashtirish jarayoni insonlarga eng qulay va ishonchli manbalardan foydalanishlariga, eski noqulay vositalardan voz kechishga imkoniyat yaratdi.
Jamiyatni oldinga siljishida moddiy mahsulotni emas, informatsion mahsulotni ishlab chiqarish muhim rol o‘ynaydi.
Axborotlashgan jamiyatda nafaqat ishlab chiqarish balki, insonlarning hayot tarzi va qadriyatlar tizimi o‘zgaradi.
birinchi to‘lqin an’anaviy sivilizatsiya o‘rniga qishloq xo‘jaligi sivilizatsiyasini vujudga keltirgan bo‘lsa, ikkinchisi – bu sivilizatsiyani industrial sivilizatsiya bilan almashtirdi.
Uchinchi to‘lqin» asarida E.Toffler ―postindustrial jamiyat»ga o‘tish manzarasini yoritadi, ya’ni ―to‘lqinlar – bu tarix to‘lqinlari bo‘lib, uni insoniyat o‘z taraqqiyoti jarayonida o‘tib, sivilizatsiyani yaratadi . Bir – biridan keyin keluvchi bu to‘lqinlar uch harakatdan iborat tarix dramasini ko‘rsatuvchi fanni yaratadi: uch sivilizatsiya to‘lqini; industrial jamiyatgacha bo‘lgan (agrar) sivilizatsiya, industrial (sanoat) sivilizatsiya, va jamiyat infratuzilmasini va kishilar turmush tarzini o‘zgartiruvchi axborot texnologiyalar asosida postindustrial (kompyuter - axborotlashgan) sivilizatsiyadir.( 3 Toffler E. Tretya volna -M: AST, 1999, -.396-398-betlar)
Bunda E.Toffler bugungi kun uchun radikal, yangi bo‘lgan va kelgusi avlod turmushini tubdan o‘zgartiradigan axborotlashgan jamiyat elementlarini bayon etadi. E.Tofflerning fikriga ko‘ra, insoniyat agrar va industrial taraqqiyotdan o‘ta industriallashgan davrga o‘tmoqda. 50-yillardan boshlab sanoat ishlab chiqarishida, ta’minotda, kishilar turmushi va ehtiyojlarida keskin o‘zgarishlar paydo bo‘la boshladi. Industrial jamiyatda shakllangan umumiylik, stereotiplar, an’analar havfli, ya’ni rang-baranglikni yemiruvchi hodisalarga aylandi, «o‘ta industrial sivilizatsiya» (postindustrial jamiyat)da esa «kelajak avlodlar uchun mutlaq yangi institutlar va konstitutsiyalar» yaratiladi. «Uchinchi to‘lqin»ga o‘tish uchun yangi g‘oyalar, «kompyuter va sputniklardan tortib to videodisk va interaktiv televideniegacha zarurdir. Buning uchun ongli aksilmarkazlashtirilgan sinovlar o‘tkazish kerak bo‘ladi».(Qarang: Toffler E. ko‘rsatilgan asar,.696 -bet)
Albatta, E.Tofflerning «o‘ta industriallashgan sivilizatsiya» modelida mavhumlik, sub’ektivlik ko‘p. Biroq u G‘arb falsafasidagi industrial jamiyat hayotidan qoniqmaslik an’analarini ifoda etadi. «Uchinchi to‘lqin» asarida postindustrial jamiyat qurish kishilar uchun ijtimoiy ideal bo‘ladimi yoki bo‘lganmi degan savolga javob berilmaydi, natijada «uchinchi to‘lqin» sotsiologning xayoliy obrazi, ideal tasavvuri bo‘lib qoladi.
Uningcha yirik davlatlar (imperiyalar) mustaqil davlatlarga, yirik korporatsiyalar mahalliy firmalarga, yirik bizneslar mayda bizneslarga bo‘linmokda, ―konsennatsiyalashgan hokimiyat. yangicha sintezlashayotgan ikki butunlay qarama-qarshi tendensiya» karshishiga o‘tmokda.
Ushbu jarayon ―kuch (zo‘ravonlik), farovonlik va bilim» orqali sodir bo‘ladi
Amerikalik faylasuf va siyosatshunos S.Xantington “Sivilizatsiyalar to‘qnashuvi” asarida ta’kidlaganidek, “islom, konfutsiylik, yaponiya, hinduizm va pravoslav diniy e’tiqodiga asoslangan madaniyatlarni g‘arbning individualizmi, liberalizmi, kontitutsionalizmi, inson huquqlari, tenglik, ozodlik, qonun ustuvorligi, demokratiya, erkin bozor chaqiriqlarini qabul qilolmaydi. G‘arbning mazkur g‘oyalarni targ‘ibot qilishi sharqliklarning nafratini qo‘zg‘atadi, imperializmning inson huquqlari to‘g‘risidagi g‘oyalariga nisbatan nafrat uyg‘otadi, o‘zlarining azaliy qadriyatlari va madaniyatlarini yanada mustahkamlashga harakat qildiradi”.
Bugungi kunda Sharq mamlakatlari umumjahon sivilizatsiyadagi o‘z
o‘rnini nafaqat saqlab qolmoqda, shuningdek dunyoning iqtisodiy, siyosiy va madaniy taraqqiyotidagi o‘z ta’sir doirasini o‘tkazishga ham intilmoqda. Sharqning o‘ziga xos xususiyati shundaki, Sharq mamlakatlarida oilaviy rishtalar, oilaviy birdamlik, milliy qadriyatlarini asrab-avaylash, o‘zaro munosabatlarda nihoyatda ehtiyotkorlik bilan yo‘l tutish kabi fazilatlar G‘arb madaniyatidan farqlanib turishini ko‘rsatadi.
Sharq mamlakatlarida nihoyatda ma’naviy kuch qudratga ega bo‘lgan
buddaviylik, hinduizm, islom, konfutsiylik, sintoizm kabi diniy e’tiqodlar asrlar davomida nafaqat jamiyat, shuningdek, oilaviy munosabatlarda ham o‘zining ustunligini saqlab qolmoqda. Keyingi yillarda Sharq mamlakatlarida o‘ziga xos an’anaviylikka ega bo‘lgan fuqarolik jamiyati ham shakllanmoqda.
Xantingtonning ta’kidlashicha, xalqaro kun tartibidagi asosiy muammolar sivilizatsiyalar orasidagi farqlarni qamrab olmoqda. Qudrat kuch g‘arbdan g‘arbiy bo‘lmagan mamlakatlarga ko‘chib o‘tayotganligini ta’kidlab o‘tadi (Yuqorila ko‘rsatilgan asar, 14-bet)Natijada xalqaro siyosatda “biz” va “ular” degan tushuncha asosiy tushunchalardan biriga aylanmoqda.
Yirik ziddiyatlar yakunidagi yagona dunyo umidlari yuzaga kelgan bir paytda insoniyat tarixi mobaynida ikkita dunyo asosida fikrlashga, Odamlar o‘zlarini “biz” va “ular”ga, “guruh a’zolari” va “o‘zgalar”ga, “bizning sivilizatsiya” va “varvarlar”ga kabi bir-birini farqlashga moyilliklarini ko‘rsatmoqda.
Amerikalik siyosatshunos S.Xantington sivilizatsiyalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tarkan, insonlarning o‘zlari tarixiy sivilizatsiyalarning vujudga kelishi zarur bo‘lgan shart-sharoitlarni yaratib qo‘yganligi, shuningdek, keng ko‘lamli va o‘ziga xoslikni ta’minlaganliklarini ta’kilab, sivilizatsiya g‘oyasining XVIII asrda “varvarizm” tushunchasiga qarama-qarshi g‘oya sifatida fransuz faylasuflari tomonidan kashf etilganligini ta’kidlab o‘tadi. Uningcha, sivilizatsiyalashgan jamiyat ibtidoiy jamiyatdan ajralib turgan, chunki bu jamiyat barqaror, shaharlar turmush tarziga mos, shu bilan birga uning a’zolari ham farqli ravishda(Ko‘rsatilgan asar, 32-.bet) savodli bo‘lgan. sivilizatsiyalashish samarali, sivilizatsiyalashmaslik esa samarasiz bo‘lgan. Madaniyalashish tushunchasi jamiyatlarga baho berish tizimiga asos bo‘lgan, deb ta’kidlaydi.
Siyosatshunos madaniyat va sivilizasyaining farqli jihatlarini ko‘rsatib o‘tarkan, madaniyat tushunchasi kishilarning umumiy hayot kechirish jarayoniga aloqador, sivilizatsiya esa ulkan madaniyat birligidir ekanligini ta’kidlab o‘tadi. Uningcha, bu tushunchalar biror jamiyat shakllanishida muhim rol o‘ynagan omadli avlod vakillari yaratgan qarashlar va tuzilmalar, normalar va qadriyatlarni o‘z ichiga oladi va sivlizatsiyani ulkan madaniy o‘choq deb hisoblaydi.
Uningcha, sivilizatsiya eng katta madaniyatga ega bo‘lgan mohiyatdir. Madaniy xilma-xillikning turli xil darajalaridagi qishloqlar, dinlar, etnik guruhlar, millatlar, diniy guruhlarning barchasida yaqqol bir madaniyat mavjud.
Yevropa jamiyatlarini Xitoy va Xindiston jamiyatlaridan ajratib turuvchi madaniy unsurlar mavjud. Shunday ekan, xitoyliklar, hindlar va g‘arbliklar har qanday keng ko‘lamli madaniy qatlamning bir qismi bo‘lolmaydi. Ular alohida sivilizatsiyalarni tashkil etadi. Bir so‘z bilan aytganda, sivilizatsiya ko‘p sonli odamlar guruhidan tashkil topgan madaniy negizdir. sivilizatsiya bu insonlarga xos bo‘lgan, ularni boshqa jonzotlardan ajratib turadigan eng yuqori darajadagi madaniy tuzumdir. U til, tarix, din, urf-odatlar, muassasalar va odamlarning o‘z o‘ziga sub’ektiv yo‘l bilan aniqlik kiritishi orqali belgilanadi. sivilizatsiya eng katta “biz” bo‘lib, uning ichida biz o‘zimizni boshqa barcha mavzulardan ajralib turgan xolda, madaniy jihatdan makonimizda deb xis etamiz. (Ko‘rsatilgan asar, 36-bet)
Xalqlar madaniyati bir- biriga o‘zaro ta’sir qiladi va bir- birini to‘ldiradi. sivilizatsiyalar madaniyatining o‘xshashlik darajasi yoki bir- biridan farq qilishida ham tafovutlar mavjud. Shunga qaramay sivilizatsiyalar bu bir mazmunli hodisalardir. Va ular o‘rtasidagi yo‘nalishlar keskin bo‘lsa-da baribir haqiqatdir. Boshqa tomondan esa, sivilizatsiyalar to‘xtagandek tuyilishi mumkin, ammo ular juda uzoq vaqt davomida mavjud bo‘ladi; ular rivojlanadi, moslashadi, ularning o‘ziga xosligi, o‘ziga xos mohiyati bu uzoq tarixiy davomiyligidandir. Aslida sivilizatsiya barcha narsaning eng uzun tarixidir.
Imperiyalar rivojlanadi, qulaydi, hukumatlar keladi va ketadi, sivilizatsiyalar qoladi, lekin bu jarayonda siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, hattoki, ideologik chalkashliklar saqlanib qolishi mumkin.
Beshinchidan, sivilizatsiyalar siyosiy emas, balki madaniy obektlar bo‘lganligi sababli tartibni saqlash, adolat o‘rnatish, soliqlar yig‘ish, urushlarga qarshi kurashish, savdo- sotiq bo‘yicha muzokaralar yoki boshqa hukumatlar tomonidan qilinajak har qanday ishlardan holidir.
sivilizatsiya rivojlanar ekan, o‘zgarishlar uning siyosiy, tarkibiy birliklarining miqdori va tabiatida yuz beradi.
G‘arb davlatlari: Xalqaro bank tizimiga egalik qiladi va faoliyat ko‘rsatadi; Barcha valyuta ta’riflarini nazorat qiladi; Dunyoning asosiy xaridori hisoblanadi; Dunyoning ko‘plab tayyor mahsulotlarini taqdim etadi ; Xalqaro kapital bozorlarida ustunlik qiladi; Ko‘plab jamiyatlar orasida asosiy ahloqiy yetakchi bo‘lishga intiladi; Ommaviy harbiy aralashuvlarga qodir bo‘ladi; Dengiz yo‘llarini nazorat qiladi; Eng ilg‘or texnik tadqiqotlar va ishlanmalarni o‘tkazadi; Yetakchi texnik ta’limni boshqaradi; Fazoga kirishda hukmronlik qiladi; Aerokosmik sohada hukmronlik qiladi; Xalqaro munosabatlarda hukmronlik qiladi; Yuqori texnologiyali qurol sanoatida ustunlik qiladi.
Aslida din, mashhur nemis sotsiologi Maks Veber din va jamiyatning o‘zaro munosabati masalasini tahlil qilarkan umuman din to‘g‘risida emas, balki muayyan davrda jamiyat ma’naviy-madaniy hayotida o‘z o‘rniga ega bo‘lgan muayyan diniy oqim (mazhab) to‘g‘risida fikr yuritadi.
U xristian dini to‘g‘risida o‘z mulohazalarini ilgari surarkan, boylik va boylik orttirishga intilishni xushlmaydigan xristian dinining katolik va provaslav oqimlari iqtisodiy taraqqiyotga muayyan darajada to‘sqinlik qilishini ta’kidlaydi. Lekin Maks Veber “Protestantlik etikasi va kapitalizm ruhi” asarida protestantlik oqimi hayotdagi adolatsizlikni passiv kuzatib o‘tirmay, uni bartaraf qilish uchun faol kurashishga chaqirish orqali ijtimoiiy taraqqiyotga katta turtki beradi“, deb uqtiradi. Chunki, kapitalizmning vujudga kelishida muhim rol o‘yngan protestanlik boylikni xudoning ne’mati, unga intilishni esa bandalarining burchi deb talqin qilib, Yevropadagi bir qator mamlakatlar: Germaniya, Fransiya, Angliya, Niedrlandiya, Avstriya, Shvesiya kabi davlatlarning iqtisodiy taraqqiyoti va kapitalistik munosabatlarning rivojlanishiga kuchli turtki berdi.
5.Sivilizatsiya masalasiga zamonaviy yondashuvlar. Bugungi kunda sivilizatsiya masalasiga falsafiy, sotsiologik, tarixiylik va madaniyat nazariyalari nuqtai nazaridan yondashuvlar mavjuddir.
Agar mazkur yondashuvlarni umumlashtirib tahlil qilsak, ular quyidagi ko‘rinishlar shaklida ko‘zga tashlanadi.
a)regional (mintaqaviy) ko‘rinishdagi etnik va etnik birliklararo sivilizatsiyalar;
b)insoniyat jamiyatining turli bosqichlarga bo‘linishi nuqtai nazardan (neolit, kapitalistik ishlab chiqarishning hukmronligi davrigacha, podindustrial va boshqalar).
s)formatsion – quldorlik, feodal, kapitalistik, sotsialistik ko‘rinishlari;
d)lokal, ya’ni geografik nuqtai nazardan yondashuv: Yevropacha, Osiyocha, yoqi Sharq va G‘arb, Polinizeya va b.q.
ye)ijtimoiy-madaniy va xronologik nuqta nazardan (shumeriylar, kritliklar, antik, xitoy, islom va b.q sivilizatsiyalar.)
j)dastlabki, qadimgi davrdan saqlanib qoligan, sodda ko‘rinishdagi, o‘zgarishlarga boy, mahalliy (uyushma, ittifoq ) shaklidagi sivilizatsiyalar
sivilizatsiya atamasining ijtimoiy taraqqiyot, ayniqsa, jamiyat hayotiga nisbatan qo‘llanilishi G‘arb madaniyatidagi o‘zlikni anglash, so‘ngra G‘arb dunyosining boshqa qoloq xalqlardan farqli va ustunlik jihatlarini anglatuvchi tushuncha sifatida qo‘llanilishiga olib kelgan.
Ana shu nuqtai nazardan hozirgi zamon olimlari sivilizatsiya tushunchasi, uning insoniyat tarixidagi o‘rni va roli, bugungi ko‘rinishlari, hamda holatlari to‘g‘risida turlicha qarashlarni ilgari surmoqdalar.
4. Bugungi kunda sivilizatsiya atamasining mazmunida dehqonchlik va hunarmandchilikning rivojlanganligi, sinfiy jamiyatning mavjudligi, davlat tuzumi, shaharlarning, savdo-sotiq, shaxsiy mulk, pul-tovar munosabatlarining, hashamatli binolarning qurilishi, diniy e’tiqodning mustahkamligi, yozuv madaniyati va h.k.larning yuksakligi yotadi. Sharq falsafasi bo‘yicha ko‘zga ko‘ringan olim B.Yerasov sivilizatsiyaning quyidagi bosqichlarini ko‘rsatib o‘tadi:
1.Mehnat taqsimoti natijasida vujudga kelgan iqtisodiy munosabatlar tizimiga asoslangan sivilizatsiya.
2.Ishlab chiqarish vositalarining yuksalishi natijasida yuzaga keladigan sivilizatsiyalar.
Zamonaviy qarashlardan nuqtai nazaridan quyidagi sivilizatsiyaviy bosqichlarni ajratib ko‘rsatish mumkin: kosmogen (an’anaviy jamiyatlar), texnogen (industrial jamiyatlar), antropogen, ibtidoiy odamning insn qiyofasiga kirishi, uning mehnat qurollari va o‘zining yashab qolishi uchun zarur bo‘lgan vositalar (olovni kashf qilishi, chorvachilik bilan shug‘ullanishi, dehqonchilik madaniyatini qo‘lga kiritishi, hunarmandchilik va mehnatning, shu jumladan, aqliy mehnatni mukammallik darajaga ko‘tarishi, turmush tarzida tub o‘zgarishlar yasashi va h.klar) boshqa shakllarini yuzaga keltirishi tarixiy taqsimoti),ya’ni insonning kelib chiqishi.
Kosmogen sivilizatsiya urug‘chilikning individuallik, an’analarning yangiliklarga nisabatan ustuvorligiga yo‘naltirilgan. Shunga muvofiq asosiy xususiyati an’anaga yo‘naltirilganlikdan iborat bo‘lgan qadriyat tizimlari shakllanadi.
Texnogen sivilizatsiya ilmiy-texnik taraqqiѐtga, texnologik va ijtimoiy yangiliklarga yo‘naltirilgan qadriyat tizimlarini shakllantiradi. Biroq industrializm sharoitlarida avtonom shaxsning rivojlanishi odamlar o‘rtasida asrlar davomida yuzaga kelgan ijtimoiy aloqalarning yo‘qolishga, insoniy muloqotning yetishmasligiga, «ѐlg‘izlik»ka, individualizmga, xudbinlikka olib keladi.
Antropogen sivilizatsiya - jamoaviylik va individuallik-ni uyg‘unlashtirish, xilma-xillikdagi mushtaraklikka erishishga urinishdir. Qadriyaviy mezonlar tizimining o‘zagi - gumanizmdir.
Megasiklning ikkinchi fazasida tashabbus g‘arbiy yarimsharga o‘tdi. Uning eng rivoj topgan, gullab-yashnagan davri qadimgi Yunon, keyinchalik Rim sivilizatsiyalariga to‘g‘ri keladi.
Ularning o‘ziga xos tomonlari iqtisodiyotning davlatdan ajralishi, xususiy mulkning paydo bo‘lishi, fuqarolik jamiyati va ijtimoiy tartibotning demokratik elementlarining shakllanishi, gedonizm g‘alabasi, ya’ni jamoa oldidagi burchga nisbatan individual ehtiyojlar-ning ustivor kelishi bilan xarakterlanadi.
Uchinchi faza – Rimning inqirozidan G‘arb renessansi-gacha bo‘lgan davrni o‘z ichiga olib, sharqiy-g‘arb, ya’ni feoda-lizm fazasi hisoblanadi. Bunda jamoatchilik axloqiga qay-tish, ijtimoiy burch va shaxsiy vazminlik tan olindi.
To‘rtinchi faza – katta jahon tarixiy megasiklining g‘arbiy fazasi, XX asrda boshlangan modern davriga to‘g‘ri keladi.
Shu bilan birga, sharqiy faza g‘arbiy faza bilan va aksincha almashaganda, jahon tarixining birligi saqlanib qoladi hamda bu har bir fazada muqobil fazaning dominantligi bilan belgilanadi. Insoniyatning har bir «yarimshari» o‘zida ham g‘arb, ham sharq impulslarini qabul qilgan bo‘lib, ular tegishli dominantlari bilangina farq qiladilar.
sivilizatsion jarayonlarning o‘ziga xos xususiyatlari. Kishilik jamiyatining vujudga kelishi va rivojlanishi uning tashqi tabiatga ta’sir ko‘rsatishga yo‘l ochib berdi. Kishilar ovchilik va chorvachilik, dehqonchilik va hunarmandchilik bilan shug‘ullanar ekanlar, tashqi tabiatga, ya’ni tabiy muhitga, shu jumladan, tabiatning asl qiyofasiga o‘z ta’sirini ko‘rsmatmasdan qolmagan. O‘z navbatida, inson tafakkurining yuksala borishi, uning tashqi tabiatdan oladigan ulushining ko‘payishiga, shu jumladan, tabiiy muhit, uning ko‘zga yaqqol tashlanib turmaydigan jarayonlariga ta’sir ko‘rsatishi uchun yo‘l ochib berdi.
Insoniyatning paydo bo‘lishi va rivojlanishi bilan evolyusiya jarayoni sezilarli darajada o‘zgardi. sivilizatsiyaning dastlabki bosqich-larida qishloq xo‘jaligi uchun o‘rmonlarni kesish va yoqish, hayvonlarni o‘tlatish, ov qilish, urushlar olib borish butun mintaqalarnining ijtimoiy-madaniy hayotiga, shuningdek, o‘simliklar va hayvonot olamining poymol qilinishi, ayrim turlarining esa, butunlay yo‘q qilinishiga olib keldi.
sivilizatsiyaning rivojlanib borishi, ayniqsa, O‘rta asrlar oxirida vujudga kelgan sanoat inqilobidan so‘ng, insoniyat o‘zining ortib borayotgan ehtiyojlarini – ham organik, ham tirik, ham mineral-xom ashyoga bo‘lgan ehtiyojlarini qondirish uchun tabiiy boyliklardan ayovsiz ravishda foydalanish sur’atini yanada kuchaytirib yubordi.
Biosfera jarayonlaridagi haqiqiy siljishlar XX asrda yana bir sanoat inqilobining vujudga kelishiga olib keldi. Energetika, mashinasozlik, kimyo va transportning jadal rivojlanishi inson faoliyatining biosferada sodir bo‘ladigan tabiiy jarayonlariga ko‘rsatadigan ta’srini yanada kuchaytirib yubordi.
Antropogen (texnogen) faoliyatning oqibatlari tabiiy resurslarning kamayishiga, biosferaning sanoat chiqindilari bilan ifloslanishiga, tabiiy ekotizimlarning buzilishiga, Yer yuzasi strukturasining buzilishi va iqlim o‘zgarishida namoyon bo‘la boshladi. Antropogen ta’sirlar deyarli barcha tabiiy, biogeokimyoviy sikllarning buzilishiga sabab bo‘lmoqda.
Xulosa qilib aytganda, sivilizatsiya, birinchidan, insoniyatning farovonligini ta’minlaydigan, adolat to‘g‘risidagi azaliy orzularini ruyobga chiqaradigan jamiyat bo‘lsa, ikkinchidan, insoniyatni halokatga olib boruvchi, ahloqsizlik, adolatsizlik va yovuzlik hukmron bo‘ladigan, insonni insoniylik qiyofasidan marhum etuvchi jamiyatdir. Albatta bu ikkala qarash madaniyat va sivilizatsiyalarni bir-biriga qarama-qarshi qo‘yish hisoblanadi.
Hozirgi kunda ko‘plab olimlarning asarlari, ilmiy va ma’lumotnoma adabiyotlarida sivilizatsiya jamiyat rivojlanishining ma’lum bir bosqichini, ya’ni sivilizatsiyalashmagan jamiyatdan o‘zining madaniy taraqqiyoti bilan ajralib turuvchi jamiyatni ifodalovchi tushuncha sifatida talqin qilinadi.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling