Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.17 Mb.
bet38/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

Fetishizm – (portugalcha – “fetish”, “fetish” so‘laridan olingan bo‘lib, “seg‘rli narsa”, degan ma’noni anglatadi) jonsiz narsalarning g‘ayri tabiiy xususiyatga egaliga ishonish va sig‘inishdir. Fetishizm – ishonuvchilarning g‘ayri tabiiy xususiyatga ega deb faraz qilingan moddiy buyumlarga e’tiqod qilishi va sig‘inishidir.
Ibtidoiy odamlar biror bir voqeada, yoki ilojsiz qolgan paytlarida ularga yordam bergandek tuyulgan jonsiz narsalarda qandaydir ko‘zga ko‘rinmas kuch bor deb tasavvur qilganlar. Masalan, ibtidoiy odamning biror yovuz hayvon bilan olishuvi, yoki u hujum qilgan paytda biror bir tosh, yoki darxtning shoxi yordamida hujumni bartaraf qilishi yoki uni o‘ldirishi go‘yoki, ana shu predmet unga yordam bergandek, tuyulgan, natijada, shu predmet muqaddaslashtirilgan. Uni doimo o‘zi bilan olib yurgan hamda sig‘ingan.
Demak kishilarning o‘zi duch keladigan narsalarning asl tabiatini bilmasligi, ularda qandaydir ko‘zga ko‘rinmas kuchlarning mavjudligiga ishonish fetishistik tasavvurlarning yanada kuchayishiga olib kelgan.
Magiya (sehrgarlik) – bu ayrim odamlarning kishilar, hayvon va tabiatga g‘ayritabiiy ta’sir o‘tkaza olishiga ishonishdir. Magiya dunyodagi barcha dinlarning asosiy xususiyatlaridan biri hisoblanadi. Buning asosiy sababi magik (sehrgarlik) urf-odatlarining kishilar turmushi bilan bevosita bog‘liqligiga, boshqa tomondan esa ularni bajarishning osonligi hamda kundalik turmushi bilan o‘zaro bog‘liqligiga, uchunchi tomondan esa, magik harakatlarni ado etganidan so‘ng kishilarda xotirjamlikning paydo bo‘lishidir. Shuning uchun ham dinga unchalik ishonmaydigan odam ham sehrgarlik bilan bog‘liq bo‘lgan u yoki bu odatga vaqtinchalik bo‘lsa-da, amal qiladi.
Magik tasavvurlar ibtidoiy san’atda ham o‘z ifodasini topgan. Masalan, Qoyatosh tasvirlaridagi suratlar (petrogliflar – yunoncha, “petros” – tosh, “glyphe” - naqsh) hayvonlar, odamlar tasvirlari bo‘lib, ularni chizishdan asosiy maqsad ov qilinadigan hayvonlarni sehrlashga, ya’ni ovning baroridan kelishiga ishonganlar.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   34   35   36   37   38   39   40   41   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling