Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.17 Mb.
bet41/70
Sana30.01.2024
Hajmi1.17 Mb.
#1808998
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70
Bog'liq
Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning -fayllar.org

Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Axmedova E, Gubaydullin R.. Kulturalogiya. Mirovaya kultura.
Tashkent.: “Akademiya” xudojestv Uzbekistana. -2001 g.
2.Vasilev L.S.Istoriya religiy Drevnego Vostoka.Moskva. Knijnыy
dom.»Universitet» 2000. S.59.
3.Gunnar Skirbekk, Nils Gile. Falsafa tarixi. T-; 2002y.
4.Moskati Sabatino. sivilizatsii Drevnega Vostoka. M.: ZAO‘
Izdatelstov sentrpoligrafiya. 2010.
5.Orlova I.B. Yevraziyskaya sivilizatsiya. M., 1998.
6.Saloxitdinov X.A.Fir’avnlar mamlakati. Toshkent.1992 yil.
7.Toynbi A.Dj.Postijenie istorii. M.: Progress, 1991.
8.Turaev B.A.Qadimgi Sharq tarixi.T.: 1964 yil.
9. Qadimgi dunyo tarixi. 1-qism. 1974 yil., 175-bet.)
Takrorlash uchun savollar.
1.Misrliklarning eng qadimgi davr dunyoqarashining o‘ziga xos xususiyatlari.
2.Qadimgi Misr tarixi qaysi davrlarga bo‘lingan?
3.Nima sababdan Nil daryosi ilohiylashtirilgan?
4.Qadimgi misrliklar diniy dunyoqarashining asosiy xususiyatlari nimasi bilan fraqlanib turgan?
5.Misrliklar adabiyoti va xalq og‘zaki ijodi qanday mavzularni qamrab olgan?
6.Qadimgi Misr madaniyatining yuksalishiga qanday omillar ta’sir ko‘rsatgan?
7.Qadimgi Misrda asosan qaysi fanlar rivojlangan?
8.Misr tabobatining rivojlanishiga nima ta’sir ko‘rsatgan?
9.Misr san’ati va arxitekturasining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning mahobatli qilib qurilishiga nima sbab bo‘lgan?
10.Qadimgi Misr mifologiyasining asosiy mavzusi nimalarga bag‘ishlangan?


16-mavzu. Qadimgi Shumer – Bobil va Ossuriya madaniyati va
san’ati.(2 soat)
Reja:
1.Qadimgi Mesopatamiya (Shumer, Bobil, Ossuriya) madaniyati.
2.Qadimgi Shumeriylarning mixxat yozuvlari.
3. Akkad va Shumer davlatlarining ma’nviy madaniyati.
4.Qadimgi Shumer-Bobil arxitekturasi..
Qadimgi Sharqda insoniyat madaniy taraqqiyotining o‘choqlari - Messopatamiya (ikki daryo oralig‘idagi Shumer, Akkad va Bobil davlatlari madaniyati) Xett, Suriya, Finikiya, Falastin, Osuriya, Urartu, Eron, Urta Osiyo, Hindiston vaXitoy madaniyatlari vujudga keladi.
Qadimgi Sharqda kishilar (neolit davrining oxiriga kelib) ovchilik va baliqchilik bilan shug‘ullanganlar. Bir muncha keyinroq botqoq yerlarni quritib, dehqonchilik xo‘jaligini rivojlantiradilar. Dehqonchilikning rivojlanishi iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotta turtki beruvchi- yangidan yangi ehtiyojlarning, mehnat qurollarini takomillashtirishning, sun’iy sug‘orish tizimlarini (shohobchalarini) barpo etishning, birgalikda mehnat qilish va yashash shart-sharoitlarini yaxshilash ehtiyojlarini vujudga keltiradi.
Mesopatamiya bilan chegaradosh mamlakatlar - Urartu, Eron, Kichik, Osiyo va Suriya bilan savdo sotiq ishlarini olib boradilar. Kemasozlik ancha taraqqiy etadi. Dajla va Frot daryolari savdo-sotiqning asosiy yo‘liga aylanadi. Ikkinchi tomondan juda ko‘plab buyumlarni: bochka, quvur, quti, pech, o‘choq, duk, chiroq kabi buyumlarni ham loydan yasay boshlaydilar. Bu esa kulolchilikning rivojlanishi va kulolchilik charxining paydo bo‘lishiga olib keladi.
Mesopatamiyaning qadimgi aholisi etnik jihatdan bir xil bo‘lmagan. Tarixiy manbalarda ko‘rsatilishicha, Frot va Dajla daryolari oralig‘iga
Sharqdan shumeriylar, G‘arb va Shimoli G‘arbdan, ya’ni Arabiston va Shimoliy Afrikadan somiy (semit) kabilari kirib kelib o‘rnashadilar. Ular Akkad shahrini barpo etadilar va o‘zlarini akkadlar deb atay boshlaydilar.
Lingvistikaga ko‘ra shumeriylarning tillari miloddan avvalgi ming yillikdayoq muomaladan chiqib ketadi, ya’ni boshqa kuchliroq etnoslarning tillari ta’sirida o‘lik tilga aylanadi. Lekin Shumer tilidagi geografik nomlar va diniy e’tiqodlarga oid atamalar akkadliklar tomonidan saqlab qolinadi.
Ikki daryo oralig‘i xalqlari madaniyatining Shumer-Bobil madaniyati deb atalishiga sabab, madaniyatning ko‘pgina sohalarida: diniy e’tiqodda, yozuvda, adabiyot va san’atda, fan va boshqa sohalarda doimo shumeriylarning birinchi bo‘lib kelganligi hamda Bobil davlati (miloddan avvalgi XIX asrdan) rivojlanib, ikki daryo oralig‘ini yagona davlatga birlashtirib yuksak madaniyatga erishganligidir.
Ossuriyaliklar madaniyati xaqida aytganda, ko‘z oldimizga qo‘sh
g‘ildirakli aravada sadoq tortib to‘rgan jangchining rasmlari va qanotli ulkan buqaning savlatli haykali keladi. Ashshurbanipal kutub- xonasi esimizga tushadi. Ha, o‘sha qadim zamonlardayoq kutubxona bo‘lgan ekan. Kutubxona Ossuriyaning ilmli podsholaridan biri Ashshurbani-palning davrida paydo bo‘lgan.
Ashshurbanipal Bobilning, boshqa qadimgi Sharq davlatlarining xam kitoblarini to‘plagan. Bir qanchasini loy taxtalarga ko‘chirtirib, yozdirgan. Ular orasida adabiy asarlar bilan birga yulduzlar, tabobat haqi-
dagi kitoblar xam bor. Shuningdek, ossuriyalik shoirlarning she’rlari va qo‘shiqlari xam sak­lanib qolgan. Ayniqsa, ossuriyalik podsholarning yilnomalari aloxida o‘rin olgan. Ularning ba’zilari xozirgi tarixiy romanlarga o‘xshab ketadi. Ularda baland tog‘lar, chuqur daralar, tog‘ tizmalari ajoyib ustalik bilan tasvirlanadi. Masalan, tog‘ cho‘qqila-ri osmon gumbazini teshib o‘tib turgan xanjarning o‘tkir uchiga qiyos-lanadi. Dushman ayyorligi, yengilgan paytdagi qo‘rkib ketgan xolati, qo‘rshovga tushganlarning qo‘rqinchli xol­-axvoli badiiy kiyoslash va mubolag‘a usuli bilan ifodalangan. Ossuriyaliklarning binokorlik san’a- ti yutuqlarini podsho saroylari misolida ko‘ramiz. Bobilliklar kabi bular xam baland poydevorlar ustiga saroylar qurganlar. Ular ko‘p xonalarga bo‘lingan. Tashqi tomoni turli toshlar bilan bezatilgan. Devorlariga xar xil rasmlar ­ saroy turmushi, urush, ov qilish paytlari tasvirlangan rasmlar chizilgan. Saroyning kiraverishiga boshi
odam qiyofasidagi qanotli arslonlar va buqalarning ulkan xaykallari o‘rnatilgan. Ularni saroyning, ba’zan xatto, butun davlatning ximoyachilari, deb xisoblashgan. Boy va ulug‘vor saroylar podshoni sharaflash
va ossuriyaliklarning xarbiy kuchini ko‘rsatish uchun qurilardi.
Qadimgi shumeriylar madaniyatining qo‘lga kiritgan yutuqlaridan biri-yozuvning ixtiro qilinishidir. Olti yuzga yaqin belgilardan iborat bo‘lgan shumeriylar yozuvi miloddan avvalgi IV ming yillikdayoq paydo bo‘lgan. Shumer yozuvi dastlab suratli (piktografik) yozuv shaklida bo‘lgan. So‘zlar suratlar orqali ifodalangan. Ayrim surat belgilari aytilmoqchi bo‘lgan so‘zni rasm bilan ifoda etgan. Masalan, qush to‘g‘risida so‘z borsa, albatta qushning, suv so‘zini yo bo‘lmasa yulduz so‘zini yozmoqchi bo‘lsa (rasmlarini chizib ko‘rsatish kerak) rasmini chizish orqali ifodalab bergan. Ayrim paytda bir xil surat bir necha ma’nolarni anglatgan. Lekin ko‘zga ko‘rinmaydigan ma’noli so‘zlarni ifodalash zarur bo‘lsa, bir qancha turli xil belgilarni bir-biriga qo‘shish orqali ifodalaganlar. (Masalan, yomg‘ir so‘zi osmon va suv belgilari orqal, yig‘lamoq so‘zi, ko‘z va uning tagiga suv belgisini chizib qo‘yish orqali tasvirlangan.) Bir suratning ko‘p ma’noni ifodalashi katta qiyinchiliklar tug‘dirgan. Yozilgan so‘zlarni o‘qish nihoyatda murakkablasha borgan. Bu esa yozuvni soddalashtirishni talab qilgan. Vaqtlar o‘tishi bilan yozuvning asosi hisoblangan tasvirlar yo‘qola borib, so‘zning tovush xususiyatlarini yozma belgilar orqali ifoda qilish vujudga keladi. Natijada biror so‘zni ifodalovchi suratlarning harakterli qismigina (rasmning harfga aylanishini qo‘shib qo‘yish kerak)chizila 6organ.
Bobilliklar Shumeriylar madaniyatining asosiy elementlari bilan birga, shumeriylar mixxatini ham qabul qilganlar.Mixxat Bobilliklarning boshqa hududlar bilan olib borgan savdo ishlari natijasida mixxat yozuvlar boshqa hududlarga, masalan, qadimgi Akkad, O‘suriya, Xett davlatida, Urartu, Suriya va qadimgi Eronga ham keng tarqalgan.
Taxminan ming yillar o‘tgandan so‘ng suratlarning ayrim xarakterli
tomonlari tikkasiga, qiyalama pona shakliga kela boshlagan. Yumaloq chiziqlar tez yozishda beixtiyor to‘g‘rilana borgan. Masalan, „quyosh” so‘zini anglatuvchi doira rombga o‘xshab chizila borgan va pona shaklini olgan.
Yozuv belgilari hali qotib ulgurmagan loy lavhalarga uchli, ponasimon mixlar yordamida o‘yib yozilgan (shu boisdan mixxat ham deb yuritiladi). So‘ngra maxsus humdonlarda pishirilgan. Sopol lavhalar ibodatxonalar, va saroylarning devorlari hamda ustunlariga mahkamlangan.
XX asr oxirida amerikalik arxeologlar qadimgi shumeriylar shahri Nippurda qazishma ishlari olib boradi va bu yerdagi 62 ta xonaga joylashgan bir necha ming sopol lavhalarni izlab topadilar. XX asr boshida esa nemis arxeologlari qadimgi Shurrupakda qazishma ishlarini olib boradilar va qadimgi shumer kutubxonasini izlab topadilar. Mixxat topilmalari turli sohani qamrab olgan sopol lavhalardan iborat bo‘lgan.
Uruk shahridan topilgan kutubxona xarobalari tagidan tol novdasidan to‘qilgan savatlarga joylashtirilgan ko‘plab sopol lavhalarga bitilgan mixxat yozuvlari qazib olingan.
XX asrning 20 yillarda ingliz arixeologi L. Vulli boshchiligidagi ekspeditsiya 12 yil mobaynida qadimgi Ur shahri xarobalarini ochish bilan shug‘ullanadi. Saroylar, qasrlar, ibodatxonalar va podsholarning dahmalari qoldiqlari ochib o‘rganiladi. Natijada 20 mingtacha mixxat yozilgan taxtachalar, ko‘plab qimmatbaho zargarlik va uy-ro‘zg‘or buyumlari hamda oltin idishlar topiladi. Ingliz olimining Ur shahri xarobalarini o‘rganishi, san’at taraqqiyotining beshigi qadimgi Yunoniston, deb xulosa chiqargan ko‘pgina olimlarning fikrini chippakka chiqaradi. Ur xarobalaridan topilgan bo‘rtma suratlar, haykalchalar, me’moriy yodgorliklar qoldiqlari haqiqiy san’atning yuksalishi dastlab qadimgi Shumerda vujudga kelganligini isbotlab berdi.
Mazkur yozuvlar “shumer yozuvi” degan nomi bilan mashhur bo‘lgan. Shu asnoda “Shumer yozuvi” atamasi qaerdan qanday paydo bo‘lgan, degan savol tug‘iladi.
Nemis-fransuz sharqshunosi, filolog Yulius Oppert (keyinchalik Jyul Oppert deb atashgan) - (1825-1905) “shumer yozuvi” atamasining muallifi hisoblanadi. U 1869-yil 17-yanvarda Parijda “Numizmatika va arxeologiya” jamiyatiga taqdim etgan ma’ruzasida mixxat yozuvini ixtiro qilgan xalqni “Shumerlar” deb atashni taklif qilgan.
1855 yilda Oppert "Ecriture Anarienne" asarini nashr ettiradi va mazkur asarda Ossuriyada dastlab iste’foda etilgan til oriy yoki semit tillari emas, balki Turon, ya’ni turk va mo‘g‘ul tillariga yaqin til bo‘lganligini bayon etadi hamda mixxat yozuvini ixtiro qilganlarni shumerlar, yozuvni shumer yozuvi deb atashni ta’kidlab o‘tadi.
Yozuvlarning turon tili deb tasniflanishi keyinchalik tadqiqotchilar tomonidan rad etilgan bo‘lsa-da, uning ana shu fikri, ya’ni shumeriylar yozuvining kelib chiqishi to‘g‘risidagi xulosalari vaqtlar o‘tishi bilan o‘z tasdig‘ini topadi.
Sopol lavhalarga tushirilgan yozuvlar orqali bizga turli xil dostonlar, qonunlar majmualari, shujumladan, Hammurapining 247 banddan iborat qonunlar (kodeks) to‘plami yetib kelgan.
Bobil podshosi Hammurapi (mil.avv. 1792-1750 yillarda podsholik qilgan) qonunlari majmuasi ijtimoiy hayotning ko‘pgina sohalarini, ayniqsa, qishloq xo‘jaligi sohasini qamrab olgan. Hammurapi qonunlarida dehqonchilik, yer va chorva mollarini ijaraga olish, yerning qarovsiz qolishining oldini olish, hunarmandchilik, savdo-sotiq va sudxo‘rlik, pul munosabatlari, xo‘jayin, xizmatkor, qul, qarzdorlik va uning oqibatlari o‘z ifodasini topgan.
So‘nggi neolit davriga kelib qadimgi Mesopatamiya hududida o‘lganlar ruhiga sig‘inish, totemizm va fetishizm asosiy diniy e’tiqodga aylangan. Har bir urug‘ o‘zining nasabi, ya’ni kelib chiqishini biror bir hayvon, qush, baliq va hatto, hashoratlar bilan bog‘liq deb, hisoblaganlar. Shu boisdan arxeologik qazishmalar natijasida topilgan tosh lavhalar sopol idishlar va taxtalar hamda saroy devorlariga chizilgan suratlar va yozuvlarda podsholar ayrim hayvonlar nomlari bilan atalgan.
Ba’zi bir xudolar hayvonlar va qushlar shaklida gavdalantirilgan. Keyinchalik xudolarning ko‘pchiligi antropomorfik (odamsimon) qiyofaga kira boshlagan. Ularning hayoti ham odamlarning hayoti shaklida tasvirlangan.
Qadimgi shumeriylar olamning paydo bo‘lishi to‘g‘risidagi ta’limotni yaratganlar. Ularning tasavvuriga ko‘ra, An (akkadlarda Anu) osmon xudosi, Ki esa, yer ma’budasi hisoblangan. Bu ilohiy juftlikdan havo xudosi Enlil tug‘ilgan. U, yer bilan osmonni tutashtiruvchi baland tog‘ tepasida yashaydi va butun olamni idora qilib, xudolar panteoniga boshchilik qiladi, deb tasavvur qilganlar. Shu boisdan, qadimgi shumerlar Nippur shahrida xudo Enlilga atab yirik va hashamatli ibodatxona quradilar. Bu ibodatxona ,,Tog‘ uyi” (,,E-kur ) deb nomlangan. Mazkur ibodatxona shumerlarning umum ziyoratgohi hisoblangan. Har bir shumer bu ibodatxonaga kelib ziyorat qilib ketishni o‘zi uchun muqaddas deb bilgan.
Qadimgi shumerlar Oy xudosini Naniar (akkadlarda Sin), uning o‘g‘li Quyosh xudosini Utu (akkadlarda Shamash), uning qizi - hosildorlik va muhabbat ma’budasini esa Ininna (akkadlarda Ishtar) deb ataganlar. Tammuz “mamlakatlar o‘simliklarining hukmdori” hisoblangan. Ma’buda Ishtar tanasida shox-butoqlar o‘sib chiqqan ayol qiyofasida tasvirlangan.
Mesopatamiya xo‘jalik hayotida xurmoning o‘rni beqiyos katta bo‘lgan.
Qadimgi Shumer va Akkad dinlarida hayvonlarga e’tiqod qilish ham saqlanib qolgan. Masalan, qadimgi Ur shahrida “Anuning qudratli ho‘kizi” deb atalgan Nannar, hamda ho‘kizning shoxiga o‘xshash shoxi bor, sag‘risida bir tutam yoli va qanotlari bor, oldingi oyoqlari va tanasi shernikiga o‘xshab to‘rt oyoq ustida tursa-da, afti odamga o‘xshaydigan, nihoyatda qo‘rqinchli ko‘rinishga ega bo‘lgan hayvon qiyofasidagi Nergalga ham e’tiqod qilganlar. Yoki suv girdobi xudosi Ea baliq dumli qilib yoki gardani baliqnikiga o‘xshatib tasvirlangan bo‘lsa, momaqaldiroq xudosi va Bobilning oliy davlat xudosi Marduk esa afsonaviy ajdaho, yarmi ilon, yarmi yirtqich qush qiyofasida tasvirlangan.
Shu bilan birga qadimgi shumerlar Dajla va Frot daryolarining toshib, hayqirib oqishidan vahimaga tushganlar. Natijada suv to‘foni xudolari Apsu va Tiamat to‘g‘risidagi diniy tasavvurlarga ham ega bo‘lganlar. Lekin dehqonchilikning rivojlanishida suvning foydali tomonlaridan ko‘z yummaganlar. Shu boisdan ular hayrli va murruvatli suv xudosi, odamlarga turli xil kasb-hunarlar, san’at va bilim o‘rgatuvchi donishmandlik xudosi Ea to‘g‘risidagi tasavvurga ega bo‘lishgan. Ea loydan odamlarni yaratib, ularga san’at, bilim va turli xil kasb-hunarlarni o‘rgatadi.
Shumeriylarning (shuningdek akkadliklarning ham) tasavvurlariga ko‘ra, o‘simliklarning o‘sishi, hayvonlarning qo‘lga o‘rgatilishi, hunarlarning paydo bo‘lishi, oilalarning mavjudligi, odamlarning o‘rtasidagi munosabatlar - bularning barchasi osmon va unda makon qurgan xudolarning irodasidan, deb tasavvur qilganlar.
Shumeriylar, akkadliklar, so‘ngra bobilliklarning tasavvurlariga ko‘ra, odamlarning itoatsizligi tufayli xudolar ularga turli ofatlarni yuborib turadilar. Masalan, bir afsonaga ko‘ra odamlarning itoatsizligi uchun xudo Enlil yerga dahshatli suv to‘fonini yuboradi. Dunyo suv ostida qoladi. Faqat xudojo‘y Utnapishtim donishmandlik xudosi Eaning maslahati bilan katta kema yasab, o‘z oilasi va jonivorlardan bir juft, bir juft olib jon saqlaydi va to‘fondan omon qoladi. (Mazkur afsona keyinchalik Bibliyaga Nuh to‘foni sifatida o‘tgan.).
Bizningcha, qadimgi shumer, akkad va bobilliklarning diniy qarashlari va xudolar panteoni to‘g‘risidagi tasavvurlari keyinchalik yunonlarning diniy qarashlari va xudolari panteonining vujduga kelishiga ta’sir ko‘rsatgan bo‘lishi mumkin.
Qadimgi Mesopatamiyada osmon, quyosh, oy va yulduzlar ham ilohiylashtirilgan. Shuning uchun ham qadimgi Shumeriylar osmon xudosi Anuni bosh xudo deb hisoblaganlar. Ularning tasavvuriga ko‘ra, xudolarning podshosi va otasi bo‘lmish Anu osmonning eng yuqori qavatida, qolgan boshqa hamma xudolar, masalan, oy xudosi Sin va uning o‘g‘li quyosh xudosi Utu (Bobilda Shamash) keyingi o‘rinda joylashgan. Quyosh xudosi Shamash nafaqat o‘zining kuydiruvchi, shuningdek, rohatbaxsh va hayotbaxsh nurlari bilan o‘lim tushagida yotgan kasallarga jon baxsh etgan. Tammuz tabiatni tiriltiruvchi ma’bud sifatida talqin qilingan. Ishtar esa, tabiat, hayot va tug‘ilish ma’budasi hisoblangan. Osmon hamda yerning porloq mash’ali bo‘lgan Zuhra yulduzi sifatida talqin qilingan.
Quyosh, oy, va yulduzlarni ilohiylashtirish, ularning joylanishuviga qarab muhim ishlarni bajarish, inson taqdirini aytib berish, fol ochish, ya’ni astrologik qarashlarning yuzaga kelishiga olib kelgan.
Shumer va Bobillik qohinlar о‘z ibodatxonlari (zikkuratlari)ning tepasidagi maxsus maydonchasida turgan holda osmon jismlarining holatini kuzatib borganlar.
Bosh xudo Anu odatda xudolar “otasi” deb atalgan bо‘lsa, ma’buda Innina ona xudo hisoblangan. Xudo Tammuz esa “chin о‘g‘il” ma’nosini bildirgan. “Uy tangrisi” (“il-biti”) “uyni qо‘riqlovchi ruh” va oila e’tiqodlari о‘tmish ajdodlardan meros sifatida keyingi avlodlarga yetkazib berilgan.
Ur dinastiyasi davridayoq oddiy kishilar, ya’ni faqir-fuqarolar jasadi tо‘g‘ri qazilgan chuqurga buklangan holda kо‘milgan, ularning jasadi yoniga juda kо‘p qimmatbaho ziynat buyumlari qо‘yilgan va kо‘mish marosimi vaqtida bir qancha kishilar qurbon qilingan.
Qadimgi Mesopatamiyada dehqonchilik nihoyatda e’zozlangan. Shu boisdan ham yer, suv va quyoshni ilohiylashtirish, shuningdek о‘luvchi va tiriluvchi tabiat xudosi Tammuz e’tiqodi bilan bog‘liq bо‘lgan bо‘lgan kо‘plab rasm-rusum, irim-sirimlar mavjud bо‘lgan. Tammuz kо‘karib-unib chiquvchi urug‘ning timsoli ham hisoblangan.
Lekin vaqtlar о‘tishi bilan, ayniqsa, quldorlik davlatining vujudga kelishi bilan tabiatga e’tiqod qilish о‘rnini, hokimiyat va hukmdorlarni ilohiylashtirish, ularni davlat va podsho hokimiyatini qо‘riqlovchi, ularga homiylik qiluvchi xudolar darajasiga olib chiqish bilan almashtirila boshlangan. Xudolar ilgari tabiat kuchlarini ifodalagan bо‘lsa, endi adolat va kuch haqidagi mavhum tushunchalarning timsoli bо‘lib qolgan, ular samoviy qozi, dahshatli jangchi va qudratli podsholar qiyofasiga kirgan. Masalan, qadimgi tabiat xudosi Tammuzga “hukmdor, sarkarda, qudratli qahramon, mamlakat kuchlarining hukmdori” degan sifatlar berilgan. Quyosh uxodi Shamash esa adolat va haqqoniyat xudosiga, yerdagi podshoning osmondagi homiysiga aylantirilgan. Dehqonchilik xudosi hisoblangan Marduk esa, “ulug‘ hukmdor”ga, “osmon va yer hukmroni”ga, Bobilning oliy davlat xudosiga aylantirilgan. Natijada dehqonlarning asosiy mehnat quroli motigasi (omochi) Mardukning asosiy belgisigina bо‘lib qolmay, jangchilarning asosiy quroli kamon bilan о‘q ramzi ham hisoblana boshlagan. Ma’buda Ishtar podsho hokimiyatining asosiy belgisiga aylangan.
Osmon xudosi Anu, har bir narsaga qodir va saltanatli yer xudosi Enlil hamda urush va bilimlar xudosi Ealar oliy xudolar uchligini tashkil etgan. Ulardan keyingi о‘rinni oy xudosi Sin, quyosh xudosi Shamash, momoqaldiroq xudosi Adada va tabiatning ishlab chiqaruvchi kuchlari ma’budasi Ishtar tashkil qilgan. Xudolar о‘rtasida qarnidon-urug‘chilik munosabatlari belgilangan. Xudo Marduk xudo Enlilning о‘g‘li hisoblangan, xudo Shamash oy xudosi Sinning о‘g‘li sanalgan chunki u kunduz kechadan tug‘ilgan. Ma’buda Ishtar xudo Tammuzning xotini hisoblangan.
Dinning murakkablashib borishi turli tuman marosimlarning kо‘payishigagina emas, shuningdek, kohinlik tarkibining ham mutaxassislashib borishiga olib kelgan. Kohinlar ixtisoslasha borgan. Toat-ibodatga boshchilik qiluvchi, fol ochuvchi, sozandalarga boshchilik qiluvchi va hakozalarga bо‘lina borgan. Diniy marosimlar tobora murakkablashib, davlat ahamiyatiga ega bо‘lib borgan. Diniy va dunyoviy bilimlarni faqat kohinlargina bilishi mumkin degan aqida kuchayib ketgan. Osmon va yerda sodir bо‘ladigan barcha hodisalarni, shuningdek, ulug‘ xudolarga oid barcha bilimlarni qamrab oluvchi ilmi-g‘ayb e’tiqodi vujudga kelgan.
Qadimgi xalq og‘zaki ijodi shumer, akkad, sо‘ngra bobilliklar ma’naviy madaniyatining eng rivojlangan elementlaridan biriga aylanadi.
Adabiy asarlarning kо‘pchiligi diniy afsonalar, diniy aqidalar va g‘oyalarning badiiy ifodasi sifatida vujudga kelgan va diniy ta’limotlarni mustahkamlashga xizmat qilgan. Tabiat hodisalarini, hayotning mazmun-mohiyatini, dunyoning yaratilishi va inson hayotining sir-sinoatlarini odamlarga din nuqtai nazaridan tushuntirgan. Bidiiy shaklga kirgan diniy madhiyalar, duolar va afsunlar diniy e’tiqodni mustahkamlashga xizmat qilgan. Diniy aqidalarning kishilar ruhiyatiga singdirilishi uchun ular nafaqat qiroat qilingan, she’riy uslubga solingan, musiqiy ohangga solinib kuylangan.
Xalq og‘zaki ijodi barcha xalqlarga xos tarzda kishilarning tabiatga munosabatlari ta’siri ostida vujudga keladi. Dehqonchilik va chorvachilikka, tabiat hodisalari va diniy e’tiqodlarga oid kо‘plab maqollar, matallar, masallar, ertak va afsonalar, qо‘shiq va rivoyatlar paydo bо‘ladi. Xalq og‘zaki ijodi namunalarida turmush ikir-chikirlaridan tortib ijtimoiy muammolarga oid mavzular о‘z ifodasini topadi. “Ot bilan xо‘kiz janjali”, “Tulki tо‘g‘risida” va boshqa masallar orqali kо‘pgina ijtimoiy munozarali muammolar hayvonlar tilidan hikoya qilinadi.
Ayrim dostonlar, masalan, “Emesh va Enten” nomli doston dehqonchlikning vujudga kelishi, qaysi bir xudoning dehqonchilik xudosi (Enten) ekanligini aniqlash paytidagi tortishuv tо‘g‘risida hikoya qilsa, bosh xudo Enlilning qanday qilib omochni yaratganligi va uni odamlarga hadya etilganligi tо‘g‘risida sо‘z yuritiladi. “Inninaning dehqonni tanlashi” nomli dostonda esa chorvachilik va dehqonchilik qahramonlarining ma’buda Inninga sovchi qо‘yganligi, chorvachilikning ham, dehqonchilikning ham kо‘klarga kо‘tarilib maqtanilganligi bayon qilinadi.
Yuqorida kо‘rsatilgan va boshqa dostonlarning asosiy mavzusi diniy e’tiqodni mustahkamlashga qaratilgan bо‘lib, oltin davr, xudolarning olam va odamni yaratganliklari, tо‘fon va yer xudosi Enlilning g‘oyib bо‘lib, u dunyoga ketishi kabi mavzular hisoblangan.
“Oltin davr haqida” dostonda esa insonning dushmani hisoblanuvchi ilon, chayon, sirtlon, arslon, itlar va bо‘rilar va boshqa yirtqich hamda insonga zarar keltiruvchi jonzotlar bо‘lmagan saodatli kunlar tо‘g‘risida hikoya qilinadi.
Mehnat jarayonida aytiladigan qо‘shiqlar yoki mehnat jarayonini tasvirlab beruvchi turli harakatlar natijasida dastlab she’riy, sо‘ngra epik janrlar paydo bо‘ladi. She’riy asarlar kо‘proq maishiy hayot, intim munosabatlar va mehnat jarayonini tasvirlab bergan bо‘lsa, epik asarlarda kо‘proq xudolar darajasiga kо‘tarilgan qahramonlar, ularning jasoratlari va boshdan kechirgan sarguzashtlari hamda xudolar tomonidan belgilab qо‘yilgan og‘ir qismatlari hikoya qilinadi.
“Dunyoning yaratilishi haqidagi” dostonda bahor quyoshining va bu quyoshning butun olamga jon ato qilgan qudratli kuchning xudosi bо‘lmish Marduk tartib, yorug‘lik va yaxshilikning ibtidosidir, u qora kuchlarning yovuz timsoli bо‘lgan Tiamatni yengib uning tanasidan butun olamni yaratganligi hikoya qilinadi.
Qadimgi shumeriylar adabiyotining eng nodir va buyuk durdonasi “Gilgamesh haqida doston” hisoblangan. Dostonda odamning hayoti, hatto mashhur qahramonlarning ham о‘lim oldida ojiz ekanligi, о‘lim azaliy taqdir ekanligi kuylanadi.
Uruk 1-sulolasining vakili. Gilgamish - akkadcha ism; Shumer versiyasi "Bilga-mes" shaklidan olingan kо‘rinadi, bu "qahramonning ajdodi" degan ma’noni anglatadi.
Gilgamish hukmdor edi, u shu qadar keng shuhrat qozondiki, shumer mifologiyasi va afsonasining bosh qahramoniga aylandi.
Gilgamish va uning jasoratlari haqidagi she’rlar asrlar davomida nafaqat shumer va akkad tillarida, balki G‘arbiy Osiyoning boshqa asosiy tillarida (xet, hurriy) ham yozilgan va qayta yozilgan. Gilgamish butun qadimgi dunyoning qahramoniga aylandi - sarguzashtchi, jasur, ammo fojiali shaxs, insonning behudaligi va shon-shuhrat, shon-shuhrat va о‘lmaslikka tо‘yib bо‘lmaydigan tashnalik ramzi - shu qadar zamonaviy olimlar uni afsonaviy qahramon sifatida qabul qilishdi. haqiqiy shaxs va hukmdor emas. Gilgamish turli yodgorliklarda buqa va sherlar bilan jang qilayotgan soqolli, mushakli odam sifatida tasvirlangan,
“Gilgamish va Agga” dostoniga kо‘ra, Gilgamish о‘z hukmronligining boshida lug‘al Kisha og‘aga bо‘ysungan. Og‘a elchilar orqali Urukdan Kishning sug‘orish ishlarida ishtirok etishini talab qildi. Uruk oqsoqollar kengashi Gilgamishga Og‘aning talabiga bо‘ysunishni va bajarishni taklif qildi, ammo xalq majlisi tomonidan qо‘llab-quvvatlangan Gilgamish bо‘ysunishdan bosh tortdi. Xalq yig‘ilishi Gilgamishni harbiy rahbar - lug‘al deb e’lon qildi. Og‘a qо‘shin bilan qayiqlarda, Furot daryosining quyi qismiga suzib boradi. Lekin Urukni qamal qilish Kishiylarning mag‘lubiyati bilan yakunlandi. Gilgamish Uruk shahrining mustaqilligini qо‘lga kiritadi. Quyi Mesopotamiya ustidan gegemonlik Gilgamishga о‘tadi. Keyinchalik Gilgamish Adab, Nippur, Lagash, Umma va boshqa shaharlarni о‘z hukmronligi ostida birlashtirgan. Gilgamish Nippur Tummal ma’badining quruvchisi sifatida tilga olinadi (Tummal yozuviga qarang). Lagashda Gilgamish о‘z nomi bilan atalgan darvoza qurdiradi.
Bobil eposida uning Uruk shaharining mutahkam devorini qurganligi tо‘g‘rsida sо‘z yuritiladi. U qurdirgan devor arxeologik qazishmalar natijasida topilgan Uruk xarobalarini о‘rab turgan 9,5 km uzunlikdagi devor bо‘lishi mumkin degan taxminlar mavjud. Uning shimoliy va janubiy qismlarida kengligi 3,5 m, tо‘g‘ri burchakli minorali darvozalar bо‘lgan.
Gilgamish nomi nafaqat Mesopotamiya matnlarida, balki Qumran qо‘lyozmalarida ham tilga olinadi: “Devlar kitobi”ning 13-Q450-qismida Gilgamish nomi “...hamma narsa uning qalbiga qarshi” deb tarjima qilingan parcha yonida joylashgan. ...". Xuddi shu matnlar Yaqin Sharqdagi manixey mazhablari tomonidan ishlatilgan.
1872 yilda assurolog Jorj Smit topilgan mixxat yozuvlarini о‘rganib, Bibliyada yozilganiga о‘xshash toshqin haqidagi afsonani topdi, deb da’vo qildi. U lavhalarning shifrini ochishda davom etar ekan, u toshqin haqidagi xabar bobilliklar Gilgamish ertaklari deb atagan narsaning bir qismi ekanligini aniqladi.
Doston tо‘rt qismdan iborat bо‘lib, uning 1-qismida Gilgameshning qadimgi Uruk shahrini idora qilishi va dostondagi ikkinchi qahramon-Enkiduning paydo bо‘lishi; 2-qismida Gilgamesh va Enkiduning dushmanlarga qarshi kurashdagi jasoratlari; 3-qismida Gilgameshning abadiy hayot о‘tini qidirib bobosi О‘tnapishtim huzuriga otlanishi va yо‘ldagi sarguzashtlari, 4-qismida Gilgameshning marhum dо‘sti Enkiduning arvohi bilan uchrashuvi hikoya qilinadi.
Dostonda Gilgameshning Urukni idora qilgani, uning ma’buda Ishtarga munosabati ana shunday epizodlardir. Mazkur dostonga ba’zi bir mifologik va afsonaviy voqealar ham kiritilgan, bu butun olamning suv bosishi Nuh tо‘foni va odamning yaratilishi tо‘g‘risidagi qadmigi qissalar bilan bog‘liqdir.
Dostonning bosh qismida Gilgameshga “uchdan ikki bо‘lagi xudo va bir bо‘lagiodam” degan ta’rif beriladi. Gilgameshning Uruk shahrida qanday podsholik qilgani, shahar devorlarini, xudolarga atab ibodatxonlarni qurdirishda xalqqa zulm о‘tkazgani hikoya qilinadi. Uruk aholisining bunday zulmga chiday olmay, xudolarga shikoyat qilganligi, xudolarning uni jazolash uchun g‘ayori tabiiy kuchga ega bо‘lgan Enkidu nomli pahlavonni yaratganligi kabi kо‘plab sarguzashtlardan iborat voqealar hikoya qilinadi.
Ibodatxonlar qoshidagi maktablar о‘sha davrdagi barcha bilimlarni tarqatadigan markaz bо‘lgan. О‘sha maktablar hattotlarni kelgusida qilinadigan ishlar uchun tayyorlaganlar. Hattotlar ayni vaqtda kohin ham bо‘lganlar. Bu maktablarda umumiy bilim berish bilan bir qatorda, bir munsa yuqoriroq maxsus ma’lumot ham berilgan. Umumiy ma’lumot yozuv va til о‘rganish, arifmetika, geometriya va astranomiyadan oddiy biim olish, shuningdek, yulduzlarga qarab fol ochishlardan iborat bо‘lgan. Din, huquq, meditsina va musiqaning turli sohalarini о‘rganish maxsus ta’lim tizimiga kirgan. О‘qitish jarayoni juda oddiy bо‘lib, о‘qituvchi bergan savollarga о‘quvchilarning javoblari, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, yozuv mashqlari va yod olishdan iborat bо‘lgan.
Bobil madaniyati qadimgi Sharqdagi, asosan Old Osiyoning boshqa xalqlari madaniy taraqqiyotiga katta ta’sir kо‘rsatgan, bunga Bobil savdo-sotig‘ining keng tarmoq yoyganligi kuchli ta’sir kо‘rsatgan. Osuriylar, xettlar, urartular va Suriya qabilalari mixxatni Bobil-Shumerdan о‘rganganlar. Mixxat Elam va Eronga kirib borgan.
Xо‘jalik ehtiyojlarining chuqurlashuvi fan kurtaklarining vujudga kelishi hamda, binolarning hajmini belgilash, mahsulotlarning miqdori va og‘irligini о‘lchash, binolarning hajmini belgilash, dalalarning yuzasini о‘lchash zarurati matematika va geometriyaning paydo bо‘lishiga olib kelgan. 5,6,10 sonlari hamda ularning kо‘paytmalari hisoblanuvchi 30 va 60 sanoq sistemasiga ham shumeriylar asos solganlar.
Shumer-Akkad davridayoq astronomik kuzatish ishlari olib borilgan. Shumer va Bobillik astronomlar yetti qavatli ibodatxona (ziqkurat)larning tepa qismidagi maxsus maydonchadan turib osmon jismlarining xarakatlarini kuzatganlar. Ular dunyoning tо‘rt qismga bо‘linishi tо‘g‘risidagi tasavvurlarga ega bо‘lganlar va yulduzlarni beshta planetadan ajrata bilganlar. Quyoshning tutilishi natijasida jamlangan kuzatish ishlari astronomik hujjatlarda berilgan. О‘ziga xos taqvim yaratilib, bir yil 354 kun deb kо‘rsatilgan.
Tabobatda kо‘proq sehr-jodudan foydalanishga uringanlar. Lekin turli xil о‘tlardan dori-darmonlar tayyorlaganlar. Jarrohlikda bronza pichoqdan foydalanishib, kо‘z operatsiyalariga qо‘l urganlar, kо‘zga tushgan pardani olib tashlab, tashqi yara va о‘simtalarni jarrohlik yо‘li bilan tо‘zatganlar.
Qadimgi shumer va bobilliklar me’morchilikda shuhrat qozonganlar. Mil. avv IV ming yillikdayoq me’morchilikning yuksak namunalarini о‘zida birlashtirgan Eridu, Nippur, Ur, Umma, Uruk, Lagash kabi shaharlar vujudga kelgan.
Shumerlar dastalbki davrlarda sizot suvlarining binoga ta’sir qilishining oldini olish maqsadida, yirik imoratlar tagini tuproq bilan kо‘tarib, uning tepa qismiga hozirgi asfaltga о‘xshab ketadigan qotishma yotqizib, sо‘ngra bino qurganlar.
Shumer-Akkad me’morchiligi Urning III sulolasi davrida (mil. avv. 2118-2007 yillar) nihoyatda gullab-yashnagan. Qadimgi Ur, Eshnuna va Opis shaharlarida mahobatli saroylar, maqbara va ibodatxonalar qurilgan.
Birgina Bobilning muallaq bog‘larining о‘zi ham.qadimgi davrda arxitekturaning qay darajada rivojlanganligini kо‘rsatadi. Bu bog‘ qadimgi yunon-makedonlarni bekorga hayratga solmagan. Bobil bog‘larining mahobatliligi, hashamdor qilib bezatilganligi va mustahkamligini kо‘rgan yunonlar uni yetti iqlimning yetti mо‘jizalari safiga kiritganlar.
Rivoyatlarga kо‘ra, bu bog‘ni Bobil podshosi Novuxodanosar mil. avv, VI asrda bog‘-rog‘larga burkangan Midiyalik sevikli xotini sharafiga qurdiradi.
Tо‘rt qavatli bog‘ sun’iy maydon ustiga quriladi va uzoklan muallaq holda turgandek kо‘ringan. Shu boisdan bu bog‘ “Bobilning muallaq bog‘lari” deb atalgan.
Bog‘ning har bir qavatini toshdan yasalgan kо‘plab baland naqshinkor ustunlar kо‘tarib turgan. Ravoqlar ustidan g‘isht murakkab bog‘lovchi material, ichiga hozirgi sementga о‘xshash qotishma tuldirilgan chiy tо‘shalgan, yana g‘isht terilgan Sо‘ngra suv о‘tmasligi uchun qо‘rg‘oshin qо‘yib chiqilgan.
Har bir qavatga ulkan daraxtlarni ushlab turish uchun qalin qilib unumdor tuproq yotqizilgan. Bir qavatdan ikkinchi qavatga guldor qilib yasalgan zinapoyalar orqali kо‘tarilgan. Bog‘ uchun juda kо‘plab mamlakatlardan turli xil daraxtlar va anvoyi gullar keltirib ekilgan. Minglab qullar bog‘ni parvarishlash bilan band bо‘lganlar. Bog‘ Frot daryosidan ulkan charxpalaklar yordamida kо‘tarib berilgan suv bilan sug‘orilgan. Keyinchalik Frot daryosi о‘z о‘zanini о‘zgartirib, muallak bog‘ni yuvib ketgan.
Qadimgi shumeriylar haykaltaroshligi ham о‘ziga xos tarzda rivojlangan. Ular haykallarni qotib qolgan tarzda yasagan bо‘lsalar-da, asos e’tiborni uning kо‘ziga qaratganlar Haykalning kuzi harxil toshdan terib ishlangan. Bо‘rtma rasmlardagi odamshr va hayvonlar juda sodda va qotib qolgan tarzda tasvirlangan.
Xulosa qilib aitganda, Shumer-Bobil madaniyati qadimgi Sharq xalqlari asosan, Old Osiyoning kо‘pgina xalqlari madaniy hayotiga ta’sir kо‘rsatgan. Shumer yozuvlari Osuriya, Xett, Urartu va Suriya xalqlari yozuvining shakllanishiga, Bobilliklarning о‘quv sistemasi og‘irlik о‘lchovi, pul birligi Old Osiyoning kо‘pgina xalqlari hayetiga singib borgan. Mesopatamiya xalqlarining madaniyati keyingi davr – antik yunon madaniyati taraqqiyotiga sezilarli ta’sir kо‘rsatgan.

Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling