Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet54/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

Janubiy va Tropik Afrika san’ati
Janubiy va tropik Afrika arxitekturasi о‘zining bir qator xususiyatlari bilan farqlanadi.Bu xususiyatlar ana shu mintaqa tarixiy-taraqiyotining turli-tumanligi va qit’aning iqlim shart-sharoitlari bilan bog‘liqdir. Bu xususiyat birinchidan, Shimoliy-Sharqiy Afrika, Efiopiya va Sudan, ikkinchidan, Misrning neolit, qadimgi va о‘rta asr sivilizatsiya-lari, uchinchidan, Saxroi kabirning eneloit va neolit davrlarining barcha tarixiy bosqichlari, tо‘rtinchidan, arab xalifaliklari davrlari xisoblansa, sabiy, miney podshoxliklarining yodgorliklarining va qurilish faoliyatini о‘zida mujassamlashtirganliklari bilan xarakterlanadi.
Janubiy Afrika va uning qolgan tropik qismlari arxitekturasi xaqidagi tasavvurlarni qurilgan vaqti nomalum bо‘lgan megalitlar va turli xil qabrlargina bera oladi.
Janubiy Afrikadagi о‘rta asr me’moray yodgorliklari arablar bosqini va axolini islomlashtirish bilan bevosita bog‘liq xolda vujudga kelgan. Sayoxatchilarning bayon qilishicha, Janubiy Afrika xududidagi toshdan yasalgan qо‘rg‘onlar va ularning xarobalari о‘rta asrlardayoq shaxarlar mavjud bо‘lganligi kо‘rsatdi.
Xar bir mintaqaning xalq arxitekturasini chuqurroq о‘rganish, qadimgi me’morchilik tajribalari xozirgi kun arxitekturasi an’analari bilan xam uyg‘unlashib ketganligini kо‘rsatadi. Afrikaning Yevropa tomonidan kolonizatsiya qilinishi natijasida Yevropaning chekka о‘lkalariga xos bо‘lgan qiyofasiz me’morchilik uslublarining majburan joriy qilinishi natijasida butun Afrika bо‘ylab xissiz qiyofasiz kosmopolitizmga xos me’morchilikning vujudga kelishiga olib keladi.
Xozirgi zamon Afrika xos bо‘lgan me’morchilikning rivojlanish tarixi Afrikaning mustaqillikka erishganidan sо‘nggina boshlanadi.
Janubiy va Tropik Afrikadagi monumentali arxitekturaning asosiy xususiyati bir xil uslubdagi inshootlarning xar xil davrlarda qurilgan-ligi bilan xarakterlanadi.
Efiopiya xududidagi megalitlar, mengirlar va dol’menlarning vujudga kelishi eneolit va neolit davriga borib taqaladi.
Nigeriya xududidagi megalitlar, masalan, Ifa shaxridagi granit toshdan yasalgan ustunlar asosan о‘rta asrlar davriga oid bо‘lgan. Mengirlar esa Afrikaning turli xalqlarning diniy marosimlar bilan bog‘liq xolda vujudga kelgan. Bunday yodgorliklarni G‘arbiy Afrikaning kо‘pgina xududlari – Burkino faso, Gambiya, Gvineya, Nigireya, Mali, Senegal va Togo xududlarida uchratish mumkin. Bu yodgorliklar kamdan-kam uchraydigan prizma yoki silliqgina silindirsimon shaklidagi bir butun toshlardan yasalgan bо‘lib, yerga doira yoki zanjirsimon xolda о‘rnatilgan. Bunday yodgorliklar 900 tacha toshdan qurilgan. Ba’zi bir mengirlar tubidan uchigacha ilon iziga о‘xshab ornament bilan bezatilgan.
Shimoliy-Sharqiy Afrika monumentall me’morchiligining rivojlanish tarix qadim davrlarga borib taqaladi. Sudanda vujudga kelgan Kush davlati xududidagi me’moray yodgorliklar eramizdan avvalgi II mingginchi yillarda misrliklarning istilochilik yurishlari ta’siri ostida rivojlangan.
Janubiy Afrika me’morchiligida bir necha maktablar mavjud bо‘lib, ular qurilish uslublari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Sudaning G‘arbiy chegaralida asosan Mali, Burkino faso, Shimoliy Gana hududlarida iqlimga moslashish natijasida chunki bu yerlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘irlar bо‘lib turadi. Me’morchilikda G‘arbiy Sudan uslubi paydo bо‘ladi. Bu binolar asosan paxsadan qurilgan.
Lekin “о‘zga yurtlar” me’moray uslublari Afrika me’morchiligiga singib keta olmadi. Chunki maxalliy qurilish materiallari va iqlim sharoiti bu uslublarining keng tarqalishiga yо‘l bermagan, shaxarsozlik va me’morchilik о‘ziga xos yо‘nalishda rivojlandi. Bu davr binolari maxalliy toshlardan qurilgan bо‘lib, ustki qismi suvlangan. XV asrga kelib old Osiyodan keltirilgan tarelkasimon koshinlar bilan suvala boshlandi. Saroylar oddiy turar joylardan о‘zining maxobatliligi bilan farqlanib turgan. Tropik Afrikaning eng yirik saroyi Kilva shaxrida barpo etilgan.Masjidlar Sharqiy Afrika diniy me’morchiligining asosiy turlaridan biri bо‘lgan. Masjidlar kо‘p ustunli bazilikali zallarga ega bо‘lgan.
Shimoliy-G‘arbiy va G‘arbiy Afrika xududlaridagi me’morchilik о‘zining rang-barangligi va о‘ziga xosligi bilan ajralib turgan. Bu xududlar “shaxarlar mamlakati” deb yuritilgan. Bu shaxarlar savdo karvonlari yо‘llari ustiga qurilgan.
Janubiy Afrika me’morchiligida bir necha maktablar mavjud bо‘lib, ular qurilish uslublari bilan bir-birlaridan farq qiladi. Sudanning G‘arbiy chegaralarida asosan Mali, Burkino Faso, Shimoliy Gana xududlari-da iqlimga moslashish natijasida (chunki bu yerlarda vaqti-vaqti bilan kuchli yomg‘irlar bо‘lib turadi) me’morchilikda G‘arbiy Sudan uslubi paydo bо‘ladi. Bu binolar asosan paxsadan qurilgan. Masjid va minoralarning devorlari zilzilaga qarshi yog‘ochdan yasalgan tirgovuchlar bilan mustaxkamlangan. Yomg‘ir suvlari yuvib ketgandan sо‘ng devorlarni ta’mirlash uchun minora va masjidlarning devorlariga tashqariga chiqib turgan yog‘ochlar maxkamlashgan. Binolarning tepa qismi kesilgan piramidasimon qilib qurilgan. bularning barchasi birlashib uyg‘unlashib jangovorlik ruxini kasb etgan.
Janubiy Afrikada tosh-monumental me’morchilikning qay darajada rivojlanganligi tо‘g‘risidagi tasavvurlarni Zimbabvedagi xarobalar guvoxlik beradi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling