Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


-mavzu. “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining


Download 1.76 Mb.
bet2/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

1-mavzu. “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining
predmeti, maqsad va vazifalari.
Reja:
1.”Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani, uning tarkibiy
tuzilishi.
2.”Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining predmeti.
3.”Madaniyat nazariyasi va tarixi” faning maqsad va vazifalari.
4.”Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining boshqa ijtimoiy-
gumanitar fanlar bilan aloqasi.
Madaniyat kishilarga tabiat ato qilgan in’om emas, madaniyat insoniyatning minglab yillar davomida qanchadan qancha aziyatlar chekishi, izlanishlari, tabiat qonunlariga bo‘ysunishi, moslashuvi, qat’iyatlik ko‘rsatishi, mashaqqatlari, kurashlari, shuningdek, o‘zlarining turmushini yaxshilash uchun, tabiatdan o‘z ulushini olishga qaratilgan sa’y-harakatla-rining natijasidir.
Har bir kishi o‘zining shaxsiy tajribasi, tabiiy va ijtimoiy jarayonlarni o‘rganishi natijasida ham moddiy, ham ma’naviy madaniy boyliklarni yaratadilar, ularni yanada mukammmallashtirishga, o‘zidan keyingi avlodlariga yetkazib berishga harakat qiladilar. Aynan insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar nafaqat ana shu boyliklarni yaratishda qatnashgan har bir kishiga, shuningdek, ular bilan yonma-yon yashayotgan boshqa kishilarga, jamiyatga va umuminsoniyat madaniy taraqqiyotining (sivilizatsiyasining) vujudga kelishiga o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
Insoniyat umri davomida o‘zining turmushini tartibga solib turuvchi, mazmunan milliylikni ifoda etuvchi turli-tuman ma’naviy qadriyatlarni, urf-odatlar, rasm-rusumlar, marosimlarni vujudga keltiradi, ular bilan ro‘baru keladi, ularni o‘z davri ruhi bilan boyitadi. O‘zi yaratgan ma’naviy-madaniy boyliqlarni yanada mukammalshtirib, nafaqat o‘zi yashagan davr, balki o‘zidan keyingi avlodlarning ma’naviy-madaniy takomiliga asos bo‘luvchi qadriyatlar darajasiga ko‘tardi.
Shu boisdan madaniyat nafaqat yakka shaxsning dunyoqarashini shakllantirishga ta’sir ko‘rsatadigan, balki boshqa kishilar va jamiyatga bo‘lgan munosabatini takomillashtirishga yordam beradigan asosiy manba va vosita vazifasini bajarib kelmoqda.
Kishilar madaniyatni, ayniqsa, ma’naviy madaniyatni ijobiy ijtimoiy-ma’naviy hodisa sifatida talqin qilishga o‘rganib qolgan, Lekin madaniyat tarixining shunday davrlari (masalan, quldorlik davrida) ham bo‘lganki, bu davrda madaniy boyliklarni o‘z qo‘lida to‘plagan, ijtimoiy jarayonlarni boshqarishni o‘z qo‘liga olgan hukmdor tabaqa o‘tmish ajdodlari tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarni o‘zining mulkiga aylantirib, o‘zlarining manfaatlariga moslashtirib, ularni quyi tabaqaning manfaatlarini poymol qilish, mahrum etish vositasiga aylantirib, ularga hayvonlardek munosabatda bo‘lishning, haq-xuquqlari poymol qilishning asosiy vositasi ham bo‘lib kelgan. Yoki, feodal jamiyati davrida ham nafaqat azaliy madaniy qadriyatlar, balki o‘sha davrda yaratilgan madaniyatning ayrim elementlari ham yuqori tabaqa vakillarining jamiyatda mavjud bo‘lgan moddiy boyliklarga egalik qilishiga, boshqa kishilarga ham o‘zining shaxsiy mulki sifatida munosabatda bo‘lishining asosiy vositasi bo‘lib xizmat qilgan. Demak, insoniyat tarixining aksar davrlarida insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar, ayniqsa, ma’naviy madaniyatning yuqori tabaqa manfaatlarini himoya qiluvchi elementlari bu jarayonning odat tusiga aylanishiga xizmat qilgan, va madaniylik sifatida talqin qilingan.
Masalan, Qadimgi Rim quldorlik davlati siyosati hukmron tabaqaning manfaatlarini himoya qiluvchi g‘oya - “Qullarning mehnati, Rimliklarning rohat-farog‘ati” g‘oyasi quldorlarning manfaatlarini himoya qilishga xizmat qilgan. Demak, mazkur g‘oya o‘z davri uchun madaniyatlilik timsoli sanalgan.
Yoki bugungi kunda jamiyat ma’naviy hayotini butunlay qamrab olishga urunib, milliy madaniyatlarni zabun etishga jon-jahdi bilan harakat qilayotgan, umuminsoniylik ruhidan ancha yiroq bo‘lgan madaniyatning shunday ko‘rinishlari mavjudki, ular madaniyatning fenomeni (noyob ko‘rinishi) sifatida talqin qilinmoqda. Bu fikrimizni bugungi kunda ayrim yoshlarimiz tomonidan nikoh marosimiga kiritishga urunilayotgan, zamonaviy madaniyat sifatida talqin qilinayotgan, kelin salom bilan yonma-yon bo‘y ko‘rsatayotgan “kuyov salom”, kelin-kuyovning birgalikda raqsga tushishlari, kelin-kuyov ustidan pul sochishlar, kuyovga chet el valyutalaridan yasalgan “to‘n”ning kiydirilishi, to‘y arafasida kuyovning uyini kelinning qarindoshlari tomonidan bezatishlar (zamonaviy mebellar, yotoq jihozlari va boshqa narsalar bilan to‘ldirishi), milliy mumtoz musiqaga nisbatan chet el estrada musiqasining afzal ko‘rilishi, xullas, sanayversang oxiri tugamaydigan yot unsurlarning madaniylik sifatida qabul qilinishiga olib kelmoqda. Milliy madaniyatimizga bu shakldagi yot unsurlarning kirib kelishi, ayniqsa, ma’naviy madaniyatning azaliy va insoniylik tamoyillariga aylangan axloqiy madaniyatning oldiga qo‘yilayotgan maqsad va vazifalarning o‘zgarishiga, o‘zining azaliy mohiyatini yo‘qotishiga sabab bo‘layotganligi ko‘z oldimizda sodir bo‘lmoqda.
Bugungi kunda yevropa madaniyatida ko‘zga tashlanayotgan (aslida, yevropa madaniyati uchun ham madaniyatsizlik, deb qaralayotgan), axloqsizlikni erkinlikning bir ko‘rinishi deb qabul qilayotgan qo‘shtirnoq ichidagi turli xil “jamiyatlar” - gomoseksualistlar, lesbyankalar, yalong‘ochlar jamiyatlari a’zolari ham o‘zlarini madaniyatli deb ataydilar. Ular ana shu aqidaga tayangan holda nafaqat milliy madaniyatlarning, shuningdek, umuminsoniy madaniyatning tanazzulga uchrashiga zamin hozirlamoqda. Shu nuqtai nazardan qaraganda, madaniyatni nafaqat qadrlash va saqlab qolish, balki tanqidiy o‘rganib uni madaniy-ijobiy mazmun bilan boyitish ham o‘ta muhim ahamiyatga ega.
Insoniyatning minglab yillar davomida yaratilgan madaniyati nafaqat kishilarning insoniylik qiyofasini saqlab qolishiga, shu bilan birga o‘zining insoniylik qiyofasini yo‘qotmasligiga xizmat qiladi.
Aynan insoniyat tomonidan yaratilgan madaniy boyliklar nafaqat ana shu boyliklarni yaratishda qatnashgan har bir kishiga, shuningdek, boshqalarga, jamiyatga va umuminsoniyatning umumtaraqqiyotiga (sivilizatsiyasining vujudga kelishiga) o‘z ta’sirini ko‘rsatadi.
“Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani ikki qismdan iborat bo‘lib, uning birinchi qismida madaniyat nazariyasi – “madaniyat” va “kultura” atamalari, ularning lug‘aviy ma’nolari mazkur atamalarning vujudga kelishi, mazmuni va mohiyati, zamonlar o‘tishi bilan turlicha mazmun kashf etishi, madaniyatning ijtimoiy vazifalari, tarkibiy tuzilishi, madaniyat va sivilizatsiya, madaniy tarixiy jarayon, ularning yuzaga kelish sabablari, qonuniyatlari, ziddiyatli jarayonlari, o‘zaro ta’siri masalalari, G‘arb va Sharq mutafakkirlarining madaniyat to‘g‘risidagi fikrlari, madaniy taraqqiyot va uning qonuniyatlari, milliy va umuminsoniy madaniyat, madaniyat va din, madaniyat va shaxs, ziyolilik va madaniyat kabi masalalar qamrab olinadi.
Mazkur qo‘llanmaning ikkinchi qismi – “Madaniyat tarixi” qismida turli etnik birliklarning madaniy yutuqlari, qadriyatlarining xilma-xilligi, jahon madaniyatiga qo‘shgan hissalari, madaniy-tarixiy jarayonning murakkabliklari va ziddiyatlari, madaniyat tarixiga oid, izlanishlar va kashfiyotlar, moddiy va ma’naviy madaniyat yodgorliklari, turli xalqlarning qadriyatlari va turmush tarzi, ideallari va ramzlari haqidagi manbalarni berish orqali, nafaqat talabalarning dunyoqarashini yanada kengaytirish, shuningdek, qit’alar xalqlari tarixining turli davrlarida shakllangan madaniy hodisalarning vujudga kelishi, rivojla-nishi va tanazzulga uchrash jarayonlari hamda Yevropa, Osiyo, Amerika va Afrika xalqlari madaniyati, insoniyat tarixida ro‘y bergan sivilizatsion jarayonlar taqdiriga oid mavzular(ga to‘xtalib o‘tiladi) o‘rganiladi.
Shuningdek, mazkur fanning ikkinchi qismida insoniyat tarixida sodir bo‘lgan va sodir bo‘lishda davom etayotgan betakror hamda mustaqil madaniy sivilizatsiyalarning shakllanish jarayonlari, o‘ziga xos xususiyatlari, ularning birligi va darajalari, insoniyat tarixining turli davrlarida vujudga kelgan madaniy hodisalar to‘g‘risida to‘xtalib o‘tiladi.
Madaniyat tarixini o‘rganish – muayyan davr madaniy-tarixiy jarayoniga nafaqat baho berish, shuningdek, ularni bir-birlaridan farqlash, mazkur madaniy tarixiy jarayonning o‘ziga xos tomonlarini tahlil qilish, boshqa davrlardan farqli jihatlarini, shuningdek, o‘zidan oldingi davr madaniyatidan ta’sirlanib, o‘zidan keyingi davrlar madaniy-tarixiy jarayonga ko‘rsatadigan ta’sirini aniqlashga yordam beradi.
Madaniyat tarixi – madaniyatning noyob va betakror hodisa ekanligini, turli etnik birliklar tomonidan yaratilgan madaniy jarayonlarni bir-biri bilan taqqoslaydi, ularning o‘zaro munosabatlari va bir-biriga ta’sirini, zamon va makondagi farqlarini, ularning o‘ziga xos hamda umumiy jihatlarini tahlil qilinadi.
Arxeologlar va antropologlarning XX asrda olib borgan bir qator tadqiqotlari “madaniyat” terminiga yangi ma’no yukladi. Antropologlarning kuzatishlariga ko‘ra, Avstraliyaning tub joy xalqlari yoki Afrika bushmenlari orasida ibtidoiy qonunlar bo‘yicha yashaydigan qabilalar hanuzgacha mavjud. Ularda opera teatri ham, suratlar ko‘rgazmasi ham yo‘q. Lekin bu qabilalarni dunyoning sivilizatsiyalashgan xalqlari bilan bog‘lab turadigan mezonlar va qadriyatlar tizimi bor. O‘sha mezon va qadriyatlar ularning tili, qo‘shiqlari, raqslari, urf-odatlar, an’ana va xulq-atvorlari tizimida saqlanib qolingan. Ular yordamida hayotiy tajriba tartibga solinadi, odamlar o‘rtasidagi munosabat yaxshi tomonga o‘zgaradi. (Qarang: Abdurahmonov M., Rahmonov N.Madaniyatshunoslik. O‘quv qo‘llanma. Toshkent. 2011 yil, 15-bet).
2.Madaniyat nazariyasi va tarixi fanining predmeti. Madaniyat haqida so‘z yuritilarkan, eng avvalo, insonning ma’naviy qiyofasi, tafakkurining boyligi, jamiyat va kishilar orasida o‘zini tuta bilishi kabi ko‘plab insonga xos xususiyatlar ko‘z oldimizga keladi. Ikkinchi tomondan, insonning boshqalarga bo‘lgan munosabatlari, ya’ni nafaqat kundalik hayotda, shuningdek, umri davomida boshqa kishilarga qiladigan yaxshiliklari-yu, ularga bo‘lgan munosabatlari, boshqalarni ardoqlashi, eng qiyin damlarda ularning joniga aro kirishi, qo‘lidan kelgancha yordamini ayamasligi, qo‘llab-quvvatlashi - xullas, boshqalarni ham o‘zidek asrab-avaylashi; uchinchi tomondan esa madaniyat to‘g‘risida so‘z yuritilar ekan, inson va uning jamiyatga bo‘lgan munosabati, qo‘lidan kelganicha o‘zi yashayotgan jamiyatga foyda keltirishi, uning ravnaqi yo‘lida xizmat qilishi; to‘rtinchidan, bugungi tahlikali zamonda, ya’ni kishilar, millatlar, davlatlar o‘rtasida paydo bo‘lgan o‘ta keskin vaziyatni yumshatishga imkoni boricha o‘z hissasini qo‘shishga doimo tayyor turgan jonsarakligi; beshinchidan, aqlli mavjudot sanalmish odamzotning inson sifatida shakllanishi jarayonida amalga oshirgan barcha faoliyatlari – tirik mavjudotlar orasidan o‘zining aql-idroki bilan uzilib chiqqanligi, tabiatdan o‘z o‘rnini topa olganligi, o‘zaro hamkorlikda yashashi orqali tabiat injiqliklariga dosh berib kelganligi, tashqi olamning o‘ziga xos sir-sinoatlarini anglay olganligi, shuningdek, tabiat qonunlariga nafaqat bo‘ysunganligi, balki undan o‘zining manfaatlari yo‘lida foydalana olganligi, goh atrofida istiqomat qilayotgan boshqa kishilar bilan kelishib keta olishi, gohida esa, o‘zining manffaati yo‘lida kurashga bel bog‘laganligi, xullas minglab yillarni o‘z ichiga olgan madaniy-tarixiy jarayonni goh yuksaltirib, gohida esa tanazzulga yetaklagan inson va jamiyat orasidagi uzviy bog‘liqlikning ana shunday serqirra sohalari to‘g‘risida baxs yuritish va uning qonuniyatlarini tahlil etish “Madaniyat nazariyasi va tarixi fani” ning bosh mavzusi hisoblanadi.
Boshqa tomondan esa, madaniyat, uning mazmuni, mohiyati, vujudga kelish sabablari, rivojlanishi hamda taraqqiyoti tendensiyalari, inson va jamiyat tarixida bajargan va bajaradigan vazifalari, xullas, madaniyat tushunchasi, uning tarixi haqida ana shunday ilmiy-nazariy va amaliy ahamiyatga molik bo‘lgan bilimlar mazkur fanning predmetini tashkil etadi.
Ikkinchidan, yuqorida ta’kidlangan fikrlardan kelib chiqqan xolda, mazkur fanining predmeti madaniyat nazariyasi va tarixining jamiyat moddiy va ma’naviy madaniyati rivojining o‘ziga xos qonuniyatlarini hamda ana shu tarixiy-madaniy jarayonda inson omilining ijodiy yaratuvchanlik faoliyatini ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan tahlil etishni ham qamrab oladi.
Uchinchidan, “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani keng qamrovli ta’limot sifatida madaniyat masalalari va muammolarini, madaniyatning tarkibiy qismlarini, madaniy-tarixiy jarayon, uning rivojlanish qonuniyatlari hamda madaniy hayotning barcha sohalari va ular o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni ham tahlil etadi.
Demak, “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani madaniyat tushunchasining jamiyat ma’naviy hayotiga xos ma’lum bir qarashlar va qadriyatlar, bilim va malakalarning majmuidangina iborat emasligini, shuningdek, kishilar tomonidan yaratilgan madaniy boyliklarning inson va jamiyat moddiy hayotida mujassamlasha borishi, madaniy boyliklarni ishlab chiqarish jarayonida vujudga keladigan, shakllanadigan, mukammal darajaga yetadigan munosabatlaridan tortib to ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha yo‘nalishlarida ijtimoiylashib boradigan yutuqlarning natijalarini ham talqin etadi.
3.”Madaniyat nazariyasi va tarixi” fanining maqsad va vazifalari. “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani o‘zining keng qamrovli tadqiqot yo‘nalishlarini belgilab olishda quyidagi maqsad va vazifalarni:

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling