Aynan ana shu talablar, eng avvalo, bo‘lg‘usi mutaxassislarning madaniyat nazariyasi va tarixiga oid bilimlar bilan tanish bo‘lishlarini talab qilmoqda


Download 1.76 Mb.
bet4/62
Sana24.02.2023
Hajmi1.76 Mb.
#1226415
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62
Bog'liq
Мадан.наз.ва.тар.ўқув.қўл. янги вариант. 11.12.22. (восстановлен) (восстановлен)

beshinchidan, “madaniyat” atamasining insoniy faoliyatning asosiy mazmunini ifodalashi, bir tomondan, ijtimoiy taraqqiyotning mohiyatini o‘zida mujassamlashtirishi nuqtai nazaridan turlicha talqin qilinganligi, boshqa tomondan esa, kishilar tafakkurining oddiylikdan murakkablikka tomon rivojlanishi nuqtai nazaridan ham turlicha ta’riflanganligi;
oltinchidan, madaniyatga inson ma’naviy faoliyatining turfa xil ko‘rinishlaridan kelib chiqqan holda ta’rif va tafsif – siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, diniy, axloqiy, estetik va boshqa dunyoqarashlar nuqtai nazaridan tasavvur qilishlari va ta’riflashlarini;
yettinchidan, madaniyatning insoniyat tarixiy taraqqiyoti davomida
vujudga kelgan, bugungi kunda esa, inson va insoniyatning o‘tmishi hamda tarixini o‘ziga qamrab olgan qadriyatga aylanganligini;
sakkizinchidan, insoniyatning minglab yillarni o‘z ichiga olgan, uning
o‘tmishda qo‘lga kiritgan yutuqlari-yu, xatoliklari – tanazzullarining sabablari va oqibatlarini;
to‘qqizinchidan, qadimgi Sharqda vujudga kelib, so‘ngra yer yuzining
boshqa hudulariga keng yoyilgan madaniyatning o‘ziga xos jihatlari, qadimgi davlatchilikning vujudga kelishiga ko‘rsatgan ta’siri, hamda turli xalqlar milliy madaniyatlariga aylanish jarayoni va bu jarayonning o‘ziga xos xususiyatlarini;
o‘ninchidan, insoniyatning ibtidoiy davrlaridan bugungni kungacha bosib o‘tgan va madaniy yuksalish hamda tanazzullari bosqichlarining turli davrlardagi holatini;
o‘n birinchidan, madaniyat tarixida o‘ziga xos fenomen darajasiga ko‘tarilgan ijtimoiy-madaniy jarayonning ma’lum bir davrlarga kelib yuqori madaniy taraqqiyotga erishish sabablari hamda ayrim etnik birliklar madaniyatining umuminsoniy madaniy taraqqiyotga ko‘rsatgan ta’sirini o‘rganish hamda tahlil etishni nazarda tutadi.
“Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani madaniyat haqidagi shunchaki kuzatishlar, qarashlar va dalillarning oddiy yig‘indisi bo‘lib qolmay, madaniyat va jamiyat munosabatlarida hayotning ziddiyatli rivojiga xos amaliy faoliyatning natijasi o‘laroq vujudga kela borgan bilimlari majmui hamdir. Shu boisdan ham “Madaniyat nazariyasi va tarixi” fani bahs yuritadigan har bir masalaga ijtimoiy-madaniy hayotning ko‘pgina tomonlarini madaniyat va uning shakllanish jarayonlarini tarixiy-madaniy nuqtai nazardan taxlil etadi.

Download 1.76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   62




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling