20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja


Download 330 Kb.
bet1/16
Sana04.02.2023
Hajmi330 Kb.
#1161536
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
Bog'liq
20-MAVZU


20-MAVZU. RAQAMLI IQTISODIYOTDA XAVFSIZLIK MASALALARI
Reja:
20.1. Raqamli havfsizlik masalalari va uning ta’minlanishi
20.2. Internet tarmog‘idagi firibgarlik turlari va ularni aniqlash yo‘llari
20.3. Intellektual mulk ob’ektlarini himoya qilish tizimi
O‘quv maqsadi: globallashuv sharoitida axborot havfsizlik muammolarini aniqlash va ularni bartaraf etish yo‘llarini o‘rganishdan iborat
Tayanch iboralar: axborot havfsizligi, internet firibgarlik, spam, intellektual mulk.
20.1. Raqamli havfsizlik masalalari va uning ta’minlanishi

Xavfsizlik tadbirlari tarmoqqa shunday joriy qilinganki, umumiy inkor etish nuqtasi bo‘lmaydi, nafaqat maxfiylik, balki har qanday harakat bekor qilinmasligi va autentifikatsiya ham ta’minlanadi. Tizimda ishtirok etishni istagan har bir shaxs shifrlashdan foydalanishi lozim – bu muhokama qilinmaydi, – va o‘ylamasdan qilingan harakatlar oqibatlarini faqat shu harakatlarni amalga oshirgan shaxsgina his qiladi.


Xakerlik hujumlari, shaxsiy ma’lumotlarni o‘g‘irlash, firibgarlik, kiberqo‘rqitish, fishing, spam, ziyon keltiruvchi dasturlar, virus-tovlamachilar – bularning barchasi insonning jamiyatdagi xavfsizligiga tahdid soladi. Internetning ilk davri, ko‘plab jarayonlarni shaffof qilish va inson huquqlari buzilishini qiyinlashtirish o‘rniga, xusuiy shaxslar, institutlar va iqtisodiy faollik xavfsizligini oshirmasdi. O‘rtacha internetdan foydalanuvchi ko‘pincha elektron pochta va hisob qaydlarini oddiy parollar himoya qiladi deb umid qilardi, chunki provayderlar yoki ish beruvchilar ishonchliroq parollarni talab qilmasdi.
Raqamli valyuta oddiy faylda saqlanmaydi. U kriptografik xesh bilan belgilangan tranzatsiyalarda aks ettiriladi. Foydalanuvchilar o‘z pullariga kriptokalitlarga ega bo‘ladi va tranzaksiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri bir-biri bilan amalga oshiradi. Bunday xavfsizlik uchun ularning har biri mas’uliyatli bo‘lishi shaxsiy kalitlarni ishonchli himoya qilishi zarur.
Bu erda xavfsizlik standartlari muhim. Bitkoin blokcheyni AQSH Standartlar va texnologiyalar milliy instituti tomonidan chiqarilgan va axborotni qayta ishlash federal standarti sifatida qabul qilingan mashhur va puxta ishlab chiqilgan SHA-256 standartida ishlaydi. Blok echimini topish uchun zarur bo‘lgan ko‘p martalik matematik hisob-kitoblarni takrorlash murakkabligi hisoblash qurilmasidan masalani echish va yangi Bitkoinlar ishlab topish uchun ko‘p elektr energyasi sarflashni talab qiladi. Boshqa algoritmlar ancha kamroq energiya sarflaydi.

Download 330 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling