20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qiymat
Risklarni boshqarish. Blokcheyn texnologiyasi bir necha xil moliyaviy risk turlarini bartaraf qilishga vada beradi. Birinchidan, tartibga solish riski tolovning bitimni tartibga solish jarayonida bironta xato natijasida otmaslik riski. Ikkinchidan, kontragentlik riski – ikkinchi tomon bitimni tartibga solish roy bermagunga qadar defolt elon qilish riski. Nihoyat, eng jiddiy tizimli risk, tizimdagi barcha yirik kontragentlik risklari yigindisi.
Qiymat innovatsiyasi. Bitkoin blokcheyni Bitkoinlar uzatish uchun yaratilgan, boshqa moliyaviy aktivlar bilan ishlash uchun emas. Biroq bu ochiq boshlangich kodli, eksperimentlarni ragbatlantiradigan texnologiya. Ayrim novatorlar Bitkoin tolovlari uchun emas, balki boshqa maqsadlar uchun moljallangan alohida blokcheynlar, yani altkoynlar yaratadi. Boshqalar esa har qanday, ham jismoniy, ham raqamli aktiv yoki majburiyat: kema aksiyalari, neft barreli, oltin yombi, avtomobil, avtokredit boyicha tolov, veksel yoki schet yokil, albatta, real valyutani ifodalagan holda «boyalishi» mumkin bolgan «hosila» kriptovalyutalar saydcheynlari yaratish uchun Bitkoin blokcheyni olchami va likvidligidan foydalanish usullarini izlaydi. Saydcheynlar bu – imkoniyatlari va funksiyalari boyicha Bitkoin blokcheynidan farq qiladigan, lekin uning xavfsizligini pasaytirmagan holda Bitkoin kompyuter infratuzilmasi va rivojlangan tarmogidan foydalanadigan blokcheynlar. Saydcheynlar blokcheyn bilan ikki kanalli shtift aktivlarni uchinchi tomon ishtirokisiz blokcheynga va blokcheyndan berish kriptografik vositasi yordamida aloqa qiladi. Xususiy blokcheynlarda sado platformalari yaratib, umuman Bitkoin va boshqa tokenlardan foydalanishni istisno qilishga intiladigan novatorlar bor. Moliyaviy institutlar aktivlar va majburiyatlarni yozish, almashinish va sotish uchun blokcheyn texnologiyasidan foydalanmoqda, vaqt otishi bilan esa ananaviy birjalar va markazlashtirilgan bozorlarni u bilan almashtirishi mumkin, bu esa bizning qiymat haqidagi va u bilan savdo mexanizmlari haqidagi tasavvurlarimizni ozgartirib yuborishi mumkin. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling