20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Intellektual
Intellektual mulk – individual yoki jamoaviy subektlarning ilmiy-texnik, adabiy va boshqacha ijodini mujassam etuvchi biror-bir obektiv shakllarda ifodalangan ideal obektlarga ega bolish, foydalanish, qollash munosabatlaridir. Intellektual mulk inson ongi, aqli mahsulining natijasi bolib, uning chegaralari mislsiz keng, imkoniyatlari tuganmas, ozgarishi shunchalik tezkorki, bir necha yillar davomida intellektual mukning yangi turlari yuzaga keladi, uning tuzilmasi va funksiyalari ozgaradi.
Intellektual mulkning barcha obektlari aqliy faoliyat natijalari yoki namoyonlaridir. Kop hollarda ushbu mahsulotlar inson istedodining fan, texnika, adabiyot, sanat sohalaridagi bilvosita va bevosita namoyoni hisoblanadi. Inson mehnatining boshqa mahsulotlari kabi intellektual faoliyat natijalari baholanish qiymatiga ega. Ular mahsulot ayirboshlashga tijorat asosda kiritilishi, iqtisodiy, ijtimoiy va boshqacha foydali samara berishi, shaxsiy va jamoat ehtiyojlarini qondirishi mumkin. Mulk subekti oz hukumi va oz manfaatlaridan kelib chiqib, uchinchi shaxslarni aralashtirmagan holda intellektual faoliyat mahsulotlarini ozlashtirish, egalik qilish, foydalanish va qollashni amalga oshiradi. Intellektual mulk mahsulotlari nomoddiy xususiyatga ega malum bir axborot tashuvchilar bolib, bu axborot ilmiy-texnik yoki tijorat aylanishiga faqatgina hujjatlarda rasmiylashtirilsagina, mahsulot sifatida qoshilishi mumkin. Ijodiy mehnat natijasi olaroq, intellektual mulk mahsulotlaridan kopchiligining muallifi bor. Tovar belgisi va boshqacha alomatlar oddiy mehnat subektlari va mahsulotlarini (tovarlar, xizmatlar) individuallashtiradi. Intellektual mahsulotlar vaqt otishi bilan axloqiy va jismoniy eskiradigan istemoldagi narsalarga mansub emas. Intellektual faoliyat natijalaridan bir vaqtning ozida chegaralanmagan miqdordagi shaxslar foydalanishi mumkin. Nafaqat mulkdorlar, balki zaruriy litsenziya sotib olingach, istalgan subektlar, qonunda kozda tutilgan hollarda esa intellektual mahsulotning xojayini ixtiyoriga zid ravishda foydalanishi mumkin. Intellektual mulk obektlari orasida tizimli aloqa mavjud. Ilmiy va texnik jarayon taraqqiyotining har bir bosqichida avvalgilariga malum darajada bogliq bolgan yangi intellektual mahsulotlar shakllanadi va rivojlanadi. Intellektual mulk obektlari intellektual faoliyat natijalariga rasman tasdiqlangan huquqlar hisoblanadi. Intellektual mulk obektlari (IMO): mualliflik huquqi obektlariga (fan, adabiyot va sanat asarlari); oraliq huquqlar obektlari (efir va kabel namoyish, ijro, fonogramma); sanoat mulki obektlari (ixtirolar foydali modellar va ishlab chiqarish namunalari, firma nomlari, tovar belgilari, mahsulot yuzaga kelgan joylar belgisi); ilmiy va ilmiy-texnik soha obektlariga (integral mikrosxemalari, seleksion yutuqlar, ixtirolar va hokazolar) bolinadi. Intellektual mulkdan foydalanish huquqini birovga berishning keng tarqalgan shakli franchayzing hisoblanadi. Atama fransuzcha franchise sozidan kelib chiqqan bolib, imtiyoz, engillik manosini beradi. Franchayzing shartnomalari va tadbirkorlikni franchayzingli tarmoqlar shakllantirish yoli bilan tashkil etish tadbirkorlik sohasida qollaniladi va yangi xojalik majmualarini yaratish, tovar va xizmatlarni sotish tarmogini (dokonlar, restoranlar, mehmonxonalar va hokazo) kengaytirish maqsadida tuziladi. Franchayzing qurilishi asosida bir tomon (franchayzer) boshqasiga (franchayzi) pul evaziga unga tegishli intellektual mulkdan franchayzer ishlab chiqqan va qollaydigan ish yuritish tizimini qollashdek zarur shartda foydalanish huquqini taqdim etuvchi kelishuv yotgan vertikal integrallashtirilgan tizimdir. Franchayzing, franchayzer va franchayzi orasidagi ozaro munosabatlarning ancha murakkab tizimi va har xil shakllarini taqozo qiladi. Ozaro munosabatlar ishtirokchilarning sohaviy mansubligi, strategik maqsadlari, resurslari, mintaqaviy joylashuvi va boshqalarga bogliq, shu sababli shartnoma yagona modelini ishlab chiqish deyarli mumkin emas. Franchayzingga xos bir qator belgilarni alohida ajratish mumkin. Bular quyidagilar: franchayzerda intellektual mulkka rasman tan olingan huquqlar va ish yuritish tizimining (ishlab chiqilgan standartlar, nou-xau va hokazolar) mavjudligi. SHartnoma tuzish oldidan franchayzer ish yuritish uchun franchayziga zarur malumotlarni oshkor etishi, hamkorlik jarayonida esa zaruriy yordam korsatishi (texnik hujjatlar, oqitishi va hokazo) lozim. Franchayzi ishlarni franchayzer talablariga tola muvofiq tarzda olib borish, oz mablaglari hisobidan ishga sarmoya kiritish va franchayzerga tomonlar kelishuvidagi mukofotni tolash masuliyatini oladi. Franchayzing munosabatlar uzoq muddatligi va tomonlar yuridik mustaqilligini kozda tutadi. Foydalanuvchi huquq egasining ishlab chiqarish sirlari va undan olgan maxfiy tijoriy axborotlarni oshkor etmasligi; huquq egasi firma nomi va tijoriy belgisidan shartnomada korsatilgan tarzda foydalanishi; korsatilayotgan xizmatlar sifatining bevosita huquq egasi korsatayotgan muqobil xizmatlar sifatiga mos kelishini taminlashi; huquq egasi qollaydigan, jumladan, tijorat xonalarining tashqi va ichki bezatilishiga tegishli alohida huquqlar majmuidan foydalanish xususiyatlari, usullari va shartlari muvofiqligini taminlash boyicha huquq egasi yoriqlari hamda korsatmalariga rioya qilishga majbur. Foydalanuvchi, shuningdek, istemolchilarni tijorat konsessiyasi shartnomasiga kora, u huquq egasining firma nomi, tovar belgisi yoki individuallashtirish boshqa vositasidan foydalanilayotganligidan xabardor qilishi hamda istemolchilarga ular bevosita huquq egasidan xizmatni olgan taqdirlarida kutishlari mumkin bolgan barcha qoshimcha xizmatlarni korsatish lozim. Evropa Ittifoqi Evropaning aksariyat patentlari amerikalik va yaponiyalik firmalarga tegishli ekanligidan xavotirlanib, Hamjamiyat patenti haqidagi Nizomni maqulladi va bu AQSH hamda YAponiyada mavjudlariga taqqoslasa boladigan patentni Evropada olish uchun harakat qilishga imkon berdi, shu bilan innovatsion imkoniyatlarni kuchaytirib, evropalik kompaniyalar raqobatbardoshligini oshirdi. Internetdan tijorat maqsadlarida foydalanishning osishi bilan mualliflik huquqlari buzilishi bilan bogliq ishlar soni keskin kopaydi. Evropa Ittifoqida kichik va orta tadbirkorlik hamda individual ixtirochilar ehtiyojlariga moljallangan internet patent taqsimlash xizmati (DIPS) tashkil etildi. Patent va litsenziyadan tashqari kopgina mamlakatlarda quyidagilar intellektual mulk himoya shakllari hisoblanadi: kopirayt (ishlab chiqarish huquqi) – adabiyot, san’at, audio yoki videoasarlarni chiqarish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soluvchi huquqiy me’yor. Asarga tushiriladigan aylana ichidagi lotincha S harfi mazkur asar mualliflik huquqi bilan himoyalanganini bildiradi; tovar belgisi va xizmat korsatish belgisi – tovarlarni bajarilayotgan ishlarni hamda yuridik yoki jismoniy shaxslar korsatayotgan xizmatlarni individuallashtirish uchun xizmat qiluvchi belgilardir. Firma nomi qayd etilgach, muddatsiz hisoblanib, firma tugatilsa barham topadi, ammo sotilmaydi. Ozbekiston Respublikasi Prezidentining Intellektual mulk sohasida davlat boshqaruvini takomillashtirish chora-tadbirlari togrisidagi 2019 yil 8 fevraldagi PQ-4168-sonli qaroriga asosan tovar belgisi va xizmat korsatish belgisiga doir mutlaq huquq, tovar kelib chiqqan joy nomi va (yoki) tovar kelib chiqqan joy nomidan foydalanish huquqi (keyingi orinlarda tovar belgisi) osha kunning ozida tovar belgisi haqidagi malumotlarni Agentlikning rasmiy veb-saytida majburiy tarzda joylashtirgan holda Tovar belgilari davlat reestrida royxatdan otkazilgan sanadan boshlab vujudga keladi6. Ushbu qonunga ko‘ra, fan, adabiyot va san’at asarlariga mualliflik huquqi uning yaratilishi bilan yuzaga keladi. Mualliflik huquqining yuzaga kelishi va amalda tatbiq etilishi uchun asarni qayd etish, asarni maxsus rasmiylashtirish yoki boshqa bir rasmiyatchilikka rioya qilish talab etilmaydi. Alohida mualliflik huquqi egasi oz huquqlarini elon qilishi uchun asarning har bir nusxasida joylashtiriladigan va uch unsurdan iborat mualliflik huquqini qoriqlash belgisidan foydalanish huquqiga ega: aylana ichidagi lotincha C harfi, alohida mualliflik huquqiga ega shaxsning nomi, asar birinchi nashrining yili. Xizmat majburiyatlari yoki ish beruvchi xizmat topshirigini bajarish tartibida yaratilgan asarga mualliflik huquqi xizmatga doir asar muallifiga tegishli. Biroq xizmatga doir asardan foydalanishga alohida huquqlar muallif mehnat munosabatlarida bolgan (ish beruvchi) shaxsga tegishli, agar u va muallif orasidagi kelishuvda boshqa shart kozda tutilmagan bolsa. Xizmatga doir asarning foydalanish har bir turiga mualliflik mukofoti hajmi va uni tolash tartibi muallif bilan ish beruvchi ortasidagi shartnoma bilan belgilanadi. Qonun muallif roziligisiz va mualliflik haqisiz (asaridan foydalanilayotgan muallif nomi, olingan manbani korsatish sharti bilan) asardan foydalanishga yol qoyiladigan holatlarni belgilaydi. Ilmiy, tadqiqot, polemik, tanqidiy va axborotga oid maqsadlarda huquqiy elon qilingan asarlardan kochirma (sitata) maqsadi bilan ozini oqlaydigan hajmda kochirma keltirishga yol qoyiladi: gazetalarda, efirda joriy siyosiy, iqtisodiy va boshqa masalalar boyicha maqolalarni chiqarish hamda omma oldida aytilgan siyosiy nutqlarni keltirish. Mualliflik huquqi muallifning butun hayoti davomida va olimidan keyin 70 yil amalda boladi. Mualliflik huquqi meros boyicha otadi. Mualliflik huquqi, muallif nomiga huquq va obrosini himoya qilish huquqi muddatsiz qoriqlanadi, ammo meros bolib otmaydi. Asarlarga mualliflik huquqi amal qilish muddatining tugashi ularning jamoat mulkiga otishini bildiradi va bu har qanday shaxsga undan mualliflik haqini tolamasdan foydalanish huquqini beradi. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling