20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Internet dokonlar bilan bogliq firibgarlik.
- C h et
Internet-gadoychilik. Internetda kasal bolalarga moliyaviy yordam so‘rovchi xayriya tashkiloti, bolalar uyi yoki boshqa shu kabi tashkilotlarning e’loni chiqishi mumkin. Internet firibgarlar haqiqiy xayriya saytlarning dublyor-saytini yaratadilar va pul otkazmalarning rekvizitlarini ozgartirib qoyadilar. Aldanib qolmaslik va pulingizni firibgarlar qoliga bermaslik uchun korsatilgan tashkilotga qayta qongiroq qilish, hisob raqamini tekshirish yoki shaxsan tashrif buyurish uchun dangasalik qilmaslik kerak, malumotlarning togri ekanligiga ishonch hosil qilib, ishning barcha tafsilotlarini bilgan holda, pulni otkazish yoki otkazmaslikka qaror qilish lozim.
Internet dokonlar bilan bogliq firibgarlik. Internet orqali sizga istalgan narsani sotib olish uchun takliflar qilishlari mumkin, ammo bu narsaning qandayligini korish va aniq bilish juda qiyin boladi. Ammo internet orqali xarid qilishning bir qancha qoidalariga rioya qilinsa, potensial firiblar, aldamchilardan samarali himoyalanish mumkin. Masalan, mahsulotga juda ham past narx qoyilgan va sotuv haqidagi taklifda sotuvchining manzili va telefoni yoq. Bundan xulosa qilish mumkinki, sizga qalbaki mahsulot taklif etilyapti yoxud pulingizni ozingizni rozi qilgan holda omarish rejalashtirilyapti. Bunday holda erinmasdan sotuvchiga qongiroq qilish va undan malum bolgan mahsulotning xususiyatlari, texnik korsatkichlari va hokazolarni surishtirish lozim. Agar bu sorovga notogri javoblar va tushuntirishlar olinsa, internet dokondagi xariddan voz kechish kerak. Undan tashqari sotuvchi va kompaniya haqida malumotlar yigish, uning faoliyati haqidagi malumotlar bilan tanishib va shundan songgina ushbu internet dokon bilan ishlash kerakmi yoki yoqligini hal qilish lozim. Tovarni olishda esa kurer tomonidan etkazib berish xizmatidan foydalanish va mahsulotga tolovni olgandan song amalga oshirish lozim. Chet el fuqarolariga nisbatan firibgarlik (nikoh firibgarlik). Haqiqiy hayotda oz umr yoldoshlarini topmaganligi sababli kop erkaklar ularni internet saytlarida qidirishni davom etadilar. Qidiruvlarda turli tanishuvlar tanishuv saytlarida boshlanadi, bu erda qizlar ozlarining fotosuratlarini joylashtiradilar. Bundan esa firibgarlar qizlarning fotosuratlaridan foydalangan holda, psixolog, dasturchi, tarjimonlarni jalb qilishadi va ushbu sayt orqali ishonuvchan xorijliklar yozishmalarni boshlaydilar. Garb kuyovlari gozal qizlarning jiddiy munosabatlari haqidagi elonlarga laqqa tushishadi. Keyinchalik, bazan bir oylik yozishmalardan song, bir umrlik sadoqat va muhabbat evaziga ularning moliyaviy muammolarini hal qilishga yordam sorashadi, masalan, kasal ota-onalar uchun bir hamshira yollash uchun pul jonatish, kreditni tolash, xorijiy mamlakatga kuyovning yoniga uchib borish uchun pul otkazish va hokazo. Soralgan pul olinganidan keyin qalliqlar aloqaga chiqamay qoyadilar. Aldanganliklarini bilib qolgan xorijiy fuqarolar esa yordam sorab politsiyaga murojaat qiladilar. SHuni aytish kerakki, bunday firibgarlar, uzoq mamlakatlardagi qalliqlar bilan ishlaydilar, aks holda yaqin mamlakatlardagilar ozlari kelishlarini sorashlari mumkin boladi. Bu esa firibgarlar uchun unchali yoqimli emas, albatta. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling