20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
Virusdan foydalanish asosidagi firibgarlik. Bunday turdagi viruslarning mohiyati so‘ralayotgan resurslarni nusxalangan fiktiv resurslarga “pereadresatsiya” qilgan holda almashtirishdir. Bunday ishlar eng ommabop runet resurslarida – Yandeks, Rambler, Mayl, VKontakte, Odnoklassniklarda ham amalga oshirilgani malum. Virus bilan zararlangan kompyuterda biror-bir resursning adresini tera turib, foydalanuvchi unga aynan oxshash firibgarlar tomonidan tuzilgan soxta serverga tushib qoladi va undan tizimga kirish uchun kerakli bolgan malumotlarni kiritish soraladi (yani foydalanuvchi login va paroli soraladi). Adres qatoriga saytning aniq nomi yozilgan va tashqi korinishi original serverdan nusxalanganligi sababli kopchilik foydalanuvchilarda hech qanday shubhalanish yoki gumon paydo bolmaydi va ular oz login va parollarini kiritadilar. Login va parol kiritilganidan song, hisobga olish yozuvini tasdiqlash yoki faollashtirish uchun minimal narxdagi SMS jonatish soraladi. Shunday qilib, firibgarlar nafaqat abonentlar hisob raqamlaridagi mablaglarni echib oladilar, balki ularning logini va parollarini bilgan holda ular nomidan ozlariga kerakli bolgan malumotlarni jonata oladilar ham. Masalan, Tekinga firma nomidan kattagina sovga olishingiz uchun bizga 10 dollar yuboring, Firma tashkil etayotgan lotoreyada ishtirok etish va kompyuter yutib olish uchun 5 dollar yuborishingiz kifoya qiladi, Kompaniya tashkil etayotgan gumanitar tadbirda ishtirok etish uchun 1 dollar yuborishingiz mumkin va shu kabilar.
Virus bilan zararlangan dasturlarni yuklab olish va ishga tushirish uchun foydalaniladigan asosiy mavzular jumlasiga ijtimoiy saytlardagi qoshimcha funksiyalar (sovgalar, VIP-kiritish va shu kabilar)ni, telefondan SMS malumotlarni oqib olishni, VKontaktedagi reytingini oshirish, mobil telefon egasining telefoni raqamidan uning qaerdaligini (manzilini) bilib olish kabi qiziqarli takliflarni korsatish mumkin. Korsatilgan ilovaga otilgan zahoti foydalanuvchining kompyuteri virusli dasturni avtomatik ravishda ishga tushirib yuboradi. Bunday viruslar bilan zararlangan foydalanuvchilarga maslahat sifatida korsatilgan resurslarga kiritiladigan parollarni darhol ozgartirish hamda antivirus bazalari yangilangan antivirus dasturlar ishlatishni boshlash tavsiya etiladi. Shuni ham aytish kerakki, ommaviy saytlarning resurslari hech qachon tizimda qayd qilingan foydalanuvchidan yana bir marta qoshimcha avtorizatsiya qilinishni sorashi mumkin emas. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling