20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
Bir-biriga kiritilganlik.Iqtisodiyot hamma uchun ishlaganda eng yaxshi ishlaydi. Bu unda ishtirok etish uchun tosiqlarni pasaytirish lozimligini anglatadi. Bu kapitalni qayta taqsimlash emas, balki qayta taqsimlangan kapitalizm uchun platforma yaratish kerakligini anglatadi.
Ilk internet davri koplab odamlar uchun koplab mojizalar yaratdi. Biroq, yuqorida aytib otilganidek, dunyo aholisining katta qismi na texnologiyalarga, na moliya tizimiga va na iqtisodiy imkoniyatlarga ulanish imkoniga ega bolmagan holda avvalgidek, tizimga ulanmasdan qolib ketmoqda. Boz ustiga, yangi kommunikatsiya vositasi hamma uchun farovonlik keltirishiga umid oqlanmadi. Ha, Internet rivojlangan mamlakatlarda kompaniyalarga rivojlanayotgan iqtisodiyotlarda millionlab odamlarga ish taqdim etishga imkon berdi. U koplab tadbirkorlar uchun bozorga kirish uchun tosiqlarni pasaytirdi va aholining kam taminlangan qatlamlariga yangi imkoniyatlar va bazaviy axborotga ulanish imkoniyatini taqdim etdi. Oylaymizki, blokcheyn texnologiyasi har bir kishining huquqlari va insoniylikni saqlash va himoya qilish vositasiga aylanishga qodir. Haqiqatni tarqatadigan, farovonlikni taqsimlaydigan va – tarmoq qalbaki tranzaksiyalarni rad qilgani kabi jamiyatdagi dahshatli bir narsaga aylanib ketishi mumkin bolgan ilk saraton hujayralarini yoq qilishga qodir bolgan vositagadir. Moliya xizmatlari butunjahon tarmogi hozirgi kunda muammolarga tolib yotibdi. U eskirib qolgan, chunki yuqori dinamikali raqamli dunyodan ortda qolib ketayotgan va shu sababli sekin va ishonchsiz ishlaydigan, otgan asrdan qolgan texnologiyalarga asoslanadi. U monopol bolib, milliardlab odamlarga bazaviy moliyaviy vositalarga ulanish imkonini bermaydi. U markazlashtirilgan bolib, shu sababli axborot sizib chiqishi va boshqa hujumlar va inkor qilishlarga uchraydi. U monopollashtirilgan bolib, shu sababli status-kvoni qollab- quvvatlashga intiladi va innovatsiyalarga tosqinlik qiladi. Blokcheyn novatorlar va tadbirkorlarga ushbu kuchli platformada qiymat yaratishning yangi usullarini topgan holda shu va boshqa koplab muammolarni hal qilishga imkon beradi. Blokcheyn texnologiyasi ular boyicha tarmoqqa chuqur ozgarishlar keltiradigan, moliyaviy monopoliyalarni yoq qiladigan hamda xususiy shaxlar va tashkilotlarga qiymat yaratish va boshqarishni tanlash imkoniyatini taqdim etadigan oltita sabab mavjud. Jahon moliya mutaxassislari bu haqida oylab korishlari lozim. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling