20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
Attestatsiya. Tomonlar tarixda birinchi marta, bir-birini bilmagan va bir-biriga ishonmagan holda bitim tuzishi va ishlarni yuritishi mumkin. SHaxsni tasdiqlash va ishonch ornatish moliyaviy vositachining huquqi va imtiyozi bolmay qoydi. Boz ustiga, moliyaviy xizmatlar nuqtai nazaridan ishonch bayonnomasi yangi manoga ega boladi. Blokcheyn zarur bolgan paytda tranzaksiyalar tarixi (blokcheynda), nufuz qiymati (agregatsiyalangan fikrlar asosida) va boshqa umumiqtisodiy korsatkichlar asosida har bir tomonning aynan oxshashligi va tolov layoqatini tasdiqlab, ishonchli munosabatlar ornatishi mumkin.
Qiymat. Blokcheynda tarmoq qiymatni piringli uzatish kliringini amalga oshiradi va ularni tartibga soladi, buni doimiy bajaradi, shunday ekan, uning registri doim dolzarb boladi. Agar banklar ozining biznes-modelini ozgartirmagan holda bunday imokniyatdan avvalboshdan foydalanganida edi, 20 mlrd dollar atrofida operatsion xarajatlar tejab qolgan bolardi bu hisob- kitoblar Ispaniyaning Santander bankiga tegishli bolib, real raqamlar bundan ancha yuqori. Qiymatni keskin pasaytirish tufayli banklar bank xizmatlari korsatish bilan etarli darajada qamrab olinmagan jamiyatlarda xususiy va korporativ mijozlarga moliyaviy xizmatlar, bozorlar va kapitalga ulanish uchun kengroq imkoniyatlar taqdim eta olgan bolardi. Bu nafaqat bozor etakchilari uchun, balki butun dunyo boylab endi ish boshlayotgan tadbirkorlar uchun ham foydali hisoblanadi. Istalgan kishi istalgan joydan turib, faqat smartfonga va internetga ulanish imkoniga ega bolgan holdagina jahon moliyaviy oqimlariga qoshilish imkoniga ega. Tezlik. Hozirgi paytda pul oqimini tartibga solish etti kun, birja bitimini tartibga solish ikki-uch kun, bank ssudasi uchun esa naqd 23 kun talab qilinadi. SWIFT tarmogi butun dunyo boylab on minglab moliyaviy institutlar ortasida kuniga on besh million tolovni otkazadi, lekin ularni tartibga solish v kliringga bir necha kun sarflaydi. Xuddi shu narsa AQSHda kuniga trillionlab dollarlik tolovlar otkazadigan ACH (AutomatedClearingHouse) tizimida ham roy beradi. Bitkoin tarmogida bu vaqtda amalga oshirilgan barcha tranzatsiyalarni tartibga solish va kliringga ortacha 10 daqiqa ketadi. Boshqa blokcheynlar yanada tezroq bolib, BitcoinLightningNetwork kabi zamonaviy novatorlik echimlari tartibga solish va kliring vaqtini soniyaning ulushiga teng bolgan vaqtgacha qisqartirib, Bitkoin blokcheyni hajmini oshirishga intiladi. «Pul jonatuvchi bir tarmoqda, oluvchi esa boshqa tarmoqda boladigan bank tizimida pul koplab registrlar, vositachilar, tranzit maydonlar orqali otib, tom manoda yolda yoqolib qolishi mumkin. buning uchun kapital barcha sharoitlar yaratgan». Aslida ham, qiymatni uzatishning bir onda roy beradigan va xarajatlar bilan bogliq bolmagan turiga otish uzoq vaqt davomida oraliq holatda turib qoladigan kapitalni ozod qiladi; bu «yoldagi» pul mablaglaridan foyda oladigan vositachilarni xursand qilmaydi. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling