20-mavzu. Raqamli iqtisodiyotda xavfsizlik masalalari reja
Download 330 Kb.
|
20-MAVZU
- Bu sahifa navigatsiya:
- Homiylik
- Qiymatni sugurta qilish va risklarni boshqarish.
Qiymatlar almashinish. Har kuni bozorlar butun dunyo boylab umumiy qiymati trillionlab dollarni tashkil qiladigan jismoniy aktivlarni ayirboshlashga imkon beradi. Savdo bu – investitsiyalash, birjada oynash, xedjirlash va arbitraj, jumladan, bitimdan keyingi kliring sikli, tartibga solish va saqlash maqsadida aktivlar va moliyaviy vositalar sotish va sotib olishdir. Blokcheyn har qanday tranzaksiyalarni tartibga solish vaqtini hafta va kunlardan daqiqa va soniyalargacha qisqartiradi.
Homiylik va investitsiyalar. Aktiv, kompaniya yoki yangi korxonaga investitsiya kiritish kapital qiymatining ortishi, dividendlar, foizlar, renta va ularning xilma-xil kombinatsiyalari korinishida daromadlili olish imkonini beradi. Tarmoq investorlarni tadbirkorlar va kompaniyalar egalari bilan rivojlanishning «farishta»dan tortib IPO gacha va h.k. turli bosqichlarida uchrashtirgan holda bozorlar vujudga keltiradi. Mablaglar jalb qilish odatda vositachilarni, masalan, investitsion banklar, venchurli investorlar, huquqshunoslarni talab qiladi. Blokcheyn ularning koplab funksiyalarini avtomatlashtiradi, togridan-togri piringli moliyalashtirish uchun yangi modellardan foydalanishga imkon beradi, shuningdek, dividendlar yozish va kupon tolovlarini yanada samarali, shaffof va ishonchli qiladi. Qiymatni sugurta qilish va risklarni boshqarish. Risklarni boshqarish va uning xususiy holati bolgan sugurtalash xususiy shaxslar va kompaniyalarni kozda tutilmagan yoqotishlar va haloqatlardan himoya qilish uchun moljallangan. Kengroq manoda moliya bozorlarida risklarni boshqarish oldindan aytish yoki nazorat qilish qiyin bolgan hodisalarni xedjirlash uchun bir talay hosila, murakkab strukturalangan moliyaviy mahsulotlar va boshqa moliyaviy vositalar yuzaga keltirgan. Songgi hisob-kitoblarga kora, barcha ommaviy ochiq bolgan hosila qimmatli qogozlar nominal qiymati 600 trln dollarni tashkil qiladi. Blokcheyn sugurta qilish nomarkazlashgan modellarini qollab-quvvatlaydi, bu risklarni boshqarish uchun hosila qimmatli qogozlardan foydalanishni yanada shaffof qiladi. Insonning ijtimoiy va iqtisodiy kapitaliga, uning harakatlari va boshqa nufuzga oid korsatkichlarga asoslangan nufuz tizimining ozi sugurta qiluvchilarga aktuar riskni yaxshiroq tushunish va qarorlrani xabardor bolgan holda qabul qilishga imkon yaratadi. Download 330 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling