1. Inson kapitalining iqtisodiy o'sishda ahamiyati. Iqtisodiy taraqqqiyot jarayonida inson kapitaliga tasir qiluvchi omillar


Download 363.39 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi363.39 Kb.
#1800847
  1   2   3   4   5
Bog'liq
ABROR UZOQOV 1


Inson kapitali iqtisodiyotining taraqqiyoti omillari
Inson kapitali tor maʼnoda – bu insonning intellekti, sogʻligʻi, bilimi, sifatli va unumli mehnati hamda uning turmush sifatidir.
REJA:
Kirish.
Asosiy qism:
1. Inson kapitalining iqtisodiy o'sishda ahamiyati.
2. Iqtisodiy taraqqqiyot jarayonida inson kapitaliga tasir qiluvchi omillar.
3. Inson kapitali shakllanishda ijtimoiy-iqtisodiy jarayonlar tasiri va samarali rivojlantirish yo'llari
Xulosa.
Adabiyotlar ro'yxati.

Kirish.
Iqtisodiyotda tobora o'z o'rniga ega bo'lib borayotgan inson kapitali tushunchasi, mamlakatning dunyo miqyosidagi o'rnini belgilab berishni muhim omili sifatida qaralmoqda. Shu munosabat bilan inson kapitalining sifati, uning miqdoriy va sifat xususiyatlarini raqamlashtirish jarayonlari ta'sirida, o'zgarib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy transformatsiyaga qanchalik muvofiqligini aniq tushunish zarur. Innovatsion iqtisodiyotning asosini hozirgi davr jamiyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning hal qiluvchi kuchi hisoblangan- inson kapitali tashkil etadi. Ya'ni inson tafakkuri ishlab chiqarish tizimning shunchaki unsuri bo'lib qolmasdan balki bevosita ishlab chiqaruvchi kuchga aylandi.
Jamiyatda inson taraqqiyotining muhim mezoni, uning umr ko'rish davomiyligi, savodxonligi va resurslardan foydalanish imkoniyatini ifodalaydigan- Inson taraqqiyoti indexsidir. Har qanday mamlakatning farovonlik darajasi faqatgina daromad miqyosida emas, balki ushbu daromadlardan qay darajada foydalanishga ham bog'liqdir.Ya'nikim aholi daromadlarining o'zi inson kapitalini ifodalamaydi. Shunday ekan inson taraqqiyotining ikki xususiyati mavjud bo'lib, ular imkoniyatlar shakllanishi va ulardan foydalanishni bir biridan farqlash kerak. Inson rivojlanishi faqatgina iqtisodiy o'shishni taminlamasdan, uning natijasini adolatli taqsimlash ham nazarda tutiladi. Bunday rivojlanish aholini ijtimoiy himoyasiga muhtoj kategoriyasiga alohida etibor berilishini, ularning imkoniyatlarini kengaytirish, o'z turmush darajasiga ta'sir etadigan qarorlar qa'bul qilishda qatnashishlarini ta'minlash e'tiborga olinadi. Inson kapitali iqtisodiyotining taraqqiyoti omillari haqida olimlar tomonidan o'rganilgan fikrlar, inson kapitalini rivojlantirishning jamiyat va iqtisodiyot uchun kritik muhimligini ta'kidlaydi. O'quvchilar, o'qituvchilar, va iqtisodiy ilm fanlarining mutaxassislarining inson kapitalini rivojlantirishdagi ro'li va e'tibori, insonlarni mustahkam, samarali va barqaror ijtimoiy tarmoqda ishlab chiqishda katta o'rin tutadi.

Download 363.39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling