Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim lafzsizlik chiqishi menga ma’qul ko‘rinmaydir”. Yusufbek hoji • “Farg‘ona hikoyalari”, “Muhabbat”, “Cho‘l burguti” kabi kitoblar muallifi kim? Said Ahmad • Odil Yoqubovning “Ulug‘bek xazinasi” romanida Qalandar Qarnoqiy “u qari tulki bu sir-asrorlarni hazratga yetkazganlar” deganda xazina haqida sirlarni oshkora qilgan qaysi qahramon haqida so‘zlagan? Xoja Salohiddin zargar • “Kichkina shahzoda” asarida “dunyodagi eng go‘zal va hasratli makon” sifatida tilga olingan joy qayer edi? sahro • “Alpomish” dostonida Barchin “Saman otli, sarjig‘ali bek yigit”ga murojaat qilib nimani so‘raydi? olti oyga muhlat so‘raydi • “Namanganda . . . ning tashabbusi bilan arab tili kursi ochiladi, uch oy ichida bu tilni ma’lum darajada o‘zlashtirib, otasiga arabcha xatlar yoza boshlaydi”. Ushbu ma’lumot quyidagi qaysi ijodkor haqida? Hamza Hakimzoda Niyoziy • Dunyo yasanib, jilva qilib oldimga keldi, “Borgil nariga!” − deb ketig‘a shattalab o‘ttum. Ushbu baytda qo‘llangan she’riy san’atni toping. tashxis • Mirtemir Samarqandda qaysi shoir bilan do‘stlashib qoladi? Hamid Olimjon • Furqat ijodiy merosida to‘rtta ilmiy asar uchraydi. Ushbu asarlar qaysi javobda to‘g‘ri berilgan? “To‘y tavsifi”, “Gap ta’rifida”, “Aza tavsifi”, “Ilmi ash’orning qoidai avzoni” • Alisher Navoiyning “Xazoyin ul-maoniy” devoniga necha xil lirik janrga oid asarlar kiritilgan? 16 xil • Mirmuhsin qalamiga mansub, o‘tmishda xalqimizning zulm-zo‘ravonlikka qarshi kurashgan farzandlarining o‘ziga xos obrazlari yaratilgan qissa nomini aniqlang. "Tungi chaqmoqlar" • Sultonxon Rustamxon haqida "Oti Rustam, o‘zi nor kalla qo‘chqor" deb kimga aytadi? ("Rustamxon" dostoni) qalandarlarga • Tuyuq quyidagi qaysi vaznda yoziladi? ramali musaddasi maqsur • Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romanida Mirzo Boburning butun mamlakatda may ichishni man etuvchi amri haqida "bizga ma’qul kelmadi" deb munosabat bildirgan qahramon kim edi? Ko‘chkinchixonning elchisi • “Alpomish” dostonida “. . . Yusuf tal’atli, Rustam sifatli, chovkar otli. . . ” ta’rifi kimga nisbatan ishlatilgan? Alpomishga nisbatan • Qaysi asardagi personaj haqida "mehnat bilan yashab, yetti-sakkizni tug‘ib, yoshi ham qirqlarg‘a borib, tusiga ajin kirib, keksaymasa ham qarimsiq bo‘lib qolg‘an, shuning uchun birartaga tegib olishi to‘g‘risida o‘ylash ham behuda" degan jumlalar keltirilgan? "Mehrobdan chayon"da Anorbibi • Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhod tug‘ilganda otasi xursandchiligidan necha yillik xirojni shahar aholisiga bag‘ishlaydi? uch yillik • Muhabbatsiz kishi odam emasdir, Gar odamsen, muhabbat ixtiyor et. Ushbu misralar muallifi kim? Nodira • Qaysi ijodkor o‘z ijodida shohga qarata: “raiyat (xalq) poda bo‘lsa, sen cho‘ponsan, u mevali daraxt bo‘lsa, sen − bog‘bon, agar cho‘pon qo‘ylarni asramasa, ular och bo‘rilarga yem bo‘ladi. Podani bo‘rilardan asra, bog‘ni suv berib yashnatgin” degan mazmundagi ibratomuz fikrlarni keltirgan? Alisher Navoiy • “Silsilat uz-zahab”, “Salomon va Absol” asarlarining muallifi kim? Jomiy • Qaysi shoir o‘z she’rlarida Xudoni mehribon onasi, “jola kiygan” mahbubasini sevganday sevadi, o‘z yonida aniq ko‘rib turadi, ko‘nglidagi dardlarini, sirlarini unga so‘zlaydi, u bilan qo‘shilib − qorishib ketadi? Mashrab • Asqad Muxtorning pyesasi berilmagan javobni aniqlang. "Chin yurakdan" • “. . . kambag‘allik tufayli o‘zi orzu qilmagan diniy maktabga o‘qishga kirishga majbur bo‘ladi. Chunki bu yerda o‘quvchilarga ovqat va kiyim-kechak tekin berilar edi. Shunday bo‘lsa-da, . . . bu maktabda ikki yildan ortiq o‘qiy olmaydi”. Ushbu ma’lumot quyidagi qaysi ijodkor hayoti haqida? |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling