Aynoq –polvon, Jaynoq – masxaroboz, Tersak- sinchi, Ersak-mergan
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Download 1.02 Mb. Pdf ko'rish
|
ADABIYOT. SAVOL-JAVOB 2020
BIZ BILAN ASLO YENGILMAYSIZ @UZTILIM
Telegramdagi rasmiy kanalimiz: @Uztilim ● Alisher Navoiyning qaysi tuyug'i "Birovning jo'yali maslahatiga kirmay, qaysarlik ham aqldan emas " degan g'oya ilgari surilgan? " Bormog'in" ● Hajr sahrosidur ohim o'tidin, Anda gul yoxud giyohe butmagan. ● Yuqoridagi baytda qanday she'riy san'at(lar) qo'llanilgan? Istiora, husni ta'lil ● Alisher Navoiyning qaysi fardida "Kimki senga odamlarning aybini aytsa, u sendan ayb topib, boshqalarga ham aytadi" degan mazmun yotadi? ● "Ulki, sanga eldin erur aybgo'..." Kim istasa saltanat, saxodur anga shart, Har va'daki, aylasa, vafodur anga shart. Yuqoridagi misralar qanday janrda yozilgan? Ruboiy ● Muruvvat - borcha bermakdur, yemak yo'q, Futuvvat borcha qilmoqdur, demak yo'q. ● Ushbu bayt kimning qalamiga mansub va qanday janrda yozilgan? Alisher Navoiy, fard ● Kimning she'riyatida " umidning rangli barglari", "quyosh zarlari" kabi istioralar uchraydi? Oybek ● Oybekning qaysi she'ri erksizlik, tutqunlikka bo'ysunmagan ijodkor ruhning, olamni qutqaruvchi bezavol go'zallikning so'nmas timsoli bo'lib qoldi? "Na'matak" ● “Sog’inish” she’rida tong chog’i ota tomonidan she’rlari mutolaa qilinadigan shoirning ijodidan 6 misra qaysi asarda keltirilgan? “Abulfayzxon”dramasida ● Otaning samimiyligi, jonsarakligi, har doim ham oshkor qilinavermaydigan farzandga mehr-u muhabbati, kuzatuvchanligi, andishasi… barcha- barchasi qaysi she’rda namoyon bo’ladi? “Sog’inish” ● G’.G’ulom qaysi she’rida hasharchi qo’shni qizni tilga oladi? “Sog’inish” ● Uyquda tamshangan chaqaloqlar qaysi she’rda uchraydi? “Sog’inish” ● “Vaqt” she’rida yashash darbozasi ostonasidan olamning ochilishi nimaga o’xshatilgan? Zarhal kitobga ● Oybekning shoir sifatida shakllanishida kimning ta’siri kuchli bo’lgan? Cho’lpon ● M.Shayxzodaning tarixiy drammasi qaysi ? “Jaloliddin Manguberdi” ● Parishon sochli , devonasifat bir cholning ashula qaytayotgani qaysi asarda uchraydi? “Jaloliddin Manguberdi” dramasida ● Qilich bilan qalam sherikligi qaysi asarda keltirilgan? “Jaloliddin Manguberdi” ● Jaloliddinning onasi mog’ullarga bir oqsoch bo’lishdan ko’ra nimani afzal biladi? Baliqlarga yem bo’lishni ● “Ko’pdan buyon uzun umrli, badiiy salmoqdor sahna asarlarini orzu qilar edik. “Jaloliddin “ bu orzumizga javob berishga qodir”,-deya kimlar e’tirof etganlar? Oybek va G’afur G’ulom ● " Tabiatan shoir", "tug'ma shoir" deb ta'riflangan ijodkorning dostonlarini aniqlang. "Norbo'ta" va "Naxshon" ● Navoiyning qaysi ruboiysida "O'zga yurtda shoh bo'lguncha o'z yurtingda gado bo'l" degan mazmun yotadi? "Bo'lmas emish" ● Navoiy,chu g'urbatda sen shod bo'l! Vatan yodi ranjidin ozod bo'l! Ushbu bayt qaysi asarda keltirilgan? "Saddi Iskandariy" ● Yolg'on demakda tajriba avvalg'i subh bas, Yolg'on nafas chu urdi, qorardi hamul nafas. Ushbu baytda qanday she'riy san'at qo'llanilgan va janrini aniqlang. Takrir, fard ● "Jaloliddin Manguberdi "dramasida choʻpon kim edi? Elbors pahlavon ● "Inodning otasi Rahmon polvon qirq yoshida kurashda yiqilmagan ,keyin oʻrtacha polvon bir qoqmada yoqitib qoʻyganida bagʻrini berib yota- yota oldin yoʻtalni orttirib ,keyin qon qusa-qusa oʻlib ketgandi". Ushbu parcha qaysi asardan olingan? "Omon ovchining oʻlimi" ● Thokurning pok insoniy muhabbat ulugʻlangan asarini toping? ● "Tonggi qoʻshiqlar" Navoiyning qaysi ruboiysi "Oyning oʻn beshi qorongʻu,oʼn beshi yorugʻ" maqoliga hamohang? "Gardun gah manga" ● Navoiyning qaysi ruboiysi hozirgi Eronning Mashhad shahrida musofirlikds yashagan davrida yozilgan deya taxmin qilinadi? "Boʻlmas emish" ● "Tiriklikda eng shirin holat - yov qochishin koʻrmoqdir faqat". Ushbu parcha "Jaloliddin Manguberdi" dramasida qaysi obraz tomonidan aytilgan? Jaloliddin ● Kimning birinchi kitobiyoq oʻzbek adabiyotshunosligiga juda oʻktam bir ovoz kirib kelayotganidan darak bergan? Ozod Sharafiddinov |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling