Ayol chanog‘I
Download 22.23 Kb.
|
AYOL CHANOG‘I
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yonbosh suyagi
AYOL CHANOG‘I Suyak chanoq ayolning ichki jinsiy a’zolarini, to‘g‘ri ichagini, qovug‘i va ular atrofidagi to‘qimalarni beshikast saqlaydigan mustahkam a’zodir. Bundan tashqari, ayol chanog‘i tug‘ruq kanalini hosil qiladi. Bola tug‘ilayotganida shu kanaldan o‘tadi. Ayol chanog‘ining tuzilishi akusherlikda g‘oyat muhim ahamiyatga ega. yuqorida, qov suyagi — oldinda, quymich suyagi — pastda joylashadi. Yonbosh suyagi (os ileum) ikki qismdan: tanasi va qanotidan iborat. Yonbosh suyagining tanasi kalta, qalin qismi bo‘lib, quymich kosasining hosil bo‘lishida qatnashadi. Yonbosh suyagining qanoti anchagina keng plastinka bo‘lib, ichki yuzasi botiq, tashqi yuzasi qa- bariqdir. Yonbosh suyagining qanoti o‘rtasi yupqa, chetlari qalin tortgan. Qanotning eng qalin bo‘sh yuqori chekkasi yonbosh suyagining qirrasi (crista ilei)ni hosil qiladi, ana shu qirrada bir-biriga parallel yotgan uchta g‘adir-budir chiziq ko‘rinadi, Bular qorin muskullarining yopishadigan joylaridir. Yonbosh suyagining qirrasi oldingi tomondagi bo‘rtmachadan boshlanadi, bu bo‘rtmacha yonbosh suyagining oldingi yuqori o‘sig‘i (spina iliaca anterior superior) deb ataladi, pastroqdagi ikkinchi bo‘rtmacha yonbosh suyagining oldingi pastki o‘sig‘i (spina iliaca anterior inferior) deyiladi. Oldingi pastki o‘siqning ostida, yonbosh suyagining qov suyagiga qo‘shiladigan joyida, uchinchi do‘mboqcha bor, yonbosh-qov do‘mbog‘i deb shuni aytiladi. Yonbosh suyagining oldingi yuqori va oldingi pastki o‘siqlari orasida yonbosh suyagining kichik o‘ymasi (incisura iliaca minor), oldingi pastki o‘siq bilan yonboshqov do‘mbog‘ining orasida yonbosh suyagining katta o‘ymasi (incisura iliaca major) bor. Yonbosh suyagining qirrasi orqa tomonda yonbosh suyagining orqadagi yuqori o‘sig‘i (spina iliaca posterior superior) bilan tugaydi, shy o‘sig‘dan pastdagi ikkinchi tepacha — yonbosh suyagining Download 22.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling