Ayol olam guli


Download 78.81 Kb.
Sana29.05.2020
Hajmi78.81 Kb.
#111500
Bog'liq
8-MART


Isroilova Dilraboning

8-mart xotin-qizlar bayrami uchun

AYOL OLAM GULI

deb nomlangan tadbir ssenariysi



AYOL OLAM GULI” nomli tadbir ssenariysi



Sahna uzra onalar madhini tarannum etuvchi yoqimli xazin-kuy taraladi. Sahnaga 1-boshlovchi bo’lib o’g’il bola va 2-boshlovchi sifatida qiz bola ohista yurib chiqib keladi.

1-boshlovchi:

– Jannat onalarning poyida emish

Onadan tug’ilgan payg’ambarlar ham

Munis onajonlar sochlari kumush

Topar duosidan ming dardlar malham

2-boshlovchi:

Onam onajonim nuri jahonim

Tengi, timsoli yo’q, farishta onam

Jannat isi anqir janbil, rayhonim,

Chin ibrat maktabi har ishda onam.

1-boshlovchi:

– Assalomu alaykum, dilbar va latofatli ayollar – muhtarama onajonlar! Aziz ustozlar! Qadrli opa-singillar! Bir-biridan lobar, go’zal qizlar! Fahmlagandirsiz, sinning yurak taftingizga bu yilgi juda qattiq kelgan qahraton qish-qirovli kunlar ham dosh beraolmay, ortga chekinib, ko’klam nafasi ufura boshladi.

2-boshlovchi:

– Ona diyorimiz uzra bahor nasimlari esib turgan ushbu orombaxsh, umidli kunlarda xonadonlarimiz farishtasi, oila qo’rg’oni va fayz bag’ishlovchi, biz farzandlarni oq yuvib, oq tarab voyaga yetkazuvchi, Yaratganning tengsiz mo’jizasi bo’lgan ayol zotini ulug’lash uchun yig’ildik, yuragimizdagi eng yuksak, nozik tuyg’ularni ifoda etgan holda bahorning ilk shodiyonasi – go’zallik va nafosat bayrami – 8 mart – Xalqaro xotin-qizlar kunini nishonlash uchun yig’ildik.

1-boshlovchi:

– Muhtarama onajonlar! Tadbirimizda ishtirok etayotgan aziz ayollar! Ustozlar, opa-singillar, lobar qizlar! Barchalaringizni go’zallik va nafosat bayrami bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz. Toleingiz hamisha baland, umringiz uzoq, xonadoningiz tinch, oilangiz totuv, rizqu nasibangiz ziyoda bo’lsin!

2-boshlovchi:

– Dunyoda shunday bir ulug’ not borki, Tangri ozi uni mukarram qilgan. Ne bir fotihlar uning qarshisida tin cho’kmagan, butun boyligi va qudratini uning poyiga sochishga tayyor turmagan, deysiz. 

1-boshlovchi:

– U zotga ehtirom millati va dinidan qat’iy nazar, barcha insonlarga birday daxldordir.

2-boshlovchi:

– U zotga bo’lgan mehr-muhabbatimiz ham shunchaki ko’ngilchanlikdan tamoman xolidir. U zot esa aziz onalarimiz. opa-singillarimiz, lobar qizlarimizdir.

1-boshlovchi:

Ayolning ona zotiga xos fazilatlarini sanab ado etib bo’lmasa kerak. U o’z nomi bilan avlod davomchisi, go’zallik timsoli.

2-boshlovchi:

– Muhtarama ayollar! Aziz, tadbirimiz ishtirokchilari!

Sizning ta’rifingizga hali ko’p madhiyalar, iliq so’zlar va tabriklar izhor etiladi. Hozir navbatni maktabimiz badiiy havaskorlik jamoasiga bersak. Ular ijrosida uy va qo’shiqlar tinglab, raqslar tomosha qilsak.

Badiiy havaskorlik jamoasi ijrosida “Sen bahorni sog’indingmi” qo’shig’i tinglansa, “Bahor valsi” raqsi tomosha qilinsa ayni muddao bo’lar edi. So’ng yana sahnaga boshlovchilar chiqishadi.

1-boshlovchi: – Bahor kirib kelganida borliq qanchalik yashnab ketsa, ayol kirganda xonadon, dargoh ham shu qadar nurafshon bo’ladi. Ayolning xonadon farishtasi deya ta’riflanishining boisi ham shundadir, balki.

2-boshlovchi:

– Xushaxabar keltirsa kim farzandidan

Yo’liga poyondoz to’shaydi ayol.

Bo’lsin u olima, ishchi, shifokor,

Dunyoda bolam deb yashaydi ayol.

1-boshlovchi: – Ha, darhaqiqat ayol kishi qanday kasb egasi bo’lmasin u eng avvalo, farzandim deb yashaydi, farzandim deb aql bovar qilmaydigan jasoratlarga bel bog’laydi. U eng avvalo farzandlarining mehribon onasi, dono maslahatchisi, qo’li shirin pazanda, oqila uy bekasidir.

2-boshlovchi: – To’g’ri aytasiz, dunyoda bolam deb kuyib-yonmaydigan ayol bo’lmasa kerak. Keling shunday ayollarning qalbiga bir quloq solib ko’raylik, ular nima der ekan. Sahnaga turli kasb egalariga xos kiyingan qizlar chiqib, o’zlartini tanishtirib she’r o’qishadi.

Shifokor:

  • Man oppoq xalatda

Oppoq tilak bilan yashayman

El sog-omon bo’lsin deb albatta

Shunda men ham yayrab-yashnayman

Shifokorman lekin avvalo

Farzandimga sodiq onaman.

Sochsalarda boshimdan tillo

Bolam deyman kuyib yonaman.

Muallima:

Shogirdlarim jonu jahonim

Hayotimning mazmun ma’nisi

Davrasida o’rat har onim

Farzandlarim ular barisi

Yaxshi ko’rmay suyub qanchalar

Muallima, oddiy onaman.

Farzand shirin aziz bunchalar

Bolam deyman kuyib yonaman.




Shoira:

So’z qaymog’I suzilar betga

Bahor misol yasharar olam

Qog’oz qalam surilar chetga

Nogahonda yig’ilsa bolam.

Dardga to’la bag’rim yuragim

Shoiraman lekin onaman

El-yurt tinchi orzu tilagim

Bolam deyman kuyib yonaman.

Chevar:

Qo’llari gul mohir chevarman

Ish tikaman mehrimni qo’shib

Odamlarni dildan sevarman

Xizmat qilay qalbimdan jo’shib

Ko’zlarimda quvonch o’t chaqnar

Tole kulgan baxtli onaman.

Mashhur qildi elga shu hunar

Bolam deyman kuyib yonaman.

Tadbirkor ayol:

Ishbilarmon tadbirkor ayol

Yurt buguni porloq ertasi

Rejalarim demang puch xayol

Korxonaning rahbar bekasi

Imkon qo’lida qilmayman inkor

Tadbirkorman, ayol onaman.

Mansab, shuhrat arzimas zinhor

Bolam deyman kuyib yonaman.

Zardo’z:

Iplarimning zari tillodan

Bezaklarda quyosh aks etar

Momomeros asli xudodan

Igna tutsam ular raqs etar

Zardo’zlik bu hunarmas san’at

Kasbim faxrim, ammo onaman

Mehrim ulug, tuganmas davlat

Bolam deyman kuyib yonaman.

Olima:

Zahmat chekib tunlarko’z ilmay

Jumboqlarning yetdim siriga

Va aylandim so’ng bilib-bilmay

Bilim qasrin asirasiga

Martabam zo’r mashhur olim

Avvalo shukur onaman

Tilda, dilda yolg’iz kalmia

Bolam deyman kuyib yonaman.

She’r yakuniga yaqin 2-boshlovchi qiz chiqib barcha she’r o’qigan kasb egalari tomon o’ng qo’lini ulargha ishora holida she’r o’qiydi:

Qay bir kasbda qanday mansabda

Ishlamasin bu ona

Pokiza u nasli nasabda

Farzandiga mudom parvona.

Jasoratda erlardan o’tar

Ibo hayo yo’l bermas xiyol

Dilin faqat bir sog’inch o’rtar

Bolam deydi dunyoda ayol.

Qizlar o’rinlarini egallaydilar. Davraga 1-boshlovchi chiqib, 2-boshlovchi yonidan joy oladi.

1- boshlovchi: – Xalqimizda ayolni e’zozlagan millatning qadri hamisha baland bo’ladi degan ajoyib naql bor. Darhaqiqat, mamlakatimiz davlat va jamiyat qurilishida yil sayin xotin-qizlar faolligi oshib bormoqda. Bu esa millatimiz qadr qimmatini yuksaklikka ko’tarish emasmi?

2- boshlovchi: – Istiqlol yillarida Prezidentimiz I.A.Karimov rahnamoligida xotin-qizlarni har tomonlama qo’llab quvvatlash davlatimiz siyosatining asosiy yo’nalishlaridan biriga aylandi.

1- boshlovchi: – Ha, albatta onalar salomatligini mustahkamlash, yosh avlod hamda oilalarni ijtimoiuy himoyalash borasida tutgan va unda avvalgi yillardfa boshlangan ezgu ishlar ko’plab xayrli chora tadbirlar ushbu yoshlar yilida ham davom ettirilib ajoyib loyihalar amalgam oshirilayotgani buni yorqin dalilidir.

2-boshlovchi: – Yurtboshimiz tashabbusi bilan tas’is etilgan Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti mamlakatimiz iqtidorli qizlarini aniqlash, qo’llab-quvvatlash va rag’batlantirish, yangi marralar, yangi ijodiy yutuqlar sari da’vat etishda muhim omil bo’lmoqda.

1-boshlovchi: – Buni birgina sportchi qizlarimizning vatanimiz sharafini jahon miqyosida munosib himoya qilayotganligi misolida ham yaqqol tasavvur etishimiz mumkin. Bundan tashqari ular ilm-fan ta’lim, sog’likni saqlaah, ishlab chiqarish, san’at, adabiyot va boshqa ko’plab sohalar rivojiga qo’shayotgan hissalarini ham e’tirof etmay bo’lmas.

Shu o’rinda sportchi qizlarning chiqishlari tashkil qilinsa, maqsadga muvofiq bo’aldi.

2- boshlovchi: – Aziz davramiz mehmonlari. O’quvchi bolalar shoir G’.Gulomning “Onajonimga” she’rini yodlab kelishibdi. Uni bayram tuhfasi sifatida qabul eting.

1- o’quvchi:

– Mehri oftob bo’lgan

Har so’zi kitob bo’lgan

Yog’u qaymoq murabbo

Oy kulcham shirin kulcham

Jahon onajonimsan.

2- o’quvchi:

– Yulduzni uzib beray

Kundizni tuzib ebray

Vatan axir chamanku

Kundizimsiz ham kecham

Osmon onajonimsiz.

3-o’quvchi:

– Bag’ringiz fazga teng

Uchishni ham o’rgating

Vatanimday bebaho

Siz ko’rsating yo’l olay

Chaqmoq ko’kda uchganday.

1-boshlovchi: – Qizlar ham bugungi tadbirimizga shoir Raif Tolibning “Oyi,oyijon” nomli she’rini yodlab kelishibdi. Qani marhamat.

1-qiz:

– Oyi agar bo’lsaydim gul

Sevarmiz qizingizni?

Ochilardim yonib yal-yal

Quvnatardim ko’zingizni

2-qiz:

– Oyi oyi bo’lsam shamol

Qolmasdim hech izingizdan

Sochingizni silar edim

O’par edim yuzingizdan

 

3-qiz:

– Oyi-chi men yosh bo’lsam

Shu’la sochib boshingizdan

Termulardim tunlari ham

Ketmas edim qoshingizdan

4-qiz:

– Oyi-oyi bo’lsaydim qush

Tong chog’lari sayrar edim

Vaqtingizni etdim deb xush

Yayrar edim. yayrar edm.

Shu o’rinda bir o’g’il, bir o’quvchi qiz ijrosida “Andyon polkasi” raqsi ijro etiladi.

2-boshlovchi:

Mir Alisher Navoiy hazratlari zikr qiladilar:

– Onalarning oyog’i ostidadir –

Ravzai jannatu jinon bog’i.

Ravza bog’ i visolin istar ersang,

Bo’ I onalar ayog’ in tufrog’i.

1-boshlovchi:

– Yana bir bor barcha ayollarni, xotin-qizlami, qutlug’ ayyom – 8 mart bayrami bilan chin qalbdan qutlab qolamiz. Yaratgandan sizlarga omonlik, baxt-saodat, xonadonlaringizga fayzu baraka tilaymiz.

2-boshlovchi:

– Shuning bilan Xalqaro xotin-qiziar kuniga bag’ishlab tayyorlagan «Ayol olam guli» deb nomlangan bayram tadbirimiz nihoyasiga etdi. Xayr. Sog’ va salomat bo’ling! Tadbir yakunida “Bahor valsi” musiqasi taralib turadi.

 
Download 78.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling