Ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati shakllari keltirilgan


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/6
Sana21.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1375148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1) (1)

www.scientificprogress.uz
 
Page 1215
Ma'lumotga ega bo'lganimizdek, katta odam qomatining umumiy balanligi etti 
yarim va sakkizta bosh o'lchamidan iborat. To‘g‘ri proporsiyali qomatni chizish uchun 
to‘g‘ri vertikal chiziq o‘tkaziladi va unda ko‘rsatilgan o‘lchov birligi sakkiz marta 
belgilanadi. 
Libos dizayneri yaratgan kiyimni modelga moslashtirish jarayonida odam tanasi 
proporsiyasini, yalang‘och qomat va uning tuzilishini bilgan holda, unga eʼtibor 
qaratishi muhimdir.
Tajribalar natijasida shuni ko'rsatadiki, qomat me’yor darajasida bo‘lmaganda 
zaruriy detallarni ko‘rsatib berish qiyinchilik yaratadi. Yaratilgan eskiz modellari 
namunasi standart qomat proporsiyasiga mos bo‘lganda, ish jarayoni yengil kechadi. 
MUHOKAMA VA NATIJALAR 
Dastlabki qadam tasvirlanayotgan qomatni qog‘oz sathiga chiroyli qilib 
joylashtirishdan iboratdir. Soʻngra tana turish vaziyati, holati topiladi, keyin qomatning 
qismlari, oʻlchamlari oʻzaro mutanosibligi topiladi. 
Inson qaddi-qomatini chizishga albatta tezkor tasvirlar ishlash, koʻproq mashq 
qilish talab etiladi. Qomatni turish holatini tasvirlashda dizayner harakatlarni amalda 
ko‘rishi va his qilishi lozim. Qomat harakatlanganda yelka qismning burilishi uning 
bo‘ksagacha bo‘lgan chizig'i, oyoq turishi holati va qomat vazni qanday 
taqsimlanganligi inobatga olish lozim. Qomat turish holatida tana vazni qanday 
balansga ega bo‘ladi. Bunda albatta odamning qaysi bir oyog‘iga, yoki ikkala oyogʻiga 
tayanib turganligi e’tiborga olinishi muhimdir. Chunki shunga qarab tananing holati 
oʻzgarib turadi. Yelka, bosh, bel, tos, qoʻl va oyoqlar turishi har xil koʻrinishga ega 
boʻladi. Ma’lumki, odam umurtqa pog'onasining tuzilishi ham uning koʻrinishiga ta'sir 
etadi. 
Butun tananing tayanch nuqtasi mavjud boʻlib, u ogʻirlik qaysi oyoqqa 
tushayotganiga, yoki ular oralig'iga tushayotganini aniqlashda qoʻl keladi. U to‘g‘ri, 
joyida topilmagan boʻlsa, odam qiyofasi og‘ib, yiqilayotganga o‘xshab chiqib qolishi 
mumkin. 
Odamning proporsional qomatini konstruksiyalashda boshning o‘lchamlari asosiy 
rol o‘ynaydi va bazaviy modul bo‘lib xizmat qiladi. 
Eskizda ayol yoki erkak qomatini tasvirlashda bir necha qator farqlarni inobatga 
olish kerak. Agar tasvirlanayotgan qomat ayol qomati bo‘lsa, ayol qomatining ixcham, 
yelka qiyaroqligi, ingichka bel va bo‘ksa kengligi erkak qomatidan farqlanadi. Ayol 
ko‘krak qafasi yumaloq shaklda va bel chizig‘igacha joylashgan, bo‘yin qismidan nozik 
va tarangligi, mushakdor bo'lmaydi. Erkaklar modeli haqida to‘g‘ri chiziqlar, ayollar 
modelida egri-bugri chiziqlar nazarda tutiladi. Tana konturi mushak vazni bilan 
aniqlanadi. Bo‘yindan pastga qarab u toraygan va kengaygan chiziqlar bilan chizilgan. 
Xuddi shu vaziyat tirsakning sekin asta bo‘rtishi bilan sodir bo‘ladi. Qo‘l va yelka 
ichkari tomonga toraygan egri chiziqlar bilan tasvirlanadi. Bo‘ksa tizzada tugaydigan 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling