Ayol qomatini to‘g‘ri tasvirlash haqida ma’lumotlar berilgan. Turli odam qomati shakllari keltirilgan


ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA


Download 481.59 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/6
Sana21.04.2023
Hajmi481.59 Kb.
#1375148
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
moda-eskizlarini-chizishda-odam-qomatini-tasvirlash (1) (1)

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA 
Har bir modeler rassomlar qomat proporsiyasini chizishda o‘z uslubiga tayanadi. 
Odam qomatini model qomatiga yaqinlashtirishda loyihalashga murojaat qilishga to‘g‘ri 
keladi. Libos shakli odam tanasining shakli bilan chambarchas bog‘liq. Azaldan tana 
proporsiyalarini aniqlashda tananing biron-bir qismi o‘lchov birligi sifatida qabul 
qilingan va shu asosda tananing boshqa qismlari o‘lchangan. Odam tanasining 
proporsiyalari haqidagi ilm-qonunlar barpo etish uchun, ya’ni tana o’lchamlari va 
proporsiyalarini amaliy qo‘llash nuqtayi nazaridan juda qulay bo‘lgan yagona tizimga 
keltirishga qaratilgan. Bu qonunlar ichida eng mashhuri qadimgi grek haykaltaroshi 
Poliklet qonuni hisoblanib, unda o‘lchov birligi sifatida qo‘l kaftining kengligi qabul 
qilingan. Poliklet qonuni bo‘yicha bosh-tana uzunligi-1:10, yuz - 1:10, bosh va bo‘yin 
birgalikda 1:6 qismiga teng. Shunday nisbatlar asosida haykallar yaratilgan, 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 
www.scientificprogress.uz
 
Page 1214
Polikletning “Dorifor” haykali ham shu qonun asosida yaratilgan. Leonardo da 
Vinchining qonuni (2.1-a,rasm) quyidagicha: qo‘l va oyoqlari keng yoyilgan odam 
gavdasi aylanaga sig‘ishadi va odam kindigi aylana markazi hisoblanadi. Bu qonun 
bo‘yicha o'lchov birligi bosh balandligi bo‘lib, tana uzunligi 8 ta bosh balandligiga teng 
bo‘lishi kerak. 
Odam tanasining asosiy qonuniyatlarini tushunish uchun nemis rassomi A. 
Dyurer o‘zining qonunlarida matematik hisoblashlarni qo‘llagan. A. Dyurer qonuni 
bo‘yicha tana quyidagi nisbatda tuzilgan: bosh tana uzunligining 1/8 qismini tashkil 
etadi. Odam gavdasining balandligi 2 qismga bo‘linadi:
I – bosh va bo‘yin qismi to ko‘krakkacha; 
II – tananing pastki qismidan iborat kvadrat. 
Tana proporsiyalarini Shmidt-Fritch qonuni asosida aniqlash umurtqa 
pog‘onasining uzunligiga asoslangan. Umurtqa pog'onasi 4 ta teng qismga bo'linib, har 
bir qismi o‘lchov birligi sifatida tana proporsiyalarini tuzishda ishlatilgan. “Oltin kesim” 
deb, AV to‘g‘ri chiziqning shunday proporsiyasi hisoblanadi: 
AV: VE=VE:AE 
Raqam bilan «Oltin kesim»ni quyidagicha ifodalash mumkin: 
1.62:1=1:0.62 
Normal proporsiyali tanada poldan kindikkacha bo‘lgan masofaning odam 
bo‘yiga bo‘lgan nisbati «Oltin kesim» nisbatiga teng. Erkaklarda bu nisbat taxminan 
13:8-1.625, ayollarda esa 8:5-1.60 ga teng. 
Qadimgi Misrliklar inson tanasining ayrim qismlari (bosh, panja, barmoq, tovon, 
burun)ni o‘lcham birligi hisobida tananing boshqa qismlariga taqqoslaganlar. O‘z 
vaqtida Misr rassomlari "Kanon" o‘lchami bo‘yicha inson gavdasini qo‘l panjasining 
uzunligi bilan o‘lchashni tavsiya etgan. Bu o‘lcham bo‘yicha odam tanasining bo‘yi 
yigirma bo‘lakka bo‘linadi. O‘tgan asrda yashab o‘tgan rus rassomi A. Sapojnikov esa 
odam gavdasini oyoq panjasining bo‘yi bilan o‘lchashni tavsiya qilgan. Uning o‘lchami 
bo'yicha gavda bo‘yi o‘ttiz o‘lcham birligiga teng bo'lgan. Bu o‘lcham o‘ziga xos 
xususiyatlarga ega bo‘lsa-da, undan amalda foydalanilmadi. Chunki bunday mayda 
bo‘lak o‘lcham birligi bilan rasm chizish juda ham ko‘p vaqtni talab etadi. Shuning 
uchun amalda foydali o‘lcham birligi o‘rta asrlarda yashagan buyuk rassom va 
haykaltarosh Mikelanjelo tomonidan ilgari surildi. U gavdani inson boshi uzunligining 
o‘lcham birligi etib tavsiya qildi. Agarda shu o‘lcham birligi bilan o‘lchaydigan bo‘lsak, 
u sakkiz bo‘lakka bo‘linadi. Masalan, bosh, yelkadan ko‘krakkacha, ko‘krak 
markazidan kindikkacha va hokazo. 
Inson gavda proporsiyasi o‘lchamining yana boshqa usullari ham mavjudki, ularni 
bilib qo‘yish maqsadga muvofiqdir. Masalan, qo‘l gorizontal cho‘zilganda ikki qo‘l 
boshlarining oraliq masofasi odam bo‘yiga teng keladi. 


SCIENTIFIC PROGRESS
VOLUME 3 ǀ ISSUE 2 ǀ 2022 
ISSN: 2181-1601
Uzbekistan
 

Download 481.59 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling