1. Ilmiy tadqiqot ishining dolzarbligi.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishining mavzusi, “Ayol siymosini yaratishda
takrorlarning ekspressivlik mohiyati (T.Drayzerning “Amerika fojiasi” romani
misolida)”, til uslubiyati va adabiyoti orasidagi ilmiy tadqiqot bo’lganligi uchun
ham dolzarbdir.
Chunki til uslubiyatini badiiy matnlarda tadqiq etish badiiy adabiyotsiz
amalga oshmaydi, chunki til uslubiyati badiiy matnning jozibadorligi,
bo’yoqdorligi, ta’sirchanligi, obrazliligi, jonli tilga ega bo’lishi uchun ahamiyati
katta. Shuning uchun ham badiiy adabiyotni til uslubiyatidan ajratgan holda
o’rganib bo’lmaydi, til uslubiyatiga e’tibor berilmasa matn badiiy matn bo’la
olmaydi.
Mazkur ilmiy tadqiqot ishida ta’sirchanlik, bo’yoqdorlik, ekspressivlik va
obrazlilikni ifodalaydigan uslubiy vositalardan biri takrorlar orqali ayol siymosini
yaratishdagi muallif mahorati tahlil etiladi. Xususan, madaniy sohada faoliyat
yuritayotgan yosh mutaxassislarimiz ekspressivlikni ifodalaydigan hodisalarni
bilmay turib, ingliz tilida yozilgan badiiy matnlarning, maqollarning, hikmatli
so’zlarning, prozaning tub ma’nosini, muallif nima demoqchi bo’lganini tushuna
olmaydilar.
2. Ilmiy tadqiqot ishining o’rganilganlik darajasi.
T.Drayzerning “Amerika fojiasi” romanida ayol siymosini yaratishda
takrorlarning ekspressivlik mohiyati mavzusida tadqiqotlar va izlanishlar olib
borishdan oldin biz ko’plab adabiyotshunos olimlar va tanqidchilarning shu
4
mavzuga yaqin bo’lgan ilmiy maqolalari va ilmiy asarlarini o’rganib chiqdik. Bu
olimlar qatoriga biz Засурский, Карчевская, Николаев, Сухаренко, Bronkovich,
Parchevskaya kabilarni ko’rsatishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |