Ayollar milliy voleybol terma jamoasi


-yilgi London Olimpiadasi


Download 202.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi202.5 Kb.
#1509742
1   2   3   4
Bog'liq
VOLEYBOL O’YININING OLIMPIADA O’UYINLARI (ERKAKLAR VA AYOLLAR) DASTURIGA KIRITILISHI

2012-yilgi London Olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi 2012-yilgi FIVB ayollar oʻrtasidagi Jahon Olimpiada saralash turnirida Osiyoning eng yaxshi jamoasi sifatida 2012-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi. 2012-yilgi Olimpiadada Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Rossiya Federatsiyasi, Italiya, Dominikan Respublikasi, mezbon Buyuk Britaniya va Jazoir ayollar milliy voleybol terma jamoalari bilan A guruhidan joy olgan edi. Yakunda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi guruhda uchinchi oʻrinni egalladi. Chorak finalda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi osiyolik azaliy raqibi Xitoy ayollar milliy voleybol terma jamoasi bilan toʻqnash keldi. Xitoy ayoolar milliy voleybol terma jamoasini 3:2 hisobida magʻlub etgan ushbu hayajonli oʻyinda Saori Kimura va Yukiko Ebata 33 ochkodan jamgʻargan edi[4]. FIVB oʻyinlariga kelsak, bu Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining Xitoy termasi ustidan 11 yil ichida birinchi gʻalabasi boʻldi. 2012-yilning 9-avgustida yarim finalda yaponiyaliklar amaldagi chempion Braziliya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qarshi oʻynadi[5]. 2012-yil 11-avgust kuni bronza medali uchun oʻyinda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Janubiy Koreya ayollar voleybol terma jamoasini 3:0 hisobida magʻlub etdi. Bu yaponiyaliklar uchun 1984-yilgi Yozgi Olimpiada oʻyinlaridan keyin birinchi Olimpiadaning voleybol medali edi[6]. 2012-yil 13-avgustda Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi Amerika Qoʻshma Shtatlari ayollar milliy voleybol terma jamoasi va Braziliya ayollar milliy voleybol terma jamoasidan keyin dunyo reytingida 3-oʻrinni egalladi.
2020-yilgi Tokio Olimpiadasi[tahrir | manbasini tahrirlash]
Yaponiya 2020-yilgi yozgi Olimpiada oʻyinlariga mezbon davlat boʻlgan. Tokiodagi olimpiada oʻyinlarida Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining guruhdagi boshqa jamoalari Keniya ayollar milliy voleybol terma jamoasi, Serbiya, Braziliya, Koreya va Dominikan Respublikasi milliy ayollar terma jamoalari edi[7]. Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasining ochilish oʻyini 2021-yil 25-iyul kuni Tokioda Keniya ayollar milliy voleybol terma jamoasiga qarshi boʻlib oʻtdi[8]. Yaponiya ayollar milliy voleybol terma jamoasi birinchi oʻyinda Keniya terma jamaosini toʻgʻridan-toʻgʻri magʻlub etishdi[9] va Serbiya, Braziliya, Koreya va Dominikan Respublikasi ayollar milliy voleybol terma jamoalariga qarshi uchrashuvlarda yutqazib qoʻyishdi. Natijada ular chorak final yoʻllanmasini qoʻldan boy berdi[10].

Download 202.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling