Ayollar va erkaklar pidjagini modellashtirish


Download 0.74 Mb.
Sana19.06.2023
Hajmi0.74 Mb.
#1624177
Bog'liq
Texnik ijodkorlik 9

Loyihalash Ishlarining xususiyatlar.


Loyihalash ishlarining xususiyatlari.
Har bir mashinasozlik zavodida bosh konstruktor bo‘limi bo‘ladi. Ishlab chiqariladigan buyumlarning turiga ko‘ra asosiy va ixtisoslashtirilgan konstruktorlik buyumlardan tashkil topadi. Konstruktorlik tashkilotlari shug‘ullanadigan loyihalash obyektiga loyiha topshirishini tuzishda obyektni yasash uchun ishchi chizmalarni tayyorlashgacha bo‘lgan ishlar majmuidan iborat bo‘lib, juda murakkab va uzoq davom etadigan jarayon hisoblanadi. Konstruktorlik hujjatlarga grafika va tekst shaklidagi hujjatlar kiradi. Ular alohida holda yoki birgalikda buyumning tarkibi va tuzilishini belgilaydi. Uni ishlab chiqish yoki tayyorlash, nazorat, qabul ekspluatatsiya va remont qilish uchun zarur ma’lumotlarga ega bo‘ladi.
Texnik loyihalash jarayoni. Zamonaviy mashinalarni ishlab chiqish - murakkab va uzoq muddat talab qiluvchi jarayon hisoblanadi. U o‘z tarkibiga muhandislik bashoratlari, loyihalash, tayyorgarlik va ishlab chiqarishni o‘zlashtirish bosqichlarini qamrab oladi.
Dastlabki bosqich - muhandislik bashoratini qurish ikki yo‘nalishda amalga oshiriladi: mavjud bazis obyektidan kelajak tomon bashorat qilish hamda kelajakda erishilishi talab qilinadigan maqsaddan muammoning bugungi kundagi holatiga tomon.
Loyihalash buyumning umumiy konstruksiyasini ishlab chiqishni ko‘zda tutadi. Loyihalashning dastlabki bosqichida erishilishi lozim bo‘lgan maqsad, yoki qondiriladigan maqsad belgilab olinadi. So‘ngra maqsadga erishish uchun aniq vazifalar shakllantiriladi. Vazifalarni belgilashda mavjud imkoniyatlar va sharoitdan kelib chiqiladi. Loyihalashning keyingi bosqichi g‘oyani shakllantirish deb nomlanib, u loyihalashning asosini tashkil etadi. Ko‘pchilik holatlarda uni amalga oshirish uchun mavjud metodni yangi sharoitlarda qo‘llash yo‘nalishidan foydalaniladi. Keyingi bosqichda muhandislik tahlili amalga oshiriladi. Bunda model ko‘rsatkichlari aniqlashtiriladi, zarur holatlarda haqiqiy buyumga yaqin ko‘rsatkichlarga ega bo‘lgan model yaratiladi. Shu asosda buyumni ishlab chiqishning texnik vazifasi shakllantiriladi.
Texnik vazifa konstruktorning loyihani ishlab chiqishidagi dastlabki asoslovchi hujjat hisoblanadi. U quyidagi masalalarni yoritib berishi lozim: mashinaning yaratilish maqsadi; uning parametrlari, ish tartibi va sharoitlari; tajriba-sinov ishlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashinaning prinsipial tuzilishi va uning harakatlanish mezonlari; avtomatlashtirilganlik va mexanizatsiyalashtirilganlik darajasi; ishlatilish sharoitlari; loyihani bajarish muddati; ishlab chiqarishning seriyaliligi; uni tayyorlovchi korxona to‘g‘risidagi ma’lumotlar; mashina va loyihaga qo‘yilgan texnik talablar.
Texnik loyihalash va modellashtirishning tashkiliy shakllari. Ta’lim jarayonining eng muhim komponentlari – uning tashkiliy shakllari.
Oliy maktabda konstruksiyalash - texnologik masalalarni hal qilish uchun ta’limning kuyidagi shakllari eng samaralidir: texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar; brigada, individual, zveno shakllari va ularning turlari birlashmalari; har xil yoshdagi talabalardan iborat brigada va xokazolar.
Texnik konstruksiyalash va modellashtirish bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar, deganda o‘quv-mehnat faoliyatining izchil tashkil etilishi tushuniladi. Bu faoliyat ham jamoa, ham individual ish turlarini o‘z ichiga oladi va bu ishlar pedagog tomonidan tashkil qilinib, bunda talabalarning o‘quv materiallarini faol, ongli va mustahkam o‘zlashtirishi ko‘zda tutildi.
Texnik loyihalash va modellashtirishning metodlari.
Bilimlarni to‘g‘ri idrok etishlari, anglashlari, eslab qolishlari va amalda ijodiy qo‘llashlari, zarur ko‘nikma va malakalarni egallashlari uchun didaktika va prinsiplari va o‘rganiladigan materialning xarakteriga muvofiq mehnat ta’limining eng samarali metodlaridan foydalanishi kerak. Ma’lumki ta’lim metodining turli klassifikatsiyasi mavjuddir. Mehnat ta’limi, unumli mehnat va talabalarning texnik ijodkorligi amaliyoti uchun eng ma’quli o‘zaro bog‘liq ikkita jarayon-pedagogning rahbarlik faoliyati va talabalarning mustaqil ijodiy faoliyati yaqqol namoyon bo‘ladigan - pedagog va talabalar ishining usullari bo‘yicha beriladigan metodlar klassifikatsiyasidir. Bu klassifikatsiya studentlarning mehnatga tayyorlanishi va unumli mehnatida asosiy o‘rinni egallaydi.
Ijodiy faoliyat metodlarining ana shunday klassifikatsiyasi sifatida quyidagilar qabul qilinishi mumkin:
1. Muammoli ta’lim metodlari - o‘quv materialini muammoli bayon etish, izlanish suhbatlari, tadqiqot metodi;
2. Og‘zaki metodlar - ijodiy suhbat;
3. Ko‘rsatmalilik metodlari - ratsionalizatorlik faoliyatini kuzatish, turli ijodiy ishlarni namoyish qilish;
4. Amaliy ish metodlari - talabalarning mustaqil ijodiy ishlari, texnik adabiyotlar va spravochniklar bilan ishlash;
5. Nazorat qilish metodlari - ijodiy topshiriqlarni tekshirish, texnik masalalarni hal etish va ularni nazorat qilish.
E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT.
Download 0.74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling