Ayollarda astarli kiyimlarni tikish texnologiyasi
Download 78.39 Kb.
|
AXMEDOVA DILDORA RUSTAMOVNA
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yoqalarga ishloy berish
«Molniiya» tasmali taqilmalar «Molniya» tasma asosiy detalning choksiz joyiga yoki chokiga qo'yib tiqilishi mumkin. «Molniya» tasma choksiz joyga tikiladigan bo’lsa (64-rastri,a), u joyga oldin mag'iz qo’yib olinadi. Buning uchun mag’izlar cheti kant kengligidan 0,7-1,0sm ortiq kenglikda teskarisini ichiga qilib bukiladi. 64-rasm
Ularning o’ngini asosiy detalning o’ngiga qararib, qirqimlarini taqilma kesimi tomonga qaratib qo’yiladi va belgilangan chiziqlar bo’ylab universal mashinada ulanadi. Asosiy detalning baxyaqatorlar orasidagi joyi o’rtasidan qirqilib, kesim uchlari baxyaqatorlar oxiriga 0,1 sm yetkazmay qiyalatib kertib qo’yiladi. Mag’iz asosiy detal teskarisiga qayirib otkaziladi va choklari to’g’rilanib, qaytarma baxyaqator yuritib puxtalanadi. Mag’izlar tagiga «molniya” tasma qo’yib, uni univeisal mashinada mag’iz ulangani choklar yonidan baxyaqator yurilib, asosiy delatga bostirib tikiladi. «Molniya» tasma choklca qo’yib tikiladigan bo’lsa (64-rasm, b), chok tikilayotganda tasma qo'yladigan joy tikilmay qoldiriladi. Tikilgan chok yorib dazmollanadi va taqilma uchun tikilmay qoldirilgan joy chetlari bukib dazmoilanadi. Bunda dazmollangan ziylar tagiga asosiy detalning teskari tomonidan «Molniya» tasma qo’yib, asosiy detalga bostirib tikiladi. Bunda baxyaqator bukib dazmollangan ziylardan 0,4-0,7 sm masofada, taqilma uchida esa kesiraga perpendikulyar yo’nalishda, tasma tishlaridan 0,1 -0,5 sm masofada o’tadi.
Yoqa ag’darma chokli bo’ka (65-rasm), ustki yoqa bilan ostki yoqa o’ngini ichkariga qaratilib juftlanadi va yon tomonlari bilan qaytarmasi ostki yoqa tomondan ag’darma chok solib tikiladi. Burchak joylarida 0,2-0,3 sm chok haqi qoldirib, ortiqchasi qirqib tashlanadi. Yoqa o’ngiga ag’dariladi, uchlari va choklari to’g’rilanadi, ustki yoqadan 0,1-0,15sm kant hosil qilib dazmollanadi. Ipak yoki jun gazlamalardan tikilgan yoqalar dazmollashdan o’ldin ziylari ko’klab chiqiladi. 65-rasm 66-rasm Yoqalar bezak detallar qo’yma burma, to’r, kant bilan ishlanadigan bo’lsa, burmalar, tayyorlab olingan to'r yoki uzunasiga ikki buklab dazmollangan kant avval ostki yoqa chetlariga ko’ksa biriktirib olinadi, so’ngra ustki va ostki yoqalar o’ng tomonlarini ichkariga qaratib juftlanadi va universal mashinada ostki yoqa tomonidan biriktirib tikiladi. Keyingi ishlov berish tartibi oddiy ag’darma yoqani ishlash kabi bajariladi. (66-rasm). Ayollar va bolalar kiyimlarida yoqa chetlarini mag’iz chok bilan ishlov berish keng qo’llaniladi. Bunda ustki va ostki yoqalar teskari tomonlarini ichkariga qilib juftlanadi va chetlari qirqimlaridan 0,2-0,3 sm masofada ko’klab chiqiladi.Tanda ipiga 45° qiya qilib bichilgan mag’izni o’ngini ustki yoqaga qaratib qo’yiladi va 0,5 sm chok haqi qoldirib biriktirib tikiladi. Mag’iz ostki yoqa tomonga chok atrofidan aylantirib o’tkaziladi, ochiq qirqimi tomoni teskariga bukiladi va matoga biriktirilgan chokni yopadigan qilib to’g’rilanib, qoida ko’klab olinadi So'ngra mag’iz biriktirilgan chok yonidan 0, t-0,15 sm masofada usiki yoqa tomonidan baxyaqalor yuritiladi. Jiyak, tasma yoki ensiz lenta bilan bezatilgan yoqalani tikish uchun, avval yoqani oddiy ag’darma yoqa kabi tayyorlab olinadi. So’ngra jiyakni yoqa ziylaridan modelda ko’rsatilgan masofada ustki yoqa tomonidan ko’klab chiqiladi, yoqa burchaklarida jiyakni shu burchak shaklida bukib ortiqchasi ichiga kiritiladi. So’ngra jiyakning ikki chetidan 0,1 sm masofada bostirib tikib chiqiladi. Bunday yoqalar yoqa o’miziga adip qo’yib o’tqaziladi Beykali yoqalarni tikish uchun avval yoqaning tashqi konturfari bo’yicha belgilangan kenglikda beyka bichib olinadi. Beykaning ichki qirqimlari teskari tomoniga 0,5 sm buklab ko’klanadi, bunda burchaklanga 0,4 sm kertim beriladi. Beykani teskarisini ustki yoqaning o’ng tomoniga qaratib qo’yiladi va tashqi qirqimlari to’g’rilanadi. Avval qo’lda ko’klab, keyin beykaning bukib ko’klangan ichki ziylaridan 0,1 sm masofada universal mashinada bosririb tikiladi. Yoqaga keyingi ishlov berish jarayoni oddiy ag’darma yoqani tayyorlash kabi amalga oshiriladi . Download 78.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling