Ayollarda astarli kiyimlarni tikish texnologiyasi
Download 78.39 Kb.
|
AXMEDOVA DILDORA RUSTAMOVNA
Agar beyka yoqaga faqat tashqi cheti bo’yicha qo’yiladigan bo’lsa, beykani yoqaga biriktirma chok bilan ulash mumkin, bunda yoqa beyka eniga teng masofaga ensizroq bichiladi. Biriktirma chok yorib dazmollanadi va keyingi ishlov berish ag’darma yoqa tikish kabi bajariladi. (69-rasm, b). Adip qaytarmasi bor ko’ylaklar yoqasi o'tkazilayotganda(70-rasm) adip bilan old bo’lak orasiga kertimlarga to’g’rilab yoqaning o’ngi yuqoriga qaratib qo’yiladi va adip tomonidan yelka chokiga qadar tikish bilan bir vaqtda bort ham ag’darma chok bilan tikiladi (70-rasm, a). Ustki yoqaning chok haqi kertilib, uni yuqoriga qaytarib qo’yiladi, ostki yoqa esa ort bo’lak o’miziga o’tqaziladi. Ustki yoqa ostki yoqa ustiga qaytarilib, ostki yoqa o’lkazilgan chok to’g’rilanadi. Ustki yoqa qirqim tomoni bukib, ort bo’lak o’miziga bostirib tikiladi (70-rasm,b). Taqilmasi yoqagacha davom etadigan ko’ylaklar ostki yoqa bilan asosiy detallarning o’ng tomonlari ichkariga qaratib juftlanadi va qirqimlari tyokislanib, belgi kertimlariga to’g’ri keltirib, ostki yoqa tomonidan0,7-l,0sm kenglikdagi chok bilan o’tqaziladi (71-rasm). Ustki yoqaning qirqim tomonidagi cheti ichkariga bukilib, ostki yoqa o’tqazgan chokni yopadigan qilib bostirib tikiladi. 70-rasm 71-rasm Qaytarma yoqa adip bilan birga o’mizga qaytarilishi uchun (72-rasm) adip yoqa o’mizi shaklida bichiladi. Yoqa o’mizi adipi bort adipi chetiga ulanadi, choki taqilma tomonga bukib dazmollanadi. Tayyorlangan yoqa asosiy detalning o’ng tomoniga ostki yoqa tomonini qaratib qo’yiladi, keyin yoqa ustiga adipning o’ngi pastga qaratib qo’yiladi, qirqimlari tyokislanib yoqa adip tomondan tikib, o’mizga o’tqaziladi. 72-rasm 73-rasm Adip yoqa o’tqazilgan chokni yopadigan qilib qaytarib dazmollanadi.Adipning ichki qirqimi maxsus mashinada yo’rmaladi yoki shu qirqim tomonidagi cheti universal mashinada bukib tikiladi. Ishlov berilgan qirqim yelka chokiga universal mashinada, old va orqa bo’lakka esa qo’lda yashirin qavjq solib chalib qo’yiladi. Download 78.39 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling