Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


URUG‘LANGAN TUXUM HUJAYRANING BO‘LINISHI VA BACHADONDA SILJIB BORISHI


Download 239.88 Kb.
bet19/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

URUG‘LANGAN TUXUM HUJAYRANING BO‘LINISHI VA BACHADONDA SILJIB BORISHI
Urug‘langan tuxumhujayra modda almashinuvining kuchayganligi bilan farq qiladi. Yadrolar qo‘shilib ketgan hamon tuxumhujayrabo‘lina boshlaydi. Kariokinez yo‘li bilan bo‘linish natijasida tuxumhujayradan avval ikkita qizlik hujayra – blastomerlar hosil bo‘ladi, bular ham bo‘linadi. Blastomerlarning tez bo‘linishi natijasida hujayralar to‘plami vujudga keladi, bu hujayralar to‘plami sirtdan qaraganda tut mevasiga o‘xshaydi (morula). Bo‘linayotgan tuxum ayni vaqtda bachadon nayi ichida harakatlana borib, urug‘lanish paytidan hisob qilganda 8–10-kuni bachadon bo‘shlig‘iga yetib boradi. Tuxum bachadon nayi devoridagi muskullarning asosan ritmik peristaltik qisqarishi tufayli harakatlanadi. Bachadon nayi epiteliysidagi kipriklarning bachadon tomonga hilpillashi ham yordam beradi.
URUG‘LANGAN TUXUM HUJAYRANING BACHADONDA PAYVANDLANISHI – IMPLANTATSIYA
Urug‘langan tuxum bo‘linish bilan bir qatorda hujayralari sifat jihatdan ham o‘zgaradi. Bo‘linayotgan tuxum bachadon nayidayoq tiniq parda (zona pyellucida)dan xalos bo‘ladi. Bachadonga kirish paytigacha morula hujayralarining tashqi qavati trofoblastga, ichki hujayralari esa embrioblastga aylanadi. Embrioblastdan murtak (embrion) vujudga keladi. Trofoblast tuxumni payvandlantiruvchi va embrioblastdan hosil bo‘ladigan murtakni oziqlantiruvchi parda hisoblanadi. Trofoblast hujayralari fermentsimon modda proteolitik fermant ishlab chiqaradi, bu moddalar bachadon shilliq pardasining to‘qimalarini eritib yuboradi. Tuxum bachadon shilliq pardasining yuzasiga (odatda orqa yoki oldingi devorining naylar ro‘parasidagi joyiga) cho‘kadi, trofoblast bachadon shilliq pardasining qoplovchi epiteliysi, bezlari, stroma hujayralari va tomirlarini eritib yuboradi va sekin-asta shilliq pardaning funksional qavati ichkarisiga botib kiradi. Tuxum bachadon shilliq pardasiga batamom kirib olgach uning ustidagi defekt bitib ketadi, tuxumning payvandlanish jarayoni shu paytdan boshlab tugaydiTuxum payvandlanadigan paytgacha bachadonning shilliq pardasi sekretsiya bosqichida bo‘ladi, unda murtakning oziqlanishi uchun zarur hamma moddalar mavjud. Shilliq pardani trofoblast eritib yuborgach tuxum atrofidagi to‘qimalar parchalanib, murtakning oziqlanish muhiti vujudga keladi, (embriotrof, «bachadon suti»). Embriotrofda oqsillar, uglevodlar, yog‘lar, vitaminlar, tuzlar va embrionning oziqlanishi hamda rivojlanishi uchun zarur boshqa moddalar bor.



Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   15   16   17   18   19   20   21   22   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling