Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi
Download 239.88 Kb.
|
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAFAS A’ZOLARI
HAZM A’ZOLARI
Homiladorlikning dastlabki 2–3 oyida ko‘pchilik ayollarda bosh qorong‘ilik kuzatiladi: ko‘ngli ayniydi, ayniqsa ertalab qusadi. Ta’m va hid bilish sezgilari o‘zgaradi, ba’zan ovqatlardan ko‘ngli qoladi, ayrim ovqatlarni va ba’zan bo‘r, gilmoya kabi (yeb bo‘lmaydigan) moddalarni ko‘ngli tusaydi. Homiladorlikning III oyi oxirida yoki IV oyida, ba’zan bundan kechroq bosh qorong‘ilik yo‘qolib ketadi. Hazm bezlarining funksiyasi buzilmaydi; ko‘pincha ichak tonusi susayib, ich qotadi.Ayol organizmidagi gormonlarning miqdoriy nisbatlari homiladorlikning turli oylarida o‘zgarib turadi. Bachadonning qo‘zg‘aluvchanligini va qisqarish funksiyasini tormozlovchi gormonlar homiladorlikning birinchi yarmida ko‘proq ishlanib chiqadi, bu esa homiladorlikning rivojlanishiga imkon beradi. Homiladorlikning keyingi oylarida estrogen gormonlar ko‘payadi, shu munosabat bilan tug‘ruqdan oldin bachadonning qo‘zg‘aluvchanligi oshadi. Gipofiz. Homiladorlik davrida giðofizning oldingi bo‘lagi atroflicha kattalashadi, chunki gormon chiqaruvchi hujayralar ko‘payadi va gipertrofiyalanadi. Gipofizdan gonadotrop gormonlar, ayniqsa, homiladorlik sariq tanasining funksiyasini kuchaytiruvchi gormon ko‘proq ishlab chiqiladi. Gipofizning oldingi bo‘lagida, gonadotrop gormonlardan tashqari, sut bezlari, qalqonsimon bez, buyrak usti bezlari po‘stloq qavatining funksiyasini kuchaytiradigan gormonlar va o‘sish gormoni hosil bo‘ladi. Homiladorlik vaqtida bachadonning va jinsiy apparatdagi boshqa a’zolarning o‘sishi gipofiz oldingi bo‘lagining kattalashuviga bog‘liq. Gipofizning orqa bo‘lagida oksitotsin ishlanib chiqadi, bu modda homiladorlik oxirida va tug‘ruqda bachadonning qisqarish funksiyasini kuchaytiradi. Qalqonsimon bez homiladorlikning dastlabki oylarida zo‘r berib ishlaydi, homiladorlikning ikkinchi yarmida bu bez funksiyasi susayadi. Qalqonsimon bez funksiyasining o‘zgarishi homiladorlik vaqtida modda almashinuviga ta’sir ko‘rsatadi. Qalqonsimon bez oldidagi bezchalar (kalsiy almashinuviga ta’sir etadi) homiladorlik vaqtida juda ham zo‘r berib ishlaydi. Homilador ayollar ba’zan tutqanoq va spazmlarga moyil bo‘ladilar, buning sababi shuki, qalqonsimon bez oldidagi bezchalar funksiyasi susaygani uchun organizmda kalsiy tuzlari yetishmay qoladi. Buyrak usti bezlari po‘stloq qavatining qalin tortishi hisobiga kattalashadi. Buyrak usti bezlari po‘stlog‘ida hujayralar ko‘payadi va lipoidlar (yog‘ moddalar), ayniqsa, xolesterin ko‘p to‘planadi. Homiladorlikda qondagi liðoidlarning ko‘payishi va terining pigmentatsiyalanishi buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining funksiyasiga bog‘liq. QON Homiladorlik davrida qon ishlab chiqish jarayonlari kuchayadi, gemoglobin, eritrotsitlar, leykotsitlar soni, qon plazmasi va aylanib yuruvchi qonning umumiy hajmi oshadi.Homilali bachadon o‘sgan sayin ichak yuqoriga va ikki yon tomonga suriladi; homila yirik bo‘lganda, egiz homiladorlikda va qog‘onoq suvi ko‘p bo‘lganda me’da va xatto jigar ancha yuqoriga suriladi. Jigar moddalar almashinuvining hamma turlarini boshqarishda qatnashadi va oraliq almashinuvda hosil bo‘ladigan zaharli moddalarni zararsizlantiradi. Homiladorlik vaqtida jigar funksiyasining kuchayishiga, modda almashinuvi o‘zgarishi sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, homilada modda almashinuvida hosil bo‘ladigan zaharli moddalar ham ona organizmiga o‘tib, uning jigaridazararsizlantiriladi. NAFAS A’ZOLARI Homiladorlik vaqtida kislorodga ehtiyoj oshgani munosabati bilan o‘pka zo‘r berib ishlaydi. Homiladorlik oxiriga yaqin bachadon diafragmani yuqoriga surib qo‘yganiga qaramay, ko‘krak qafasi kengayishi hisobiga o‘pkaning nafas yuzasi kichraymaydi. Homiladorlik oxirida nafas olish bir qadar tezlashadi. Download 239.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling