Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


Download 239.88 Kb.
bet24/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

JINSIY A’ZOLAR
Bachadon homiladorlikning boshidan oxirigacha kattalashib boraveradi. Homilasiz bachadonning bo‘yi 7–8 sm bo‘lsa, homilaTuxumdonlar birmuncha kattalashib, yumshoq bo‘lib qoladi, ularda ovulatsiya to‘xtaydi; tuxumdonlardan birida homiladorlik sariq tanasi rivojlanadi. Bachadon o‘sgani tufayli tuxumdonlar kichik chanoqdan yuqoriga ko‘tarilib, qorin bo‘shlig‘ida (bachadonning yon yuzasi yaqinida) joylashadi. Bachadon boylamlari uzayadi va yo‘g‘onlashadi. Bachadonning yumaloq boylamlari va dumg‘aza-bachadon boylamlari, ayniqsa, ko‘p giðertrofiyalanadi, shu tufayli bachadon tug‘ruq vaqtida to‘g‘ri vaziyatini saqlab turadi. Bachadonning yumaloq boylamlari qorin devori orqali paypaslanganda qo‘lga tortma shaklida seziladi. Yumaloq boylamlarning joylashuviga qarab, platsentaning yopishgan joyini bilish mumkin. Platsenta bachadonning oldingi devoriga yopishgan bo‘lsa, yumaloq boylamlar bir-biriga parallel holda yotadi yoki pastga tomon bir-biridan uzoqlashadi, platsenta bachadonning orqa devoriga yopishgan bo‘lsa, yumaloq boylamlar pastga tushishda bir-biriga yaqinlashib boradi. Homiladorlik vaqtida chanoq kletchatkasi yumshoq, sersuv, salga cho‘ziluvchan bo‘ladi. Qinda homiladorlik munosabati bilan katta o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Qin devorlarining qon bilan ta’minlanishi keskin darajada kuchayadi, qin devorlarining hamma qavatlariga seroz suyuqliq shimiladi. Qin devorlari yumshab, sersuv va oson cho‘ziluvchan bo‘ladi. Qin shilliq pardasi ko‘kimtir tusga kiradi. Homiladorlik vaqtida qindagi muskul tolalari va qo‘shuvchi to‘qima elementlarining giperplaziyasi va gipertrofiyasi ro‘y beradi. Shu munosabat bilan qin cho‘ziladi, kengayadi, shilliq parda burmalari baralla sezilib turadi. Qin devorlari yumshaganligidan shilliq pardasining so‘rish xususiyati oshadi. Shu sababli homiladorlik vaqtida zaharli moddalar (masalan, sulema) eritmasi bilan qinni chayish, osarsol va boshqa toksik (bakteritsid) moddalarni qinga kiritish, ayniqsa, xavfli. Tashqi jinsiy a’zolar homiladorlik vaqtida yumshab, qin kirish qismining shilliq pardasi ko‘kimtir tus oladi. Takror bo‘yida bo‘lgan ayollarning tashqi jinsiy a’zolarida ba’zan varikoz tugunlar paydo bo‘ladi.
SUT BEZLARI
Sut bezlarining rivojlanishi balog‘atga yetish davrida boshlanib, jinsiy gormonlar ta’sirida ro‘y beradi.Homiladorlik vaqtida sut bezlari sut chiqarishga tayyorlanadi. Sut bezlarining bez bo‘lakchalari kattalashadi, alveolalar epiteliysida juda mayda yog‘ zarralari paydo bo‘ladi. Sut bezlariga qon ko‘proq keladi, teri ostidagi venalari kengayib, nozik teri orqali ko‘rinib turadi. Sut bezlari taranglashib, ko‘pincha tirsillayotgandek seziladi. So‘rg‘ich o‘sib, atrofidagi to‘garakcha bilan birga pigmentatsiyalanadi. So‘rg‘ich atrofidagi bezlar (Mongomeri) yaqqol bo‘rtib turadi. So‘rg‘ichdagi silliq muskullar qo‘zg‘aluvchanligi oshadi, u mexanik yo‘l bilan ta’sirlanganda muskullar qisqaradi, atrofidagi doira kichrayadi, ko‘proq turtib chiqib turadi. Homiladorlik boshlaridayoq sut bezlaridan og‘iz suti tomchilarini siqib chiqarsa bo‘ladi. Platsenta gormonlari va gipofizning oldingi bo‘lagidan chiqadigan laktogen gormon ta’sirida sut bezlari sut chiqarishga (laktatsiyaga) tayyorlanadi. Shunday qilib, homiladorlik munosabati bilan ayollar organizmida ro‘y beruvchi o‘zgarishlarning hammasi fiziologik o‘zgarishlardir. Bu o‘zgarishlar homilador ayol organizmiga ziyon yetkazmasdan, homilaning to‘g‘ri rivojlanishiga yordam beradi. Bundan tashqari homiladorlik ayol organizmini yashnatadi.



Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling