Ayollarda ginekologik kasalliklar fayzullayeva gulmira baxodir qizi


Bob. MURTAK PARDALARINING TARAQQIY ETISHI


Download 239.88 Kb.
bet25/36
Sana06.10.2023
Hajmi239.88 Kb.
#1693389
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36
Bog'liq
Fayzullayeva Gulmira AYOLLARGA GINEKOLOGIK KASALLIKLAR

8. Bob. MURTAK PARDALARINING TARAQQIY ETISHI.
Tuxum payvandlanib olgach tez o‘sadi va taraqqiy etadi. Trofoblastda o‘siqlar (vorsinkalar) vujudga keladi, ular dastlab tomirsiz bo‘lib, birlamchi vorsinkalar deb ataladi.Tuxumning tashqi pardasi endi vorsinkali parda – xorion deb ataladi. Bachadon shilliq pardasi bilan vorsinkalar o‘rtasida to‘qimalar parchalanadi va shilliq pardaning yorilgan tomirlaridan chiqqan qon aylanib turadi. Tevarak atrofdagi shilliq parda bilan vorsinkalar o‘rtasidagi oraliq (bo‘shliq) vorsinkalararo birlamchi oraliq deb ataladi. Vorsinkalararo birlamchi oraliq butun tuxum atrofida joylashadi; taraqqiyotning keyingi bosqichlarida vorsinkalararo birlamchi oraliq faqat platsenta sohasida qolib, vorsinkalararo ikkilamchi oraliq deb ataladi. Trofoblast bilan bir vaqtda tuxumning ichki hujayralari embrioblast ham taraqqiy etadi; embrioblast bachadon nayida taraqqiy eta boshlaydi, lekin tuxum bachadonga payvandlanib olgach embrioblast ayniqsa zo‘r berib rivojlanadi. Embrioblast o‘rtasida, hujayralar oralig‘ida suyuqliq bilan to‘la bo‘shliqlar vujudga keladi. Bu bo‘shliqlar keyinchalik qo‘shilib ketib, bitta bo‘shliq (ekzoselom) ni hosil qiladi va tuxum endi blastosist bosqichiga o‘tadi. Blastosist bo‘shlig‘ini o‘rab turgan hujayralar mezoblastni tashkil etadi. Blastosistning bir segmentida hujayralar to‘plami hosil bo‘ladi, bu to‘plamdan ektoblastik va entoblastik tugunlar ajraladi. Ana shu tugunlarning markazida hademay bo‘shliqlar vujudga keladi, shu tufayli ektoblast tuguni ektoblast pufakchasiga, entoblast tuguni esa entoblast pufakchasiga aylanadi. Ektoblast pufakchasi oyoqcha yordamida trofoblastga ulanadi, undan amnion bo‘shlig‘i hosil bo‘ladi. Bu bo‘shliq devori qog‘onoq – amnionga aylanadi. Entoblast pufakchasi markazga yaqinroq joylashgan bo‘lib, sariqlik bo‘shlig‘iga aylanadi. Ektoblast bilan entoblastning amnion va sariqlik pufakchalari o‘rtasida joylashgan hujayralari murtak boshlang‘ichini hosil qiladi. Ekzoselom bo‘shlig‘i kattalashgan sari mezenxima hujayralar bir tomondan xorion (trofoblast)ga, ikkinchi tomondan amnionhamda sariqlik pufakchalariga va ular orasida yotgan murtakka surilib boradi. Pufakchalar devori va xorion qo‘shqavat bo‘lib qoladi. Murtak boshlang‘ichi uchta embrional varaq: ektoderma, mezoderma va entodermadan iborat. Homilaning barcha organ va to‘qimalari shu uchta varaqdan vujudga keladi. Amnion pufakchasi tiniq suyuqlik to‘planishi tufayli tez kattalashadi, pufakcha devori (amnion) vorsinkali pardaga yaqinlashadi va nihoyat, unga yondashadi. Blastosist bo‘shlig‘i (ekzoselom) yo‘qoladi. Amnion bilan sariqlik pufakchasi o‘rtasidagi murtak (embrion) amnion bo‘shlig‘iga botib kira boshlaydi va asta-sekin butunlay joylashadi. Amnion bo‘shlig‘i kattalashgan sayin sariqlik pufakchasi kichrayib, atrofiyalanadi. Murtak birlamchi ichagining orqadagi uchidan pardalar taraqqiy etishi bilan bir vaqtda allantois degan o‘simta vujudga keladi. Allantois amnion pufakchasini trofoblastga birlashtirgan pufakcha bo‘ylab vorsinkali pardaga o‘tadi. Tomirlar murtak gavdasidagi vorsinkali pardaga allantois orqali o‘tadi; bu tomirlar xorionning har bir vorsinkasiga o‘sib kiradi. Murtakning allantoid qon aylanishi shu paytdan boshlab taraqqiy etadi. Taraqqiyotning boshlang‘ich bosqichlari tugallangach homila amnion suyuqligi va uchta pardabilan o‘ralib turadi. Desidual parda ona organizmiga tegishli bo‘lib bachadon shilliq pardasidan vujudga keladi, vorsinkali va (amnion) pardalari homilaga tegishlidir. Homiladorlik munosabati bilan bachadon shilliq pardasining ko‘rinish jihatdan o‘zgargan funksional qavati desidual parda deb ataladi: bu pardani ko‘chadigan shilliq parda deb ham atashadi, chunki tug‘ruq vaqtida desidual parda ko‘chib, bachadon bo‘shlig‘idan boshqa pardalar va platsenta bilan birga tushadi. Tuxum payvandlanadigan paytgacha bachadon shilliq pardasi sekretor fazada bo‘ladi: bezlari sekretga to‘lgan, stroma hujayralari yumaloqlangan bo‘lib, glikogen saqlanadi, funksional qavat spongioz (g‘ovak) va kompakt qavatlarga bo‘linadi. Spongioz qavat asosan bezlardan, kompakt qavat esa stromaning yumaloqlangan desidual hujayralaridan iborat, bezlarning chiqarish yo‘llari shu hujayralar orasidan o‘tadi. Tuxum payvandlanib olgach bachadon shilliq pardasi qalin, suvli bo‘lib, bezlari sekretga yanada to‘lishadi, stroma hujayralari kattalashadi, ulardagi glikogen ko‘payadi. Stromaning o‘zgargan shu hujayralari homiladorlikning desidual hujayralari deb ataladi. Kompakt qavatga suqilib kirgan tuxum hamma tomondan desidual parda elementlari bilan o‘ralgan. Tuxumning vaziyatiga qarab desidual parda uch qismga bo‘linadi.1) decidua capsularis – tuxumnibachadon bo‘shlig‘i tomondan qoplovchi qismi;
2) decidua basalis – tuxum bilan bachadon devori o‘rtasidagi qismi;3) decidua parietalis – bachadon bo‘shlig‘ini qoplovchi jami shilliq (desidual) parda.Homila tuxumi o‘sgan sayin decidua capsularis bilan decidua parietalis cho‘ziladi, yupqa tortadi va birbiriga yaqinlashadi. Homiladorlikning IV oyida homila tuxumi butun bachadon bo‘shlig‘ini egallaydi. Desidual pardaning shu ikki bo‘limi birga qo‘shilib, yanada ko‘proq yupqalashadi. Decidua basalis esa,aksincha, qalin tortib, unda ko‘pgina tomirlar taraqqiy etadi. Ko‘chuvchi pardaning shu qismi platsentaning onaga taalluqli qismiga aylanadi. Vorsinkali parda (xorion) trofoblast bilan mezoblastdan taraqqiy etadi. Vorsinkalar avvaliga tomirsiz bo‘lib, homiladorlik I oyining oxiridayoq ularga allantoisdan tomirlar o‘sib kiradi. Dastlabki vaqtda vorsinkalar homila tuxumining butun yuzasini bir tekis qoplaydi. Homiladorlikning II oyida xorionning decidua capsularisga taqalib turgan qismidagi vorsinkalar atrofiyalana boshlaydi, homiladorlikning III oyida xorionning o‘sha qismidagi vorsinkalar yo‘qoladi, natijada xorion silliq bo‘lib qoladi (chorion laeve). Xorionning decidua basalisga taqalib turadigan qaramaqarshi tomonida – vorsinkalar sershox bo‘lib o‘sib chiqadi (chorion frondosum). Xorionning shu qismi platsentaga aylanadi. Qog‘onoq pardasi (amnion) berk xalta bo‘lib, ichida qog‘onoq suvi bilan o‘ralgan homila turadi. Amnion xorionga yondoshib, platsentaning ichki yuzasini qoplaydi, kindikka o‘tib, uni g‘ilof kabi o‘raydi va kindik sohasida murtakning tashqi qoplag‘ichlariga tutashadi. Amnion yupqa parda bo‘lib, mezenximadan hosil bo‘lgan qo‘shuvchi to‘qima hujayralari bilan epiteliydan iborat. Qog‘onoq pardasi (amnion) homilaga eng yaqin turgan ichki pardadir. Desidual (ko‘chuvchi) pardaga chegaradosh bo‘lgan vorsinkali parda (xorion) qog‘onoqpardasiga taqalib turadi. Qog‘onoq suvi (amnion suyuqligi). Amnion bo‘shlig‘idagi suyuqlik-qog‘onoq suvi homiladorlikning oxirgi oylarida 1–1,5 l ga yetadi. Qog‘onoq suvi (homila atrofidagi suv) amnion eliteliysining sekretsiyasi natijasida hosil bo‘ladi; ehtimol, ona qon tomirlaridan suyuqlik sizib o‘tishi va homila buyraklarining ishlashi natijasida ham qisman hosil bo‘lishi mumkin. Qog‘onoq suviga epidermis tangachalari, teridagi yog‘ bezlarning.mahsuli va homilaning mayin tuklari aralashgan bo‘ladi. Qog‘onoq suvining tarkibida oqsil, tuzlar, mochevina, yog‘, qand va gormonlar (follikulin, gonadotrop gormon) bor. Qog‘onoq suvining fiziologik ahamiyati katta:1) suv homilaning bemalol harakatlanishi va taraqqiy etishi uchun sharoit tug‘diradi, suv yetishmasligi homiladagi tug‘ma majruhliklarga sabab bo‘ladi;2) suv homilaning nozik organizmini noqulay tashqi ta’sirlardan saqlaydi;3) suv kindikni homila gavdasi bilan bachadon devori o‘rtasida qisilib qolishdan saqlaydi (kindikning qisilishi natijasida homila nobud bo‘lishi mumkin);4) qog‘onoq suvi bilan to‘la homila pufagi tug‘ruq vaqtida bachadon bo‘yni ochilish davrining normal o‘tishiga yordam beradi.

Download 239.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling